Islom Karimov


Inson huquqlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə20/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

Inson huquqlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi. 0‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda Prezident I.A.Karimovning tashabbusi bilan 1996-yil 31-oktabrda tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi ulkan ishlami amalga oshirdi. Hozirgi davrda Milliy markaz nafaqat mamlakatimizda, balki jahondagi inson huquqlari, erkinliklarini jahon xalqaro huquq normalari asosida himoya etish instituti sifatida e’tirof etildi.

0‘zbekiston Respublikasi BMT va uning tegishli qo‘mitalariga inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoyalashga doir xalqaro va milliy huquq normalari, boshqa xalqaro majburiyatlar ijrosiga doir Milliy ma'ruzalami muntazam ravishda taqdim etib turadi. Bu Milliy ma'ruzarlarni tayyorlashni muvofiqlashtirish Inson huquqlari bo'yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Uning asosiy vazifalari sirasiga inson huquq va erkinliklari sohasiga oid Konstitutsiya prinsiplari va qoidalari, qonunlar, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalarini amalga oshirish faoliyati va strategiyasining, shuningdek 0‘zbekiston Respub- likasining inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish milliy rejasini ishlab chiqish, Milliy ma'ruzani tayyorlash kabilar kiradi. Undan tashqari, Milliy markaz inson huquq va erkinliklari bo'yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi, jamoat birlashmalariga maslahatlar berish vazifasini ham bajaradi.

Shuningdek, u respublikada inson huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirishga doiraxborot ma’lumotlari bazasini tuzish, bu sohaga doir o‘quv-uslubiy adabiyotlarini nashr etish yo‘nalishlarini ham muvofiqlashtiradi. Mustaqillik davrida Milliy markaz tomonidan 30 ta milliy ma'ruzalar, BMT organlari va BMT Kengashining inson huquqlari va Universal davriy obzori (umumlashtiruvchi qisqacha ma'lumotlari) bo‘yicha 10 ta milliy faoliyat rejasini tayyorladi. Shu bilan birga, Milliy markaz inson huquqlari va erkinliklariga tegishli bo‘lgan masalalar yuzasidan qonunlar loyihalarini tayyorlash, ularni ekspertizalardan o‘tkazish vositalarida qonunchilik faoliyatiga ham jalb etilgan. U muntazam ravishda fuqarolaming qonuniy murojaatlarini o‘rganish vositasida ulaming qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta'minlash monitoringini ham amalga oshirib boradi.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. Mazkur institut dastlab

Oliy Majlis Kengashining 1996-yil 3-dekabrdagi qarori asosida Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida tashkil etilgan edi. Mamlakatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini himoyalashni ta'minlashni yanada demokratiyalashtirish maqsadida mazkur institutning huquqiy maqomi yanada yuqoriga ko‘tarildi: 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-aprelda «0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur institut o‘z maqomiga ko‘ra ilmiy-tadqiqot ekspertlik muassasasi hisoblana boshladi.



Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqur- lashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qoidalarini izchillik bilan tatbiq etish, jamiyatda qonun ustu- vorligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati qurish sharoitida inson huquq va erkinliklarini ta'minlashdagi rolini oshirish maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-mayda «0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi. Farmonda institut faoliyatining quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi:


  1. davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlar jarayonini, hokimiyatlar boiinishi konstitutsiyaviy prinsipining hayotga izchil tatbiq etilishini tizimli tahlil qilish, ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlarining mustaqilligi va erkinligini kuchaytirish, ularning kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini, ular o‘rtasida muvozanatni ta’min- lash, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;



  2. hokimiyatning ijro etuvchi tarmog‘ini isloh qilish va demokratlashtirish masalalarini kompleks o'rganish, ayrim hokimiyat vakolatlari va funksiyalarini markaziy davlat hoki- miyati organlaridan, hukumatdan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o'tkazish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;



  3. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, siyosiy partiyalarning parlamentdagi fraksiyalari, joylardagi deputatlik guruhlarining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati sa- maradorligini oshirish masalalarini chuqur o‘rganish; siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini shakllantirishdagi, ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan samarali parlament, deputatlik nazoratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;



  4. jamiyatda demokratiya va adolatni ta’minlashning eng muhim omili sifatida sud hokimiyati mustaqilligi va erkinligini mustahkamlash jarayonlarini kompieks tahlil qilish, sudni inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini muhofaza va himoya etishga xizmat qiladigan davlatning tom ma'nodagi mustaqil institutiga aylantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;



  5. hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini hayotga tatbiq etish, ulaming samarali tarzda kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta’minlash bo‘yicha rivojlangan demokratik mam- lakatlar tajribasini tizimli o'rganish, ushbu tajribadan globallashuv sharoitida jahonda ro‘y berayotgan demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda davlat qurilishi tizimida foydalanish bo‘yicha takliflar ish- lab chiqish1611.



0‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini himoya qi- lishning xalqaro normalari talablariga javob bera oladigan qonunchilik asoslari va demokratik institutlari shakllantirildi. Shu bilan birga, bu sohada yana fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini rivojlantirish islohotlari yanada chuqurlashib bormoqda. Ayniqsa, Prezident



  1. A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizda de- mokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da bu sohadagi islohotlar yanada chuqurlashtirilishi e'tiborga molikdir. Konsepsiyada quyidagi vazifa belgilandi: «lnson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur eng awalo huquqni muhofaza qilish va nazorat otganlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson huquqlari bo'yicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora- tadbirlami o'zida mujassam etishi kerak». Ko'rinib turibdiki, mamlakatda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lgan qonunchilik asoslari va demokratik institutlari shakllantirildi. Bu sohada mamlakat mustaqillik davrida asrlarga teng bo'lgan taraqqiyotga erishdi. Mamlakatda inson huquq va erkinliklarini e'tirof etish, ta'minlash, bu qadriyatlarga hurmat bilan qarash milliy qadriyatlarga aylanib bormoqda. Hozirgi 0‘zbekiston inson huquqlarini ta'minlash va himoya qilishning ko‘p sohalarida jahondagi mamlakatlaiga o‘mak boMmoqda. Albatta, bu sohadagi yutuqlar mustaqillik, tinchlik va barqarorlik samarasidir.



Takrorlash uchun savollar:



  1. Fuqaro erkinligi va huquqi deganda nimani tushunasiz?



  2. O'zbekistonda xalqaro me'yorlardagi fuqaro erkinliklari va huquqlarini ta'minlash qanday amalga oshirildi?



  3. O'zbekistonda inson huquqlariga doir huquqiy asoslarni sharhlab bering.



  4. Nima uchun fuqarolar ijtimoiy faollashuvi demokratik jamiyat qurish omili boMishi mumkin?



  5. 0‘zbekistonda qanday inson huquq va erkinligini himoyalashning demokratik institutlari mavjud? Ular faoliyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin