Islomdan oldin Arabistonda ijtimoiy-siyosiy holat. Islom dinining vujudga kelishi. Islom dini ta’limoti


Milliy va diniy an’analarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligi



Yüklə 53,54 Kb.
səhifə11/12
tarix10.11.2022
ölçüsü53,54 Kb.
#68372
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
WKHBob2hb3XrvKiOdovqc86W1sCWwQpZtYwmCFIu

Milliy va diniy an’analarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligi. Diniy va milliy an’analar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi va sayqallanadi. Davr talabiga javob bergan an’analar unutilmaydi, avlodlarga meros bo‘lib qoladi, xalq hayotining tarkibiy qismiga aylanadi. Har bir el, millat yoki xalq o‘z an’analarini rivojlantiradi, asrab-avaylaydi. An’analarda xalq dahosi, turmush tarzi, madaniy kamolot darajasi aks etadi. Unda milliy ong va milliy qiyofa gavdalanadi. An’analarni mensimaslik, ular mansub xalq yoki millatni hurmat qilmaslikdir. An’analar yoshlarni tarbiyalash, ularga keksa avlodning tajribalarini o‘zlashtirish vositasi hamdir.
Diniy va milliy an’analarni ijtimoiy hayotning quyidagi ma’naviy omillaridan biri sifatida tavsiflash mumkin:
a) diniy va milliy an’analarning avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishi; b) milliy an’analar umuminsoniy an’analarning tarkibiy qismi; v) diniy va milliy an’analar millatni birlashtirish, hamjihatligini ta’minlash vositasi; g) urf-odat va an’analarga ehtirom ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasida diniy marosim va bayramlarni erkin nishonlash uchun barcha shart-sharoitlar qonuniy asosda yaratildi. Diniy marosimda qatnashish fuqarolarning xususiy ishidir va hech qanday huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. Diniy marosim ibodatxonalarda, diniy tashkilot muassasalarida, ziyoratgohlarda, qabristonlarda, fuqarolarning xonadonlari va uylarida o‘tkaziladi. Maxsus binolardan tashqarida diniy marosim yoki ommaviy ibodatlar o‘tkaziladigan holatlarda bu hakda mahalliy hokimiyat ogoxlantirib qo‘yilishi va bunday tadbirlar qat’iy tartibga rioya qilingan holda tashkil etilishi lozim.
Milliy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas hodisa emas. Millat taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o‘zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Har bir qadriyat ma’lum konkret davr, sharoit va ehtiyojlarning mahsuligina emas, balki uning ko‘zgusi hamdir. Shu nuqtai nazardan qadriyatlarga baho berishdan oldin ulardan foydalanishda ikki omilga alohida e’tibor berish kerak. Ularning birinchisi - qaysi bir qadriyatlarning yuzaga kelishidagi aniq tarixiy sharoitlar, ikkinchisi o‘sha davrlarga xos bo‘lgan imkoniyat va ehtiyojlarni hisobga olish, shuningdek, umumbashariy demokratik qadriyatlarning qanday zamin asosida vujudga kelganiligini, ular o‘rtasidagi uyg‘unlikni, vorisiylik masalalarini ham o‘rganish zarur.
Qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida shakllangan va rivojlangan, hozirgi kunda va kelajakda ham ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir etadigan kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Qachonki milliy va diniy an’analar umuminsoniy demokratik qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirilsa, shundagina jamiyat taraqqiyotining rivojlanishida uning o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Jamiyat odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay turib, o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Madaniy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimiz ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, o‘zbek xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.



Yüklə 53,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin