Islomdan oldin Arabistonda ijtimoiy-siyosiy holat. Islom dinining vujudga kelishi. Islom dini ta’limoti


Diniy bayramlarning kelib chiqishi tarixi



Yüklə 53,54 Kb.
səhifə10/12
tarix10.11.2022
ölçüsü53,54 Kb.
#68372
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
WKHBob2hb3XrvKiOdovqc86W1sCWwQpZtYwmCFIu

Diniy bayramlarning kelib chiqishi tarixi . Dunyodagi barcha dinlar o‘ziga xos marosim va bayramlarga ega. Har bir dinning keng tarmoq otib, rivojlanib borishida marosim va bayramlarning ahamiyati beqiyos. Shu o‘rinda diniy marosim va bayramlar ham insoniyat hayotida alohida o‘rin egallaydi. “Avesto”, “Bibliya” kabi diniy manbalarda hamda Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarda diniy marosim va bayramlar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berilgan.
Ma’lumki, islomda asosan ikkita rasmiy diniy bayram Ro‘za hayiti (arabcha nomi “iyd al-fitr”, “iyd as-sag‘ir”) hijriy Shavval oyining 1—3-kunlarida va Qurbon hayiti (arabcha nomi — “iyd al-adho”, “iyd al kabir”) uch kun — Zu-l-hijja oyining 10—13-kunlarida musulmon dunyosida keng nishonlanib kelinmoqda. “Hayit” — arabcha “iyd, ya’ni bayram demakdir.
Ramazon—hijriy yil hisobining 9-chi oyi bo‘lib, islom aqidalari bo‘yicha bu oyda Alloh Muhammad(s.a.v.)ga Qur’onni vahy qilgan ekan. Shuning uchun ham islom dunyosida Ramazon muqaddas hisoblanib, bu oyda musulmonlar ro‘za tutishadi. Bu borada Qur’oni karimning “Baqara” surasidagi 183—185 oyatlarida bunday deyilgan: “Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilinadi, shoyad taqvoli bo‘lsangiz... Sizlardan kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, sanog‘i boshqa kun­lardandir. Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir. Kimki ixtiyoriy ravishda ziyoda xayr qilsa (lozim bo‘zgandan ortiq fidya bersa) o‘ziga yaxshi.
Ramazon oyi –odamlar uchun hidoyat (manbai) va to‘g‘ri yo‘l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur’on nozil qilingan oydir”4.
Qurbon hayiti Zulhijja oyining 10-kunida boshlanadi. Bu bayramning ro‘za hayitidan 70 kun o‘tgandan keyin nishonlanishi Muhammad payg‘ambar tomonidan belgilangan. Mazkur hayitda ham Ro‘za hayitidagidek musulmonlar jome’ masjidida quyosh chiqqandan taxminan 15 minut o‘tgach, 2 rakat nomoz o‘qishi kerak.
Islomda “Qurbon” so‘zi biror jonliq so‘yib, uni Alloxning yo‘liga bag‘ishlash ma’nosini bildiradi. Payg‘ambarimiz Ibroxim (a.s.) Alloxning sinovi bilan o‘z o‘g‘illari Ismoilni xudo yo‘liga qurbonlik qilishga kirishgan paytida tangri taolo bir qo‘chqor yuborib, uni o‘g‘li o‘rniga qurbonlik qilishga buyurgan.
Shu bois hajga borganlar va boy-badavlat musulmonlar zimmasiga Qurbon hayiti kunlari jonliq so‘yib qurbonlik qilishlari lozimligi belgilangan. Qurbonlik go‘shtidan taom tayyorlagan kishi o‘zi, oila a’zolari va qarindosh-urug‘lari bilan yeyishi, so‘ng uni qo‘shnilariga ham berishi lozimdir.

Yüklə 53,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin