Islomdan oldin Arabistonda ijtimoiy-siyosiy holat. Islom dinining vujudga kelishi. Islom dini ta’limoti



Yüklə 53,54 Kb.
səhifə6/12
tarix10.11.2022
ölçüsü53,54 Kb.
#68372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
WKHBob2hb3XrvKiOdovqc86W1sCWwQpZtYwmCFIu

Xavorijlarning kelib chiqishi. Ali bilan Muoviya o‘rtasidagi tuzilgan bitim bir guruh Ali tarafdorlarining keskin qarashligiga duch keldi. Bitim paytida Kufa yaqinida turgan 12 ming kishidan iborat ko‘shinning bir qismi Alidan norozi bo‘lib, “hukm chiqarish faqat Allohning ko‘lidadir”, degan shior bilan qo‘shinni tark etib, Kufa yaqinidagi Harura qishlog‘iga ketdilar. Ilgari Aliga tarafdor bo‘lgan bu firqaning Kufadagi “xypyj” (chiqish) voqeasi ularning “xavorij” (qarshi chiquvchi) nomini olishlariga sabab bo‘ldi. Bu voqea Harura qishlog‘ida yuz berganligi bois ularni “haruriylar” deb ham ataganlar. Bundan tashqari, ular o‘zlarini “Shurot” (jonlarini Alloh yo‘lida tikkan kishilar) deb ham nomlaganlar. Yana ularning “Muhakkima” (“hukm Allohning qo‘lida” deguvchilar) nomlari ham bor.
Xavorijlar o‘zlariga Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiyni amir etib saylab, Ali va Muoviyani yo‘q qilish payiga tushdilar. Alini xorijiylardan Abdurahmon ibn Muljam qatl etgach, ular ikki firqaga bo‘linib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida Xavorijlarga qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular bu davlatga katta xavf solardilar. Bu davrda Xavorijlar kuchayib, Karman, Fors, Yamoma, Xadramavt, Toif va Yaman kabi katta shaharlarni egalladilar.
Umaviylar davri tugab, Abbosiylar sulolasi xalifalikni qo‘lga olganidan keyin ham bu toifa bir muddat o‘z kuchini yo‘qotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan so‘nggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi. Ulamolar tomonidan xavorijlar adashgan firqa sifatida tan olingan va ularning aqidalari botil, deb hisoblangan.
Shialik . Islomdagi uch yirik yo‘nalishdan biri bo‘lib, xalifalik xususidagi ixtilof natijasida vujudga kelgan.
Shia so‘zining to‘liq shakli “ash-Shia” (tarafdorlar, guruh, partiya) yoki “Shiatu Ali” (Ali tarafdorlari) bo‘lib, bu nom hazrat Aliga ergashganlar va ularning avlodlariga nisbatan berilgan.
Shialikda imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanib, u jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmay, balki rahbarlik meros sifatida o‘tadi. Rasululloh Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo‘li bilan uzatiladi. Ular Alining xalifalikka haqli ekanligini ilohiy deb biladilar, imomlik ularda payg‘ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg‘ambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga “ilmi ladun” (Alloh huzuridan berilgan ilm) bergani kabi, xalifalarni ham shunday tanlaydi deydilar. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan, Ali o‘sha davrda xalifalikni boshqarganmi yoki yo‘qmi bundan qat’i nazar, Alining xalifaligi Rasululloh vafotlarining birinchi kunidan boshlangan, deb da’vo qiladilar.
Shialik imomiylar va ismoiliylar kabi ikki yirik oqimga bo‘linib ketgan.

Yüklə 53,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin