Islomdan oldin Arabistonda ijtimoiy-siyosiy holat. Islom dinining vujudga kelishi. Islom dini ta’limoti


-mavzu. Musulmonlarning milliy va diniy an’ana, marosim



Yüklə 53,54 Kb.
səhifə9/12
tarix10.11.2022
ölçüsü53,54 Kb.
#68372
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
WKHBob2hb3XrvKiOdovqc86W1sCWwQpZtYwmCFIu

14-mavzu. Musulmonlarning milliy va diniy an’ana, marosim,
urf-odat va bayramlari


Reja

  1. An’ana, marosim, urf-odat va bayram tushunchalarining ta’rifi

  2. Musulmon xalqlari diniy marosimlari

  3. Diniy bayramlarning kelib chiqishi tarixi

  4. Milliy va diniy an’analarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligi



An’ana, marosim, urf-odat va bayram tushunchalarining ta’rifi. Milliy va diniy an’analarda qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Chunki u insonlarga axloqiy poklik, ezgulik, go‘zallik, poklik, haqiqat, erkinlik, adolat, do‘stlik, muhabbat, halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlarni targ‘ib etadi.
Har bir xalqning o‘ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo‘ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak, bir-biriga o‘xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko‘ramiz. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti faoliyatidagi muhim o‘zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
Marosimlarda milliy, diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o‘z ifodasini topgan. U yoki bu halqning paydo bo‘lish tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an’analari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo‘lib, shakllanib, sayqallanib o‘z mazmunida shu xalqning orzu-o‘ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrashni, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriyat sifatida yetkazmog‘i lozim.
Darhaqiqat, an’analar, urf-odatlar marosim va bayramlar xalqning, millatning ma’naviyati, qadriyatlarining ajralmas qismidir.
Musulmonlarning diniy marosimlari. Diniy marosim deganda fuqarolarning diniy ta’limotlaridan, ularning qonun-qoidalari va aqidalaridan kelib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari tushuniladi. Diniy marosim har qaysi din vakillarining o‘z diniy ta’limotlari asosidan kelib chiqqan.
Aqiqa marosimi. Chaqaloq uyiga kelgandan keyin ma’lum muddat o‘tgach har bir oilada aqiqa marosimi o‘tkaziladi. Bu marosim Payg‘ambarimiz(s.a.v.) davrlaridan beri o‘tkazilib kelinadi. Bu sunnat marosimlardan biri hisoblanadi.
“Aqiqa - har bir chaqaloqning ona qornidalik vaqtida chiqqan sochi bo‘lib, u chaqaloq tug‘ilganiga bir hafta bo‘lgan kuni olib tashlanadi. Shu munosabat bilan qurbonlik qilinadigan jonliq ham “aqiqa” deb ataladi”.1
Aqiqa - arab tilidan tarjima qilinganda, “chaqaloq sochini olish, qurbonlik so‘yish” ma’nolarini bildiradi. Musulmon oilalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ism qo‘yish va “qorin sochi” (bolaning tug‘ilgan sochi)ga qaychi urish bilan bog‘liq odat. Johiliyat davridagi turli ma’bud va ma’budalarga atab qilinadigan qurbonliklar o‘rniga musulmon oilasida farzand tug‘ilganligining shukronasi sifatida bir qo‘y so‘yib aqiqa marosimini o‘tkazish joriy qilingan. Islom an’anasida aqiqani chaqaloq tug‘ilgan kunining 7 yoki 14, yoki 21 kunlari o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu kunlarda aqiqa o‘tkazilmay qolinsa, so‘ng qaysi kunda, qachon amalga oshirilsa ham vazifa bajarilgan hisoblanadi.2
Bu marosim xonadonda yangi chaqaloq dunyoga kelishi munosabati bilan ona va bolaning sog‘-salomat qolganiga shukrona uchun, chaqaloqning turli ofat-balolardan omonda bo‘lishi uchun va o‘g‘il bolani xatna qildirib qo‘yish uchun qilinadigan ehsondir.
Bu marosimda qorin sochiga qaychi tekkiziladi, bolaning qulog‘iga azon aytiladi, tanglayi yaxshi niyat qilib, biror-bir shirinlik bilan ko‘tarish udumi bajariladi, ism qo‘yiladi va xatna qilinadi. Ammo, bolaga ism qo‘yish, azon aytish va tanglay ko‘tarish amallari ilgariroq bajariladi. Shundan ham ko‘rinib turibdiki, bu marosimni ixtiyoriy muddatda o‘tkazilishi urfga aylangan va bunga diniy jihatdan ham hech qanday mone’lik yo‘qdir.
Sunnat to‘yi yoki Xatna to‘yi. Bu marosim Islom dini paydo bo‘lmasidan oldin Axuramazda-Avesto davrida Eron va Turonda, keyinchalik esa yahudiylar dini yahudiylikda ham mavjud edi. Qadimgi yahudiylar o‘z xudolarining ko‘rsatmasiga binoan, o‘g‘il bola tug‘ilgan kundan boshalb 12 kunigacha “qo‘li halollangan”. O‘rta Osiyo mintaqasida bu udum islomdan avval ham bo‘lgan bo‘lsada, islom dini kirib kelishi bilan bu yanada mustahkamlandi. Musulmonchilikning bosh omillariga aylandi.
Nikoh to‘yi. Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning ham bu haqdagi hadisi shariflarida shunday deyiladi: “Nikoh bilan turmush qurib ko‘payinglar. Zero, men qiyomat kuni boshqa ummatlarim oldida sizlarning ko‘pligingiz bilan faxrlanaman”.3 Ko‘rinib turibdiki, nikoh qurish ham farz, ham sunnat bo‘lgan amallardan hisoblanadi.
Lekin nikohdan avval bir qancha marosimlar ham mavjuddir: sovchilik, qiz va kuyov tanlash, sinov udumlari, unashish, fotiha berish, qiz bazmi, nikohdan o‘tish, to‘y marosimi, kelin salom, yuz ochdi, kelin ko‘rdi, kelin charlar, kuyov chaqiriq va yana bir qancha marosilardan iborat.
Ta’ziya. Ma’lumki, har bir musulmonning ikkinchi musulmon birodariga nisbatan ma’lum haq-huquqlari borligi haqida hadisi sharifda shunday deyiladi: “Har bir musulmonning zimmasida ikkinchi musulmon birodariga nisbatan oltita burchi bordir: uchrashganda salom berish, mehmonga chaqirsa borish, maslahat so‘rasa yaxshi maslahat berish, aksirib hamd aytsa unga duo bilan javob qaytarish, betob bo‘lib qolsa ko‘rgani borish va vafot etsa janoza va dafnida qatnashish”.
Demak, shu huquqlardan biri tanishlaridan biri vafot etsa, uning janozasida qatnashishidir. So‘ngra mayitning qarindoshlariga ta’ziya bildirib, Allohning hukmiga rozi bo‘lish, musibatga sabr qilishlari haqida nasihatlar aytish va marhumning haqqiga rahmat va mag‘firat so‘rab duo qilishdir.

Yüklə 53,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin