Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa Tashkiliy reja korxonani boshqarish uslublarini tavsiflashni, boshqaruv
tuzilmasini, boshqaruvchi rahbarlarning rezyumesini, bo’limlar orasidagi o’zaro
bog’liqlikni, vazifalar va majburiyatlarni taqsimlashni, xodimlar bilan ishlash
siyosatini qamrab oladi.
Tashkiliy rejaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish manfaatlari, shaxsiy
manfaat va xodimlar manfaatini o’zaro moslashtirish bo’lib hisoblanadi.
Ushbu bo’limda quyidagilar aniq aks ettirilshi lozim: kim va nima bilan
shug’ullanadi, bo’linmalar bir-biri bilan o’zaro qanday aloqa qiladi, ularning
faoliyatini qay tariqa muvofiqlashtirish va nazorat qilish mumkin, boshqaruv
komandasining asosiy a’zolari o’rtasida vazifalar qanday taqsimlanadi va ular qay
tarzda bir-birini to’ldirib turadi? U yoki bu tuzilma birliklari zimmasiga qaysi
majburiyatlar yuklatiladi? Tashkiliy chalkashliklar sababli ko’p hollarda eng
umidli loyihalarning ham barbod bo’lishi mumkinligi tufayli bunday axborot
marketing, moliya va ishlab chiqarishni boshqarishga qodir bo’lgan boshqaruv
komandasini ham ko’rish istagida bo’lgan investor va bankirlarni ham qiziqtiradi
Aytish mumkinki, menejment va tashkiliy rejani ishlab chiqish biznes-rejaning
boshqa bo’limlaridan avval ishlab chiqilishi zarur. Har qanday ishning
muvaffaqiyatga erishuvini investitsiyalar, moliyaviy, moddiy va boshqa
resurslardan tashqari, birinchi navbatda mutaxassislar, o’z kasbining ustalari
belgilab beradi
.
Ushbu bo’limning aniq va muayyan to’ldirilishi korxona turi va mulkchilik
shakliga bog’liq bo’ladi. Agar gap davlat korxonasi haqida borayotgan bo’lsa, bu
holda bo’ysunish tizimi va davlatning korxona xo’jalik faoliyatiga aralashuvi
chegaralari ko’rsatilishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatida esa direktorlar kengashi,
asosiy rahbarlarning vazifalari aks ettirilishi, aktsiyadorlik kapitalining
aktsiyadorlar o’rtasida qay tariqa taqsimlanishi belgilab olinishi lozim. Korxona
211
faoliyatida ishtirok etishni istagan boshqa investorlar haqida, ayniqsa, ularga
tegishli aktsiyalar soni va ulushi, ularni sotib olish vaqti va aktsiyalar qiymati
haqida ma’lumot berish ham ishga yordam beradi.