3.5Mazuttarkibidagisuvmiqdorinivakullikdarajasinianiqlash Laboratoriya sharoitida mazut tarkibidagi suv miqdorini
aniqlash quyidagi 10-rasmda ko‘rsatilgan shisha asboblardan yig'ilgan qurilmada amalga oshiriladi.
4^ 3V
Bunda aniq miqdorda tortilgan mazut namunasi 100-200° harorat oralig'ida qaynovchi tolualo, yoki ksilol kabi organik eritmalar bilan aralashtiriladi va bu aralashma kolbaga (3) quyiladi.
Kolba, tag qismi konussimon bo‘lgansuv yig‘uvchi (4) hamda bug'ni kondensatlovchi sovutgichga ( 1) germetik qilib ulanadi. Bunga sababkolbada hosil bo'lgan bug'ning ulanish nuqtalari orqali atrofga tarqalishini bartaraf etishdan iborat.
Kolbadagi namuna qaynatilganda tarkibidagi suv va erituvchi modda aralashmalari bug‘lanadi. Hosil bo‘lgan bug‘ aralashmasi sovutgichga ko‘tarilishi jarayonida erituvchi modda bug'ining suyuqlanish harakati suv bug'ining suyuqlanish harakatidan yuqori bo‘lganligi sababli erituvchi moddaning bug‘i kolbaning suv kondensatini yig‘uvchi naychasidan yuqoriga ko'tarmay suyuqlikga aylangan holatda qaytadi va kolbaga qaytib tushadi. Suv bug‘i esa sovutgichda kondensatlanib yig‘ilgan suv hajmini ko‘rsatuvchi shtrixlangan (4) “probirka” ga yig!iladi. Kolbadagi namunani qaynatish, yig'ilgan suvning hajmi ko‘payishi o‘zgarmay qolguncha davom ettiriladi.So‘ng yig‘ilgan suv miqdori
olingan namuna miqdoriga nisbatan necha foizligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.