Agarda gaz yoqilg'ilari tabiiy gaz havzalaridan olinadigan bo'lsa, ularning asosiy qismi metan (SN4) gazidan iborat bo‘lib, uning miqdori 90-98 % ni tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda tarkibida 10 -20 % gacha to'yingan uglevodorodlar (SnN2n +2 ) hamda yuqorida ta ’kidlangan moddalaming birikmalari ham maviud boMadi.
Tabiiy gazlar tarkibida oltingugurt asosan (H2S) holatida boMadi, uning miqdori gazlaming hosil boMishi jarayonlariga qarab, 0,1 dan 1 % ni tashkil qiladi. Ba’zi bir xil gazlar tarkibida yorimaydigan S 0 2 birikmasi miqdori 0,1-3 % gacha, azot miqdori esa 1-14 % gacha boMib, bu birikmalar gazsimon moddalaming tarkibidagi ballastlar deyiladi.
Quruq holatdagi tabiiy gazlaming yonish issiqligi, ya’ni ularning toMa yonishi jarayonida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori g“= 8ooo-850okkol/m3 ni tashkil qiladi.
M a’lumki, har qanday tabiiy gazlar rangsiz va hidsiz moddalardir. Tabiiy gazlar iste’molchilarga yuborish oldidan gazni qayta ishlash korxonalarida tarkibidagi mexanik iflosliklardan, oltingugurt birikmalaridan va suv molekulalaridan yuqori darajada tozalanadi. Bunga sabab gaz tarkibidagi bunday mexanik iflosliklar gaz quvurlarida yigMlishi sababli quvurlaming gazni o'tkazuvchanlik xususiyatlari pasayib, quvurlarida gaz oqimining bosimi oshishiga sabab boMadi.
Gazlar tarkibida mavjud boMgan suv molekulalari quvurlaming zanglash jarayonlarini tezlashtiradi va ularning ishlatilish muddati qisqaradi.
Quvurlarda harakatlanayotgan gazlar tarkibida H2S va suv miqdori ko‘p boMsa, bu birikmalaming o‘zaro birikishi natijasida vodorod suifid kislotasi hosil boMib, bu kislota ta’sirida gaz quvurlarining kimyoviy zanglashi yanada tezlashadi. Shu bilan birgalikda gaz quvurlarida harakatlanayotgan gazning bosimi me’yor darajasidan oshishi hisobiga ta’sirida gaz tarkibidagi suv hamda yuqori molekulali organik birikmalar, qattiq holatdagi kristall birikmalami hosil qiladi. Hosil boMgan bunday birikmalami “gazgidratlar” deyiladi. Bunday “gazgidratlar” gaz quvurlaming tezda toMib qolishiga sabab boMadi.
Shu sababli tabiiy gazlar quvurlarga berilishidan oldin gazni qayta ishlash korxonalarida, mexanik iflosliklardan, hamda
76
tarkibidagi H2S birikmasidan 0,02 g/m 3 ya’ni 00013 % gacha yuqori darajada tozalangandan so'ng maxsus quvurlar orqali iste’molchilarga yuboriladi.
Xo‘jalik ta’minotiga m oijallangan propan va butan kabi uglevodorodlar tabiiy gazlardan ajratib olinadi va bu gazlar siqilgan ga? holatida maxsus ballonlarda iste’molchilarga beriladi.
Tabiiy gazlaming havoda tarqalishini aniqlash maqsadida, magistral quvurlarga yuborilishi oldidan ularga hid beruvchi o‘tkir hidb merkap tan kabi moddalar qo‘shiladi va gaz taqsimlovchi manbalardan yuqori bosimda magistral quvurlar orqali iste’molchi ta’minotiga yuboriladi.
Bunday tartibda tozalangan va yuborilayotgan tabiiy gazlar tarkibida namligi va yuqori molekulali uglevodorodlar miqdori juda kam bo'lgan va oltingugurt miqdori deyarli bo'lmagan holatda IES larga va iste’molchi tarmoqlariga yuboriladi.
IES larda tabiiy gazlami yoqilg'i sifatida ishlatish qattiq va suyuq yoqilg'ilarga nisbatan birmuncha qulayliklarga ega. Bunga sabab qattiq yoqilg'i yoqiladigan IES lardagi kabi yoqilg'ilami keltirish, ulami quritish va maydalash jarayonlarini amalga oshirishda qo'llaniladigan qurilmalaming bo'lmasligi, ulami ishlatishda qo'shimcha elektr energiyasi sarflanmasligi, yonish mahsulotlarini kul va shlaK mahsulotlaridan tozalovchi qurilmalaming hambo'lmasligi hamda atrof-muhitni zaharlovchi moddalarning kam hosil bo'lishidir.
Shu sababali energetika sohasida tabiiy gazlami yoqilg'i sifatida ishlatish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Shunga ko‘ra barcha IESlami loyihalash jarayonlarida. birinchi navbatda gaz bilan ta’minlanishi nazarda tutiladi.