Suyuq yoqilg'ini bug‘ qozonlariga uzatish va yoqish jarayoni
Issiqlik elektr stansiyalanda suyuq yoqilg'ilar maxsus vagonlarda keltiriladi.
M a’lumki, barcha neft mahsulotlari yonish xavfiiligi darajasiga ko'ra to'rtga bo'linadi.
Birinchi turga oson yonib ketadigan neft mahsulotlardan: benzin, ligroin hisoblanadi. Ularningto'satdan (birdan) yonish harorati 280°S dan yuqori.
Ikkinchi turga kerosin uning birdan yonish harorati 280(,-450 c oralig'ida bo'ladi.
Uchinchi turga birdan yonish haroratiga 450-420°S orasida bo'lgan suyuq neft mahsulotlari: dizel yoqilg'i va mazut kiradi.
To'rtinchi turga birdan yonish harorati 420°S dan yuqori bo'lgan suyuq va qattiq neft mahsulotlari. Bularga surtkich yog'lari, parafin, asfalt, bitum va boshqalar Kiradi.
Suyuq yokilg'ilari ko'p miqdorda bo'lsa metall, beton v a temirbeton hajmdagi, kam miqdorda bo'lsa kichik hajmli beion xovuzlarda saqlanadi.
100
Dizel yokilg‘isi va mazut yopiq beton yoki temirbeton rczurvarlarida eming tagida yoki yanni er tagida o'matilgan holatida saqlanadi.
Saqlanish sharoitlari suyuq yoqilg‘ilarning yonish va portlash darajasiga qarab belgilanadi.
Bir xil og‘ir yokilg‘ini omborxonada saqlash uchun ikkita rezervuar ajratiladi. Har bir rezervuar alohida ravishda yoqilg‘ini isitish qurilmasi havfsizligini ta ’minlovchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘ladi.
Iste’molchilarga suyuq yoqilg'i maxsus nasoslar yordamida beriladi. Yoqilg'i nasoslarga berilish oldidan maxsus flltrlardan o'tkazib, mexanik iflosliklardan tozalanadi.
Yuqori qovushqoqli mazut uzatish quvurlarida qotib qolmasligiuchun qovushqoqligini kamaytirish va uni oqizishdan oldin sisternalar isitiladi. Isitilgan mazut bug1 bilan rezervuarlarga yuboriladi. Quyidagi 21-rasmda IES larda suyuq voqilg‘i xo'jaligining chizmasi keltirilgan.
Yoqilg'ilaming tez alangalanishi va to'la yonishi o'txona kamerasida ulaming intensiv ravishda alangalanish haroratiga qadar qizish va kislorod bilan yaxshi aralashishi lozim. Energetik bug' qozonlarining o'txonasida suyuq yoqilg'i laming to'la yonishini tashkil qilish uchun suyuq yoqilg'ilami maxsus forsunkalar yordamida mayda tomchih zarrachalarga parchalanadi. Natijada yoqilg'i zarrachalarining sathi oshadi va kislorod bilan to'qnashishlar imkoniyati ko'payadi. M a’lumki, mazutning qavushqoqligiyuqoriligi bilan birga yoqilg'ining yondirgichdan ravon purkalishi uchun agarda suv aralashmasi bilan purkalganda bosim 0,3-1,5 MPa bo'ladi. Mazutni bunday sharoitda purkab beruvchi yondirgichlar mexanik forsunkalar deyiladi.
Mazut va suv bug'i aralashmasini purkab berishda
qo'llaniladigan forsunkalami bug' mexanik forsunkalar deyiladi. Mazutning o'txona kamerasida to'la darajada alangalanib yonishi Forsunka orqali purkalayotgan zarrachalaming o'lchamiga bog'liq. Agarda mazut tomchilarining maydaligi belgilangan darajadan yuqori bo'lsa. bunday zarrachalar to 'la yonishga ulgurmasligi kimyoviy chala yonishga sabab bo'ladi. Aksincha Forsunka orqali
101
purkalayotgan mazut zarrachalarining maydalik darajasi juda kichik bo'lsa, bunday zarrachalar o‘txonaga berilayotgan havo ta’sirida yonishga ulgurmay, alanga muhitidan ajralib, yonish mahsulotlariga qo‘shilish ehtimolligi ortadi va bunday zarrachalaming chala yonish holatlari kuzatiladi.
21-rasm. Issiqlik elektr stansiyalarida mazut xo‘jaligining texnologik chizmasi.
1-mazutli sistema; 2 - qabul qiluvchi qurilma; 3 - qo‘pol tozalash filtri; 4-qabul qilish rezervuari; 5 - haydab berish nasosi;
6 —asosiy rezervuar; 7, 8 va 19 - retsirkulyasiya liniyalari; 9 - birinchi pog'ona nasosi; 10 - teskari klapan; 11 - mazutni bug‘li isitish; 12 - yuqori darajada nozik tozalash filtri; 13 - ikkinchi pog'ona nasosi; 14 - tiqin surma qopqog'i; 15 - sarfini rostlagich; 16 - sarfini o‘lchagich; 17 - yondirgich oldidagi surma qopqoq; 18
- forsunka.
Mazutning yupqa purkalishi uchun markazdan qochirma forsunkalar qoMlaniladi, bunday forsunkalar, havoni etkazib beradigan va uni uyurmalovchi asboblar ya’ni registrlar mazut yondirgichlarini tashkil qiladi. Purkash usulidan qat’iy nazar, forsunkalar quyidagicha: mexanik, bug1 mexanik, bug‘li va rotatsion turlariga boMinadi.
Mexanik purkashda mazut oqishining kinetik energiyasiga asoslanib zaruriy bosim yoqilg‘i nasosi yordamida hosil qilinadi.
102
Shu sababli forsunka soplosi orqali bosim ta’sirida katta tezlikda berilayotgan mazut yonish kamerasiga yupqa zarrachalar holida purkaladi.
Bug‘li forsunkalarda yoqilgM purkalishi forsunkadan oqib chiqayotgan bug' oqimining kinetik energiyasi hisobiga sodir boMadi shu sababli mazut forsunkaga kichik bosimda ham yetkazib berilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda mexanik va bug' forsunkalardan tashqari aralash bug1 mexanik forsunkalar ham keng qoMIanilib, ulami ishlatish purkashning bu ikkala usulini birgalikda qoMlashdan iboratdir.
Rotatsion forsunkalar markazdan qochirma kuchlar ta’sirida mazutni yupqa purkash bilan birgalikda uni o'txonaga konussimon holatda tarqatib beradi.
Mexanik forsunkalareng ko'p tarqalgan forsunkalar turidir. Bunday forsunkalarda mazutni purkash ortiqcha yuqori bosim berish hisobiga, ya’ni 2.5-4.5 MPa bosimda amalga oshiriladi. Mazut bir necha kanalli forsunkalar orqali girdobli kameraga uzatiladi va chiqishda aylanma harakatdagi mazut soplo orqali o'txonaga purkaladi va 80 m/s tezlikda jadallik bilan aylanish girdobi hosil qilinishi. nat» asida rasmda ko'rsatilgan soplodan suyuq yoqilg'i konussimon holatda oqib chiqadi.
Bug' qozonida yuklama kichik boMganda mexanik forsunkalar bug'-mexanik rejimida ishlatiladi. Buning natijasida yoqilg'i purkash sifatini pasaytirmasdan rostlash diapazoni 100-120% oraliqda bo'lishi amalga oshiriladi. Bug'-mexanik forsunkalar ikkita kanalli boMib ularda mazut va bug' kanal orqali forsunkaning bosh qismiga (0,4—0,9 MPa bosimda o'zatiladi. Bu yerda markazdan qochirma uyurmalangan kamera o'm iga konus- sochgich apparati ishlatiladi. Yuqori tezlikda purkalgan bug' oqimi energiyasi hisobiga mazut tomchilarining mayda zarrachalarga parchalamshini ta’minlaydi. Bu holda berilayotgan bug' sarflari mazut sarfiga nisbatan purkalishining 10% dan oshmasligi kerak. Bunday miqdorda boMgan bug1, alangalanish yadrosi reaksiyasi hisobiga mazut zarrachalarining yonish reaksiyasi yanada faollashadi.
103
22- rasm. Suyuqlikning soplodan chiqishidagi harakati va purkalishi:
1 - soplo; 2 - kirish kanali
Bug‘-mexanik forsunkalar unumdorligi mazut bo'yicha 5-7 m3/soatni tashkil etadi. Ular yuqori quwatli bug* qozonlarida chuqur diapazonda rostlash uchun ishlatiladi.
Bug1 forsunkalarda yuqori samaradorligi lOOOm/s gacha tczlikdagi bug4 oqimi mazutni o ‘zi bilan birga oqizib ketishi hisobiga erishiladi. Bug‘li forsunkaning afzalligi ularning oddiyligi hamda mazutni qizitish harorati (80 c - gacha) yuqori boMgan haroraida yuqori sifatda purkalishidan iboratdir. Bunday forsunkalar asosan qattiq yoqilg‘i yoqadigan elektr stansiyalarda ham qoMlaniladi. Ammo ular uzoq muddat ishlaganda ko‘p bug‘ sarflanishi sababli tejamli hisoblanmaydi.
Rotatsion forsunkalar. KVGM turkumli suv isitgich qozonlarida mazutni yoqish uchun rotatsion forsunkalar ishlatiladi. Forsunkalar o'rtacha quwatli elektrodvigatcl bilan ta’minlangan boMib, purkalish konusini juda katta chastota bilan aylantirib beradi. Mazutni ortiqcha purkash, bosim orqali amalga oshiriladi. Bunda markazdan qochirma kuch hisobiga mazut konussimon bo'ylab yupqa qatlam va mayda zarrachalar ko‘rinishida o‘txonaga uzatiladi. Alanga yadrosidan tarqalgan issiqlik hisobiga konus sirti bo'ylab harakatlanuvchi mazut qatlami qisqa vaqt ichida intcnsiv qizdiriladi va alangalanib yonish boshlanadi.
Suyuq yoqilgMlaming yondirgichlar orqali bir xil maromda tarqalishi ularning qovushqoqligi ga ham bogMiq mexanik forsunkalarda yoqish uchun mazutning shanli qovushqoqlik darajasi ? chq dan 6 chq atrofida boMishi kerak. Buning uchun yondirgichlarga berilayotgan mazut oqimi 90-110 c haroratgacha qizdiriladi.
104
Qattiq yoqilg‘i xujaligi
Elektr stansiyalar qattiq yoqilg‘ilar bilan odatda temir yo‘li orqali yoki suv transporti yordamida ta’minlanadi. Bir ming kilometrdan uzoq bo‘lgan masofadan ko'mir temir yo‘l orqali tashiiadi. Agar elektr stansiya ko‘mir koniga yaqin joyda bo'lsa (10-20 km gacha), yoqilg'ini lentali yopiq konveyerlar yoki osma arqon yo‘li yordamida tashish ham mumkin.
Qattiq yoqilg'i ishlatiladigan har bir elektr stansiyalar takomillashgan yoqilg'i transport xo ‘jaligiga ega bo'ladi. Elektr stansiya hududida yoqilg'i uzatish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan bo'lib, yoqilg'ini qozonlarga etkazib berish markaziy punktdan boshqariladi. Punktda tekshirish uskunalari va masofaviy boshqarish uskunalari o'rnatilgan.
Elektr stansiyaning yoqilg'i xo'jaligi loyihalashtirilganda yoqilg'i turi, sifati va uni etkazib berish hisobga olinadi. Zamonaviy elektr stansiyalarining yoqilg'i xo'jaligi majmuasiga qabul qilish va tushirish moslamasi, yoqilg'i ombori. ko'mir maydalaydigan moslama, ko'm ir changini tayyorlaydigan tegirmonlar, tayyorlangan ko'mir changini qozonlarining yondirgichlariga etkazib beruvchi jihozlar kiradi. Ko'pgina davlatiarda ko'mir asosan temir yo'l transportida keltiriladi. Temir yo'l vagonlarida ko'mirni mexanik ravishda to'kish imkoniyati masofali boshqariladigan vagonlar tagida maxsus lvuklar o'rnatilgan bo'ladi. IES da yoqilg'ini qabul qilinish bilan yoqilg'i
- transport xo'jaligi shug'ullanadi. Uning vazifasi asosan elektr stansiyada temir yo'l tran sp o rtin g doimiy ishlashini tashkil qilish va vagonlami mexanizatsiyali bushatish, yoqilg'i ta’minotidan yoqilg'ini qabul qilish uning sifati va miqdorini nazorat qilish; ko'm ir kukuni tayyorlash va uni qozonxonaga uzatishni uzluksiz ta’minlash; minimal isrof bilan ishlaydigan yoqilg'i zahirasini saqlash. Shu bilan birgalikda IES ning yoqilg'i transport xo'jaligi bilan bog'liq bo'lgan qurilmalar, mexanizmlar, mashinalar va inshootlaming texnologik komplekslarini ishlash jarayonlami ham boshqarish jarayonlariga kiradi.
Quyidagi 23-rasmda qattiq yoqilg'i yoqiladigan IESlarda
yoqilg'i xo'jaligining umumiy sxemasi ko'rsatilgan.
105
23-rasm. IESsi yoqilg'i xo'jaligi qurilmalarining joylashish holati Bunda 1 - vagonda keltirilayotgan ko'mimi tortib qabul qilish;
2 —vagonni ko'mirdan bo'shatish manbai; 3 —vagondagi ko'mimi muzdan eritish xonasi; 4 - ko'mimi birinchi bosqichda maydalash;
5 - ko'mimi uzatuvchi lentali konventarlar; 6 - dag'al maydalangan ko'm ir saqlanadigan manba; 7 - ko'mimi ikki yo'nalishga taqsimlash manbai; 8 - ko'mimi ikkinchi basqichda maydalash; 9 - zahiradagi ko'mimi saqlash manbayi; 10 - lentali tarozi; 11 — maydalangan ko'm ir saqlanadigan bunkerlar. Bu rasmdan ko'rinadiki, IESlarga vagonlar yordamida keltirilayotgan ko'm ir mahsuloti (1) qish mavsumlarida muzlagan holatda bo'lsa bir necha vagonlami birgalikda bu (2) issiq xonada muzdan eriguncha saqlab turadi. So'ng vagonlardagi ko'm ir mahsuloti ko'm ir saqlanadigan (3) maxsus joyga keltiiib to'kiladi. So'ng ko'm ir maydalash qurilmalari yordamida birinchi bosqichda (4) dag'al maydalanadi so'ng bu holatda maydalangan ko'm ir lentali konveynerlar yordamida (5) dag'al maydalanadi ko'm ir saqlanadigan manbaga (6) uzatiladi. U yerdan yana lentali konvenerlar (5) orqali ko'mir uzatish manbai (7) dan ikki tomonga bir qismi ikkinchi bosqichda (8) maydalash va quritish qurilmasiga. ikkinchi qismizahira maydoniga (9) uzatiladi. Maydalash qurilmasida kukun holatida maydalangan ko'm ir lentali tarozida (10) tortilgandan so'ng bunkerga beriladi. IES siga
t(№
keltirilgan ko‘mir mahsulotining namlik (W 1) darajasi 15-20 % dan yuqori bo‘lsa, bunday ko‘mir mahsuloti maydalash qurilmasiga berilish oldidan, maxsus quritish uskunalarida quritiladi.
Dostları ilə paylaş: |