Issiqlik elektr stansiyalarda



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə54/81
tarix12.10.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#154428
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
2019 R M Yusupaliyev issiqlik elektr stansiyalarda yoqilgi yoqish

Nazorat savollari

  1. IES larining turlari va bug' ishlab chiqarishda suvning ahamiyati nimadan iborat?

  2. IES larda suv tayyorlash jarayonida qanday talablar bajarilishi zarur?

  3. KFS va IEM larida suv va bug‘ning davriy aylanishi qanday farq qiladi?

  4. IES larida ishlatiladigan suvlar qanday nomlanadi?

  5. KES va IEM ning ishlash jarayonlarida yo'qotiladigan suv va bug‘ning miqdori nimalarga bog'liq?

  6. . KES va IEM larida suv balansi tenglamasi qanday farq qiladi?

  7. IES larida harakatda bo‘lgan suv va bug‘ning ifloslanish sabablari?

  8. IES larida bug1 va kondensatning ifloslanishini kamaytirishda qanday talablar bajarilishi zarur?

  9. Qurilmalami zanglashdan saqlash usullari nimalardan iborat?

142

  1. BOB. ISSIQLIK ELEKTROSTANSIYA1 ARIDA SUVNI DAG‘AL VA KOLLOID ZARRACHALARDAN


TOZALASH

lESlarida bloklar soni qancha ko‘p boMib, bug1 qozonining unumdorligi qancha yuqori boMsa, bug1 ishiab cniqarish uchun shuncha ko‘p miqdorda suv zarur boMadi. Suvga boMgan bunday ehtiyojni toMa ta’minlash uchun tarkibi birmuncha toza boMgan yer osti va atmosfera suvlari yetarli boMmaydi. Shu sababli IESlarini suv bilan ta’minlashda asosan daryo, anhor va koM suvlari ishlatilishi. 1- bobda ta’kidlangan edi. Ammo bunday suvlar tarkibi xil kimyoviy va mexanik moddalar ko‘p miqdorda boMishi sababli lESlarida ulami tozalash uchun murakkab sxemali hamda unumdorligi yuqori boMgan suv tozalash qurilmalari zarur boMadi.


Suv tozalash qurilmalari sxemalarini va bu qurilmalarda ishlatiladigan uskunalami tanlash, stansiyada tozalanadigan tabiiy suvning kimyoviy tarkibiga va suvn qay darajada tozalash zaruratiga bogMiqdir.
Suv tozalash texnikasi sohasida tabiiy suvlami tarkibidagi dag'a', kolloid va ion zarrachalardan kimyoviy tozalash ikki xil usulda olib boriladi. Birinchi usulda suvga alyuminiy sulfat
/АЬ(504)з/, temir sulfat /FeSOV, ohak /СаО/, soda /Na2S0 3/, ishqor /NaOH/, natriy fosfat /NajPOV kabi birikmalarning eritmasi qo'shilib, cho'kma hosil qilish yoMi bilan tozalanadi. Suvga bunday reagentlar qo‘shilganda suv dag‘al va kolloid zarrachalardan tozalanib, tarkibidagi ba’zi ion zarrachalaming konsentratsiyasi ham qisman kamayadi.
Ikkinchi usulga suvni ionitlar yordamida tozalash kiradi. Ionitlar suv tarkibidagi ;onlar konsentratsiyasini yuqori darajada kamaytirish qobiliyatiga ega boMgan moddalardir. Ular yordamida suvni har qanday ekspluatatsiya ma’yorlarida belgilab qo‘yiladigan darajagacha tozalash mumkin. Shu sababli, ionitlar lESlarida qo'shimcha suv tayyorlash va turbina kondensatini tozalashda hamda issiqlik tarmoqlari uchun suvni yumshatishda keng miqyosda qoMlaniladi.

143
8.1. Kolloid zarrachalarning xossalari


Tabiiy suvlarda uchraydigan bir xil moddalaming kolloid dispers zarrachalari bir xil qutbda zaryadlangan bo'lib, bunday zarrachalar bir-birini elektrostatik kuch ta’sirida itarib turadi. Shu sababli suvdagi bunday zarrachalar erkin holatda cho‘kishga qarshi agregat barqarorlikka ega bo'lgan zarrachalar hisoblanadi. Agregat barqarorlikka ega bo'lgan moddalar deb. uzoq vaqt davomida o'zining dispers holatini saqlab turadigan moddalarga aytiladi. Kolloid zarralaming o'lchami ancha kichik bo'lganligi uchun bu zarrachalar suvda tartibsiz va to'xtovsiz harakatda bo'ladi. Bunday holatni tarkibidakolloid zarrachalar bo'lgan suvni ultramikroskop orqali tekshirib, ishonch hosil qilisli mumkin. Chunki suvdagi kolloid zarrachalami oddiy mikroskop bilan ko'rib bo'lmaydi. Ular filtr hog'oz teshiklaridan o'tib ketadi. lekin o'simlik yoki hayvon organizmidagi membranalardan o'tmaydi. Kolloid sistemalaming dispers fazalari dispersion muhitdan ma’lum siitlar bilan ajralgan mustaqil fazani tashkil etadi. Shuning uchun kolloid sistemalar inikrogeterogen sistemalar deyiladi.
Suvdagi har qanday moddalaming kolloid zarrachalari barqaror bo'ladi. Ulaming barqarorligi kimyo kursidan ma’lum bo'lishicha, kolloid zarracha sirti katta moddadan tashkil topgan yadro bo'lganligi uchun bunday zarrachalarda adsorbsiya xususiyati katta bo'ladi. Shuning uchun bunday yadroga suvdagi ionlar oson yopishadi, ya’ni yadro atrofiga adsorbsiyalanadi. Natijada kolloid zarrachalarning yadrosi juda ko'p atom yoki molekulalardan iborat betaraf moddaga aylanadi va uning atrofini adsorbsiyalangan ionlar qurshab oladi, bu adsorbsiyalangan ionlar kolloid zarrachalarning barqaror - mustahkamligini ta’minlayadi.
Yadro va adsorbsiyalangan ionlar birgalikda granula deb ataladi. Granula adsorbsiyalangan ionlar hisobiga ma’lum zaryadga ega bo'lgani uchun uning atrofiga qarama-qarshi zaryadli ionlar yig'iladi: lekin bu ionlar yadroga zaifroq tortilib turadi va dispersion muhitning bir qismini tashkil qilib, kolloid zarrachalarning diffuzion qavatin’ tashkil qiladi. Granula va uning atrofiga tortil’b turgan qarama-qarshi ioniardan iborat bo'lgan

144
sistema mitsella deb ataladi. Kolloid zarrachalaming zaryadi har doira granula zaryadi bilan ifodalanadi.


Misol tariqasida Fe(OH)3 kolloid zarrachaning suvdagi mitsella ko‘rishini ko‘rib chiqaylik. Bunday kolloid zarrachalar FeCl3. Fe(HC03)3 kabi suvda eruvchan birikmalaming gidrolizlanishi natijasida hosil bo‘ladi:
FeCl3 + 3H20 = Fe(OH)3 + 3FIC1
Hosil bo'lgan Fe(OFTb suvdagi NS1 bilan reaksiyaga kirishib, FeOCl birikmasini hosil qiladi.
Fe(OPI) 3 + HCl t^FeOCl + 2H20
Hosil bo'lgan FeOCl molekulari suvda FeO va Cl ionlariga dissotsillanadi:
FeOCl + Fe X 0 ++ СГ
Natijada bir necha Fe(OH)3 molekulalardan tashkil topgan yadro atrofida FeO* va qisman СГ ionlaridan tashkil topgan - adsorbsiyalangan musbat qavat /granula/ va bu qavatni qurshao olgan СГ ionlaridan iborat diffuzion qavat hosil bo'lib, mitsellaning barqarorligini ta’minlaydi. Bunday holatda Fe(OH)3 ning mitsellasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi: Granula
{nlFeiOH)^] m FeO*(m - x) СГ }’ дг СГ
yadro adsorbsion qavat dif. qavat mitsella
Bu sistemada Fe(OH)3 ning kolloid zarrachasi granula zaryadi bilan xarakterlanib, musbat holatda bo'ladi. Yana bir misol tariqasida kremniy kislotasi kolloid zarrachasining suvdagi mitsella tuzilishini ko'rib chiqaylik. Tabiiy suvlarda kremniy birikmalari Si0 2 va H2Si0 3 holatda bo'ladi, deb faraz qilsak, H2Si0 3 molekulasi suvda quyidagicha qisman dissotsiatsiyalanadi:
nH2Si0 3 « ♦ nHSiO'3+nlT
Bu sistemada kolloid zarrachaning yadrosi Si0 2 molekulalaridan tashkil topadi va uning mitsellasi quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:
{nfSiOf1 mHSiO'3 2(n-x)H }"xH+ yadro adsorbsion qavat diffuzion qavat
Suvda bunday Kollid zarrachalar manfiy zaryadlangan bo'ladi.

145


Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin