часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
1071
qiziqishi va qobiliyati bor. Shaxsni tarbiyalash va yaxshi bolalar jamoasini yaratishda
eng yaxshi natijalarga erishish uchun pedagog tarbiyalanuvchilarning individual
xususiyatlarini o‘rganishi va tushunishi kerak. Bu esa pedagog oldida turgan barcha
pedagogik vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini belgilaydi. Individuallashtirish ikki
qismga o‘zaro bog‘liq – bolaning individual xususiyatlarini o‘rganish va tushunish hamda
pedagogik individual yondashuvni topish yoki yaratishdan iborat. Bolani har tomonlama
tarbiyalashning majburiy va zaruriy sharti uning individual sifatlarini rivojlantirishdir.
Birinchidan, individual yondashuv bolaning ijobiy sifatlarini mustahkamlaydi va
kamchiliklarni bartaraf etadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida bola sifatining faqat kuchli
tomonlariga tayanish lozim. Individual xususiyatlarni o‘rganishda bolaning ota-onasi bilan,
uning oilasi bilan tanishish, oiladagi turmush tarzi va munosabatlarini bilish muhim
ahamiyatga ega.
Ikkinchidan, shuningdek, pedagog bolaning psixologiyasini bilmasdan turib
individual yondashishi mumkin emas. Psixologiya bola tushunchasini shaxs sifatida
belgilaydi. Shaxsning shakllanishi uchun oliy nerv faoliyatining xususiyatlari kata
ahamiyatga ega: temperament faoliyatga, samaradorlikka, xulq-atvor muvozanatiga va turli
tashqi sharoitlarga moslashish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Xarakter insonning shakllanishiga
ham ta’sir ko‘rsatadi. Xarakter – shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari majmui, u o‘zingiz va
boshqa odamlarga nisbatan harakatlarda, mehnat qilishda namoyon bo‘ladi. Xarakter
tug‘ma emas, balki ta’lim va tarbiya jarayonida shakllanadi.
Uni doimiy ravishda rivojlantirish kerak. Eng muhimi, xulq madaniyatini
rivojlantirish: uyda, kattalar, tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda, guruhda, boshqacha
aytganda, bolalarning axloqiy sifatlarini tarbiyalashdir.
Uchinchidan, individual yondashuv bola faoliyatini hisobga olmasdan va uning atrof-
olamga munosabatini, bola manfaatlarini hisobga olmasdan iloji yo‘q.Faol faoliyatda
shaxsiy sifatlar va xarakter rivojlanadi. Faoliyat maqsadga
muvofiq va ongli bo‘lishi kerak. Bolalar bilan olib boriladigan barcha ta’limtarbiya va
pedagogik ishlarda individual yondashuvni kuzatish lozim. Individual yondashuv
pedagogdan ko‘p sabr-toqat, turli murakkab vaziyatlar va xatti-harakatlarni tushunish
qobiliyatini talab qiladi. Barcha hollarda sababni topish kerak, u salomatlik, temperament,
ekologik sharoitning ta’siri bo‘lishi mumkin. Har kuni bolalar harakatlarini har tomonlama
va chuqur tahlil qilish talab etiladi. Bolaning nima uchun salbiy harakat qilishini tushunish
kerak, shunda, harakatning sababini o‘rganish va unga ta’sir qilish yo‘llarini topish, unga
yondashish usulini to‘g‘ri aniqlash mumkin.
Turtinchidan, bolalarning individual qobiliyatlarini o‘rganish bolani tizimli
kuzatish, u bilan pedagog o‘rtasida aloqa o‘rnatishni talab etadi. Faqat bola bilan
ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqali siz uning xarakterining xususiyatlarini
tushunishingiz mumkin. Kattalarning unga bo‘lgan qiziqishi, iliq munosabati va bolaga