часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
1066
o‘qisalar, o‘rganishda, ijtimoiy muloqotda ancha yaxshi natijalarni ko‘rsatishga
moyildirlar.Barcha bolalar inklyuziv ta’lim amaliyotidan yaxshi foyda oladilar. Odatda,
alohida ehtiyoji bor bola rivojlanayotgan tengdosh bolalar bilan bir guruhda bo‘lishi ularga
taqlid qilishga, ular bilan muloqot qilishga, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat
qiladi. Rivojlanayotgan bolalar alohida ehtiyojlari bor odamlar duch keladigan
muammolarni tushunib boradilar. Ular boshqalarning ehtiyojlariga sezgir bo‘lib, farqlarni
yaxshiroq anglaydilar. Ular barcha odamlar muhim muammolarni bartaraf eta olishlariga va
uvaffaqiyatga erishishlari mumkinligini bilib oladilar.
Inklyuziv ta’lim tushunchasi
Pedagoglarga guruhida alohida ehtiyojli bolalar bo‘lishi ham manfaatlidir, bunda ular
o‘quv uslublaridagi farqlarni kuzatishda malakaga ega bo‘lishlari mumkin.
Ular, shuningdek, bolalarning individual kuchli tomonlarini baholashda o‘zlariga
ko‘proq ishonch orttiradilar va shu bilan birga qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lgan tomonlarini
aniqlaydilar. Bu barcha bolalarni o‘qitishda tarbiyachilarga bolaning individual kuchli
tomonini va alohida ehtiyojlarini aniqlashga va shu asosida ta’lim uslubini yaxshilashga
imkon beradi. Inklyuziv ta’limning mavjudligi bolalar bir-biridan ko‘p jihatdan farq qilishini
va bu farqlar to‘siq emas, balki qimmatli manba ekanligini tan olish demakdir. Bolalarning
turli ta’lim ehtiyojlari va imkoniyatlari va ularning turli rivojlanish sur’atlarini o‘quv faoliyati
va ta’lim strategiyasini individuallashtirish va differensiallashtirish yo‘li bilan qondirish
mumkin.
Inklyuziv maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
o‘ziga xos xususiyatlari:
● alohida ehtiyojga muhtoj bolalarning umumiy ta’limi bilan muntazam guruhlarda
pedagoglar bilan birgalikda mutaxassislar jamoasi
shug‘ullanadilar;
● alohida ehtiyojga muhtoj bolalarning qanchasini bir guruhga muvaffaqiyatli
kiritish mumkinligini aniqlab olish zarur. Odatda, bu miqdor har bir bolaning
xususiyatlari turiga va pedagogning o‘z maktabgacha ta’lim tashkilotidan oladigan
yordamiga bog‘liq. Masalan, boshqa mutaxassislar yordami bilan pedagog faqat bitta og‘ir
kasallikka chalingan bolani yoki yengil tashxis
qo‘yilgan bir necha bolani o‘z guruhiga olishi mumkin. Guruhdagi bolalar umumiy
sonining 5-10% dan ko‘p bo‘lmagan shtati bo‘yicha alohida ehtiyojga muhtoj bolalarni ham
o‘z ichiga olish amaliyoti mavjud. Agar guruhda 20 nafar bola bo‘lsa, alohida ehtiyojga
muhtoj 1-2 nafar bolani qabul qilish;
● farzandlarining ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishiga doir qaror qabul
qilishda ota-onalar va boshqa oila a’zolari faol ishtirok etishi;
● barcha pedagoglar (guruh tarbiyachisi, maktabgacha ta’lim psixologi va
defektologi, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi) jamoa bo‘lib ishlaydi va ularning