часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
октябрь
, 2022
г
1072
bo‘lgan hurmat bolada azaldan mavjud bo‘lgan barcha yaxshiliklarni rivojlantirishga
yordam beradi.
Bolalar bilan individual ishlash uchun quyidagilarga e’tibor qilish kerak
bo‘ladi:
● ertalabki qabul paytida ota-onalar bilan bolaning salomatligi haqida
suhbatlashish;
● har bir bolaga ularni qiziqtiradigan narsalarni bajarish imkoniyatini
berish, tinch, ijobiy muhit yaratish va uni saqlash;
● nonushtaga tayyorlanganda va taomlanish vaqtida e’tiborli bo‘lib, madaniy-
gigienik ko‘nikmalarga to‘liq ega bo‘lmagan bolalarga, ishtahasi yo‘q
bolalarga yordam berish, sekin ovqat yeydigan bolalarni tabiat burchagida
ishlashga jalb etish;
● uyatchan, tortinchoq yoki mashg‘ulotlarda qatnashmagan bolalar bilan umumiy
guruh mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ularni tayyorlash;
● sayrga chiqish uchun kiyinish ko‘nikmasini tarbiyalash, bemor va zaiflashgan
bolalarga alohida e’tibor berish, har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga
olish, ularni bir-biriga yordam berishga undash;
● sayr davomida turli maqsadlarga erishiladi: uyatchanlikni bartaraf etish, yangi
bolani jamoaga jalb etish, kuzatishni rivojlantirish,
mashg‘ulotlarga qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish, mehnat ko‘nikmalarini
tarbiyalash;
● har qanday faoliyatda alohida o‘rnak bo‘ladigan bolalarga imtiyoz berish;
● gapirishda qiynalayotgan bolalar bilan she’rlar, tez aytishlar yod olish;
● kechqurun ota-onalar bilan muloqot qilish, kun davomida bolaning faoliyati
haqida gapirib berish, savollariga javob berish, o‘zlari qiziqqan mavzu
bo‘yicha tavsiyalar berish.
Inklyuziv ta’limga jalb etilgan rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan amalga
oshiriladigan ish usullari sirasiga birlamchi tashxis, yakka va guruhli mashg‘ulotlarni
o‘tkazish kiradi.
Birlamchi tashxis orqali korreksion-pedagogik hamda reabilitaqiya tadbirlarini
o‘tkazish yuzasidan individual yo‘nalishni ishlab chiqishga doir dastlabki tavsiyalar beriladi,
korreksion ish yo‘nalishlari hamda yordamning xususiy shakllari belgilanadi.
Bolaning individual yo‘nalishiga muvofiq rivojlanishidagi kamchiliklarini e’tiborga
olgan holda kundalik ravishda bola bilan yakka tartibda mashg‘ulotlar olib boriladi. Mazkur
mashg‘ulot davomida, bolalardagi asosiy nuqson turidan tashqari, kuzatiladigan ikkilamchi
nuqsonlar korrekqiyalanadi. Frontal mashg‘ulot jarayonida defektolog ta’limiy-tarbiyaviy
ishlar bilan bir qatorda korreksion ish usullaridan foydalangan holda mashg‘ulotni tashkil
etadi.