Issn 2181-922X 15—31 Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish


Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish yatiga ega bo‘lamiz. Asosiy qism



Yüklə 390,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix13.05.2023
ölçüsü390,32 Kb.
#112727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
наргиза

17
Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish
yatiga ega bo‘lamiz.
Asosiy qism
Ma’lumki, fan doimiy o‘zgaradigan, yangilanib boradigan ha-
yotimizning bir bo‘lagi hisoblanadi. Shunday ekan, fanda bo‘ladigan 
hech bir yangilik yoki o‘zgarish insoniyatni befarq qoldirmaydi. Ijod 
qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan har qanday shaxs esa, unga o‘z hissasi-
ni qo‘shishga harakat qiladi. Masalan, biror bir o‘qitilayotgan fandan 
referat tayyorlashda ham talaba ma’lum bir mavzuni o‘rganib chiq-
ishga majbur bo‘ladi. O‘sha “o‘rganish” esa, talabaning mavzuga va 
fanga nisbatan o‘z fikrini bildirish ko‘nikmasini shakllantirishga xi-
zmat qiladi. Har qanday mavzu nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qil-
ishni talab etadi. Shuning uchun nazariy o‘rganilgan mavzu amalda 
ishlab chiqilishi, o‘rganilishi va hayotga (ilmga) tadbiq etilishi lozim. 
Bakalavr va magistratura ta’limida talaba hamda magistrant-
lar amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqot ishlarining ko‘lami nihoyatda 
keng bo‘lib, ularni tadqiq etishda ancha mehnat va malaka talab eti-
ladi. Sabr-toqat va qunt bilan amalga oshirilgan ish esa, albatta, o‘z 
natijasiga ega bo‘ladi. Masalan, talaba biror mavzuda maqola yozmo-
qchi bo‘lsa, o‘sha mavzu yuzasidan materiallarni o‘rganib chiqishi, 
ularni tahlil qilishi lozim bo‘ladi. Bunda u mazkur o‘rganilayotgan 
mavzu bo‘yicha nimalar yozishi mumkinligini, qanday yangi ma’lu-
motlar kirita olishi yoki, hattoki, yangilik yaratishi mumkinligini old-
indan prognoz qila oladigan darajada bo‘lishi kerak. Chunki har qan-
day tadqiq etilayotgan ishning natijasini tadqiqotchi oldindan ko‘ra 
bilishi lozim. 
Kichik tadqiqotlar – katta tadqiqotlar uchun zamin bo‘la ola-
di. Masalan, yillar davomida yozib borilgan maqola va tezislar kela-
jakda amalga oshiriladigan ilmiy ishning asosi bo‘lishi mumkin. Yoki 
referat va kurs ishlari bitiruv malakaviy ishini yozishda tayyor ma-
terial vazifalarini o‘tashi ham mumkin. Maqolalar, ilmiy ishlar, tezis, 
dissertatsiyalarga yoziladigan Abstraktlar materiallarni ixcham hol-
da ta’riflashga, o‘z munosabatini bildirishga o‘rgatishi mumkin. 
Biz, ya’ni oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlarga 
ilmiy ishlarni to‘g‘ri yozish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish-
ga yordam berishimiz lozim. Buning uchun nimalarga ahamiyat ber-
ish kerak? Eng avvalo, talabalarning ilmiy va ijodiy potensialini os-
hirishga, mustaqil holda ilmiy asarlarni o‘qib, o‘rganib, ularni tahlil 
qilishga, talabalarni ilmiy tadqiqotlar strukturasi va asosiy usullari 
haqidagi bilimlarni egallashlariga ko‘maklashishga, konspekt, re-
ferat, esse, ma’ruza matnlari, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlar-


18
Nargiza MUSULMANOVA
ni yozishda malaka hosil qilishda sistemali ilmiy-amaliy ma’lumot 
berishga, eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish, olib borish va 
tahlil qilishga, ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirishga asosiy 
e’tiborni qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bu maqsadlarga erishish uchun esa talabalarni nazariy va 
amaliy bilimlar bilan qurollantirish, ilmiy va ijodiy ish olib borish 
uchun adabiyotlar, turli ilmiy-uslubiy manbalardan to‘g‘ri foydalan-
ish ko‘nikmasini shakllantirish, ilmiy matn turlari bilan tanishtirish 
va ularning o‘zaro farqli xususiyatlarini e’tirof etish, axborotlarni 
og‘zaki va yozma shaklda yetkazish ko‘nikmalarini shakllantirish, 
tadqiqot uchun mavzu tanlash, ilmiy termin va atamalarning maz-
muni hamda mohiyatini o‘rgatish, ilmiy tdqiqot metodologiyasi bilan 
tanishtirish kabi bir qator vazifalarini bajarish zarur. 
Talabalar o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha mavzularni yax-
shi o‘zlashtirishlari uchun mustaqil ishlarni mavzularga mos 
ravishda bajarishlari foydadan holi bo‘lmaydi. Bundan tashqari, 
slayd-taqdimotlar tayyorlash, kompyuterda matnlarni to‘g‘ri terish 
va tahrir qilish, test tuzish, maqolalar, ilmiy ishlarni tahlil qilish va 
munosabat bildirish, Abstrakt yoki rezyumelar yozish kabi mashqlar 
ham talabalarning kelajakda ilmiy-ijodiy ish bilan shug‘ullanishlari-
da katta yordam beradi. 
Talabalarga ilmiy matnlar yaratishni o‘rgatish bilan birga, 
tayyor ilmiy va badiiy adabiyotlardan foydalanish, ilmiy, ilmiy-uslu-
biy maqolalarni o‘qib o‘rganish va tahlil qilish, adabiyotlarni tarti-
blash, elektron saytlardan mavzu uchun zarur bo‘ladigan materi-
allarni izlab topish hamda ish jarayonida foydalanish, adabiyotlar 
ro‘yxati va havolalar (snoska)ni shakllantirish kabi ko‘nikmalarni 
hosil qilish ham professor-o‘qituvilarning bir vazifasi sifatida e’tirof 
etish lozim.
Turli xil ma’ruzalarni tayyorlash, ularni turli usullarda taqdim 
qilish, kompyuterda taqdimotlar tayyorlash va namoyish etish, 
tayyor ishlarni himoya qilish kabilarni o‘rgatishni ham o‘z zimmam-
izga olishimiz darkor. 
Oliy ta’limdan keyingi ilmiy jarayonlar haqida talabalar-
da tasavvur o‘yg‘otish, dissertatsiyalarning nima ekanligi, qanday 
tayyorlanishi, himoya qilinishi va ularning ilm-fan uchun ahamiyati 
haqidagi fikrlarimizni maxsus fanlar orqali berib borishimiz mum-
kin bo‘ladi.
Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili 
va adabiyoti universiteti Amaliy filologiya fakulteti, O‘zga tilli gu-
ruhlarda o‘zbek tili va Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishlari talabalari 


19

Yüklə 390,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin