Issn 2181-922X 15—31 Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish


Tayyor ilmiy matnning rejasi uchun



Yüklə 390,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix13.05.2023
ölçüsü390,32 Kb.
#112727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
наргиза

Tayyor ilmiy matnning rejasi uchun:
a) matnning mazmuniy bo‘laklarga bo‘linishini belgilash;
b) bo‘lingan har bir mazmuniy bo‘lakning asosiy fikrini bel-
gilash;
s) rejaning bandini matnning boshqa qismlari bilan mantiqiy 
yaxlit qilib bog‘laydigan muhim jihatini farqlaydigan bandini ifoda-
lash.
2. Yaratilayotgan ilmiy matnning rejasi uchun:
a) yaratilayotgan matnning tuzilmasini uning uchta qismi 
(kirish, asosiy qism, xulosa) orqali bashorat qilish;
b) har bir qismning asosiy fikrini belgilash;
s) rejaning umuman mantiqiy birlikni tashkil etadigan muhim 
masalalari doirasini belgilash.
Rejalar tuzilishiga ko‘ra oddiy (sodda) va murakkab reja 
turlariga farqlanadi. Oddiy reja asosiy bandlardan tashkil topadi:
1. 
......
2. 
......
3. 
......
va boshqalar.
Murakkab reja esa asosiy bandlardan tashqari, mazmunni 
aniqlashtiradigan va detallashtiradigan kichik bandlarni ham o‘z 
ichiga oladi.
Kirish
Asosiy qism
I. …
1.1. …
1.2. …
II. …
2.1…. 


22
Nargiza MUSULMANOVA
Xulosa
va boshqalar [Xodiev, Golish 2010, 97].
Ma’lumki, ilmiy tadqiqot mavzusi tanlanganidan keyin ilmiy 
ishning xomaki rejasi tuziladi. Mavzuning ilmiy-metodik adabiyoti 
sinchiklab o‘rganilganidan keyin bu xomaki rejaga turli-tuman 
o‘zgarishlar kiritiladi. Mavzu bo‘yicha to‘plangan faktik materialn-
ing dastlabki tasnifi ham ish rejasiga o‘zgartirish kiritish lozimligini 
ko‘rsatishi mumkin. Ana shunday o‘zgarishlardan keyin bajariladi-
gan ilmiy ishning mazmun-mundarijasi ancha oydinlashadi.
Odatda, konspekt, referat, kurs ishi, loyiha ishi, bitiruv mal-
akaviy ishi, magistrlik va doktorlik disertatsiyalari uchun reja tuz-
ilishi shart. Esse, maqola, tezis, taqriz, Abstrakt kabi matnlar uchun 
reja tuzilmaydi va ushbu matnlarni yozayotgan shaxs ayrimlari 
uchun o‘ziga reja tuzib oladi, ammo nashr qilinadigan matnda u 
ko‘rsatilmaydi.

Yüklə 390,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin