Issn 2181-922X 15—31 Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish


E-pochta: musulmonova@navoiy-uni.uz



Yüklə 390,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix13.05.2023
ölçüsü390,32 Kb.
#112727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
наргиза

E-pochta: musulmonova@navoiy-uni.uz 
ORCID: 0000-0002-0001-1725
Iqtibos uchun: Musulmanova, N.R. 2022. “Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishla-
rini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish”. Oʻzbekiston: til va madaniyat. Amaliy 
filologiya 1(5): 15-31.


16
Nargiza MUSULMANOVA
ekan, amalga oshirilgan har qanday tadqiqot ishi – dunyoni anglash-
ga va uning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga bir qadam hisobla-
nadi.
Ilmiy va ijodiy ish olib borish jarayoni o‘ziga xos metodologik 
xarakterga ega bo‘lib, bunda subyekt va obyekt o‘rtasidagi o‘za-
ro aloqadorlik muhim rol o‘ynaydi. Zero, bunday integratsiya ilmiy 
tadqiqot olib boruvchi subyektning o‘z obyekti (tadqiq mavzusi)ga 
izchil ta’sir ko‘rsatadi. Shu orqali inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi-
ga erishish yo‘lida fandagi barcha yangiliklarni va fanning tarixini 
o‘rganishga, o‘sha muhitga kirib olishga, uning qaysidir jihatlarini 
o‘zgartirishga, asosli yangilik yaratishga harakat qiladi.
Ilm-fan taraqqiy etar ekan, unga bo‘lgan ehtiyoj va zaruriyat 
ham ortib boradi. Ijod qilish, ilm bilan shug‘ullanish, yangiliklarni 
kashf qilish, ilmiy muammolar va ularning yechimlarini topish, ta-
fakkurni o‘stirish, yoshlarni ilm bilan shug‘ullanishga da’vat etish – 
bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Oliy o‘quv yurtlarida tahsil oladigan talabalarning barchasi 
o‘z yo‘nalishi va mutaxassisligidan kelib chiqib, o‘qitiladigan barcha 
fanlardan topshiriqlar, xususan, referat, kurs ishi, tezis, kichik ilm-
iy va metodik maqolalar kabi ilmiy matnlar bilan ishlashga majbur 
bo‘ladilar. Ularda bu ko‘nikmalarni shakllantirish esa oliy o‘quv yur-
tining professor-o‘qituvchilari zimmasiga tushadi. Referat yoki kurs 
ishi haqida tushunchaga ega bo‘lmagan talaba uni mukammal bajara 
olmaydi. Natijada, ko‘r-ko‘rona ko‘chirib tayyorlangan ish talabani 
baholashda qiyinchiliklarga olib keladi. Tajribamiz shuni ko‘rsata-
di-ki, yillar davomida shakllanadigan ilmiy ijodkorlikni biz talaba-
lardan zudlik bilan rivojlanishini talab qilamiz. Chunki, 1-kursdan 
boshlab ulardan referatlar, taqdimotlar, esse, Abstrakt, konspekt va 
shunga o‘xshash matnlarni yaratishni, yangi zamonaviy usullarda 
ularni taqdim etishni talab qila boshlaymiz. Tabiiyki, 1-kurs talabasi 
bunga hali tayyor bo‘lmaydi.
Talabalarda ilmiy-ijodiy ish yozish ko‘nikmalarini shakllan-
tirish orqali ilmiy tadqiqot metodologiyasi evristik xarakterga ega 
ekanligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Ilmiy ijod bir mavzu asosida 
ilmiy tadqiqot olib borish demakdir. Har qanday ilmiy tadqiqot esa, 
o‘z navbatida empirik va nazariy qarashlarni, shu bilan birga, aso-
slarni ham talab qiladi. Biz ilmiy matn turlarining bir qanchasi bilan 
yaqindan tanishish bilan birga, ularni shakllantirish, ularga oid man-
balar bilan ishlash, xulosa chiqarish, tanqidiy fikrlar bildirish, analiz 
va sintez qilish, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish yo‘lida 
ulardan to‘g‘ri foydalanish kabi vazifalarni amalga oshirish imkoni-



Yüklə 390,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin