Issn 2181-922X 15—31 Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish



Yüklə 390,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix13.05.2023
ölçüsü390,32 Kb.
#112727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
наргиза

Metodlar tahlili
Ishni yozish jarayonida rejada bir necha bor o‘zgarishlar bo‘li-
shi tabiiy hol hisoblanadi. Chunki ijod jarayonida yangi-yangi fikrlar, 
g‘oyalar kela boshlaydi, yangi o‘zlashtirilayotgan ma’lumotlar ham 
ba’zan bunga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun, har qanday ilm-
iy matn tayyorlashda avvaldan tuzilgan rejaga tayanib qolish kerak 
emas. 
Demak, har ishni, ya’ni yoziladigan matnni reja tuzishdan 
boshlash muhimligini talabalarga uqtirib borish, ularning keyincha-
lik mastaqil ishlari va ilmiy ijodlari uchun buning qanchalik ahami-
yatli ekanligini tushantirib, o‘rgatib borish har bir professor-o‘qituv-
chining vazifasiga aylanishi lozim.
Konspekt deganda reja, ko‘chirmalar va tezislarning birlashti-
rilishini nazarda tutadigan, bayonning ichki mantiqiga quriladigan, 
asosiy xulosalar va qoidalar, faktlar, dalillar, usullarni o‘z ichiga oladi-
gan, tuzuvchining materialga nisbatan munosabatini aks ettiradigan, 
nafaqat tuzuvchi, shu bilan birga uning boshqa o‘quvchisi tomoni-
dan ham ishlatilishi mumkin bo‘lgan matn tushuniladi. Talabalar 
konspekt deganda, odatda, ma’ruza vaqtida o‘qituvchi tomonidan 
yozdirilgan yoki mustaqil holda mavzu yuzasidan yozilgan matnni 
tushunishadi. Bu ham bir hisobda to‘g‘ri. Lekin, har doim ham kons-
pekt yozishda qoidalarga amal qilamizmi? Konspekt qanday yozila-
di? Konspekt qachon va nimaga yoziladi? Shunga o‘xshash bir talay 
savollar bilan murojaat qilishimiz mumkin.
Konspektda quyidagilarni aks ettirish kerak:


23
Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish
• Gap nima haqida;
• Nima ta’kidlanayapti; 
• Qanday dalillanayapti.
Dars, ya’ni ma’ruza vaqtida, o‘qituvchining birinchi so‘zlari-
danoq qo‘lga ruchkani olib birdan yozib ketish yaramaydi. Aytilayot-
gan gaplarni avtomatik tarzda emas, balki ma’lumotni filtrlab, zarur 
joylarini yozib olish lozim. Eng ma’quli, oldin ma’ruzachini yaxshilab 
tinglab, keyin asosiy fikrlarni yozib qo‘yishdir. Ma’ruzachining ba’zi 
fikrlariga munosabat bildirib ketish ham mumkin. Masalan, qavs 
ichida yoki satr yonida turli belgilarni (markirovkalarni) qo‘yib 
ketish, dars oxirida esa ma’ruzachidan ularni so‘rab olish yoki mus-
taqil holda ularga javobni izlab topish mumkin. Mavzu, sarlavha va 
shunga o‘xshash ma’ruza qismlarini, albatta, ajratib (boshqa rangli 
ruchkada, ostiga chizib, marker bilan belgilab, qandaydir belgilarni 
qo‘yib) ketish maqsadga muvofiq. Shunda zarur holatlarda ularni 
izlab topish ancha oson bo‘ladi. Qoidalar, formulalar, sitata va ata-
malarni ramkaga olib ketish ham mumkin. Yaxshiroq eslab qolish 
uchun ma’lumotlarni nafaqat yozib olish, balki chizib qo‘yish ham 
mumkin. Chunki rasmlar va suratlar so‘z va gaplardan ko‘ra xotirada 
yaxshiroq o‘rnashib qoladi hamda zarur ma’lumotlarni eslash, foy-
dalanish yoki tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratib beradi.
Konspekt uchun zarur qisqartmalarni ham o‘ylab topish va 
o‘zi uchun ishlatish mumkin. Bu yozish jarayonini ancha qisqartiradi 
va tinglovchi ma’ruzachining nutqidan ortda qolib ketmasligiga yax-
shi imkoniyat yaratib beradi. Bunda matematik va boshqa belgilar 
(simvollar) ancha yordam beradi.
Eng asosiysi, yozuv qurollarining to‘g‘ri tanlanishidir. Kons-
pekt yozish uchun qulay bo‘lgan varaqlardan iborat, yaxshi tikilgan 
daftar, bloknotlardan foydalanish lozim. Yaxshi yelimlanmagan yoki 
tikilmagan daftar varaqlari tez orada ajralib ketishi va noqulayliklar 
tug‘dirishi mumkin. Daftar tanlayotganda varaqlarning chetida 
hoshiyasi bori tanlansa, u yerga mavzu yuzasidan zarur belgilarni, 
yangi yoki izoh talab qiladigan atamalarni yozib qo‘yish mumkin. 
Shu bilan birgalikda, yozuv moslamasi, ya’ni turli rangdagi ruchka-
lar, qora qalam, marker va shu kabilarni ham har kim o‘ziga mosini 
tanlab olishi, doim yonida olib yurishi, har doim ulardan foydalan-
ishi lozim. Konspektlarni markirovkalash ham xuddi adabiyotlarni 
markirovkalash kabi amalga oshirilishi mumkin. 

Yüklə 390,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin