Issn 2181-922X 15—31 Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish



Yüklə 390,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix13.05.2023
ölçüsü390,32 Kb.
#112727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
наргиза

Nargiza MUSULMANOVA
Bu o‘rinda ularga ma’ruzalarning turlari, ularga tayyorgarlik ko‘rish 
jarayonlari, asosiy e’tibor beriladigan jihatlar haqida, ma’ruzachin-
ing nutq etikasi va imidji, ovozning ahamiyati va h.k.lar haqida to‘liq 
ma’lumot berib borish kerak. 
Ma’lumki, ma’ruzalarning o‘zi ham bir qancha turlarga 
bo‘linadi. Ularning ichida ta’limiy ma’ruzalar asosiy o‘rinlardan bir-
ini egallaydi. 
Ta’limiy ma’ruzalar, leksiya — o‘quv materiali, biror masa-
la, ilmiy, siyosiy mavzularning izchil, tartibli og‘zaki bayoni. O‘quv 
ma’ruzasi o‘quv jarayonining asosiy shakli; oliy o‘quv yurtlarida 
dars berish usullaridan biri. Ma’ruza, shuningdek, o‘rta maxsus 
va kasb-hunar ta’limi tizimida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarin-
ing yuqori sinflarida ham qo‘llaniladi. Ommaviy ma’ruza madaniy-
ma’rifiy ishlar tizimida siyosiy va ilmiy bilimlarni tarqatish hamda 
tashviqot qilish shakllaridan biridir.
Zamonaviy ma’ruzalarning ta’lim tizimidagi o‘rni katta, chunki 
talabalar bilimini oshirish zamonaviy ma’ruzalarga bog‘liqdir. Ma’ru-
za, nutq, taqdimot (prezentatsiya) – aniq mavzu bo‘yicha ma’lumotni 
taqdim etishning umumqabul qilingan usuli hisoblanadi. Ma’ruzada 
tizimiy ravishda, ma’lum ketma-ketlik asosida nazariy xarakterdagi 
materiallar o‘qituvchi (ma’ruzachi) tomonidan tinglovchilar e’tibori-
ga yetkaziladi. Ko‘pgina ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Ma’lumotni uzatish, 
yetkazish» eng qiyin uslublardan biri hisoblanadi. Ma’lumotlar va 
axborotlarni ma’ruza shaklida uzatish oliy ta’lim tizimida o‘qitish 
uslublaridan biri bo‘lib, tinglovchilarning bilim darajalari, malakasi, 
tayanch ma’lumotlari va yoshiga, ayrim hollarda jinsiga ham bog‘liq 
jarayon hisoblanadi. 
Umuman, «Zamonaviy ma’ruzalar qanday bo‘lishi kerak?» de-
gan savolga, quyidagicha javob berish mumkin: Ma’ruza – bu: 
– kuchli, esda qoladigan bahs, diskussiya;
– yangi yoki eski muammolar bo‘yicha aniq loyihalangan va 
bahs qilinmaydigan qaror va tasdiqlar; 
– aniq o‘zaro munosabat, fikr almashish; 
– nazariya va shaxsiy tajribalar kombinatsiyasi; 
– zamonaviy ma’ruza o‘ta «moslashuvchan» bo‘lmog‘i lozim; 
– mavzuni yaxshi biladigan va nimanidir bilishni juda 
xohlovchilar o‘rtasidagi suhbat; 
– professional tomonidan o‘qish davomida o‘quvchilar gu-
ruhini fikrlashga undovchi, qandaydir muammo ustida tanqidiy va 
faol o‘ylashga, tafakkur qilishga undovchi jarayon; 
– «jonli» nutq, uning o‘rnini hech qanday axborot uzatuvchi 


27
Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish
vosita bosa olmaydi. 
Zamonaviy ma’ruza avvalgi o‘qitishning «nofaol» usulidan 
«faol» usuliga o‘tmog‘i, bahs, munozara, suhbat, muhokama shaklida 
amaliy ishlarning uyg‘unligi, ya’ni interaktiv usullarda tashkil etilm-
og‘i lozim. Shu sababli hozirgi vaqtdagi ko‘plab innovatsion uslublar 
o‘qitishning interaktiv uslublarini qo‘llash bilan bog‘liqdir [Завада, 
Бушмина 2010, 66-70]. Ayrim pedagoglar o‘qitishning interaktiv 
uslublari deganda zamonaviy o‘quvvizual materiallar (multimedia 
va animatsion slaydlar, tarqatma materiallar, ma’ruza matnlari, 
texnik vositalarning modellari, maketlari va boshqalardan) hamda 
zamonaviy texnik vositalar (kompyuterlar, elektron doskalar va 
boshqalardan) foydalanishadi. Ammo, ma’ruza matnlarini oldin-
dan talabaga taqdim etib, talabaning darsga tayyor bo‘lib kelishini 
ta’minlashlari to‘g‘ri emas. 
Biz yuqorida ma’ruza va ma’ruzachi haqida ma’lumotlarni 
berdik. Ammo, uni tinglovchilarga ham bir qancha talablar qo‘yiladi. 
Ma’ruzani tinglash, aslida, ixtiyori bo‘lishi kerak (qanchalik abstrakt 
bo‘lmasin). Chunki ixtiyoriy tinglangan ma’ruza oson qabul qilinadi, 
tinglovchi uchun katta qiziqish o‘yg‘otadi va ilmiy ijodkorlik uchun 
motivatsiya beradi, yangi g‘oyalarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. 
Ma’ruzalarni har xil metodlar asosida o‘tish, turli texnik va boshqa 
vositalardan foydalanish, ma’ruzachi va tinglovchi o‘rtasida bir-bir-
ini tushunuvchi va qo‘llab-quvvatlovchi aloqa o‘rnatish esa eng zer-
ikarli ma’ruzani ham jonlantirishi muqarrar. Ma’ruzaning o‘zlashtir-
ilishi uni qanday olib borilishi bilan birga, uni tinglash va anglashga 
ham bevosita bohliq. Demak, talaba ma’ruza asosida qanday kons-
pekt yozishi, ya’ni uni qayd etib borishi haqida ham, albatta, talaba-
larga mukammal ma’lumotlarni berib borishimiz zarur. 
Xulosa
Demak, talaba-yoshlarning ilmiy-ijodkorlik potensialini os-
hirishda obyektiv bilimlarni ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Ilmiy tad-
qiqotlarni amalga oshirish ma’lum bir sistemaga va oldindan ishlab 
chiqilgan rejaga asosan olib boriladi. Ilmiy tadqiqotdan ko‘zlangan 
maqsadga erishish aniq bir tadqiqot olib borish uslubiga tayangan 
holda va unga asosan amalga oshiriladi. Umuman, tadqiqotlar olib 
borishda juda ko‘plab usullardan foydalaniladi. Ulardan ayrimlari 
turli xil fan sohalarida foydalanilishi mumkin. Masalan, matematik 
usullar fanning turli sohalarida qo‘llanilsa, tenzometrik o‘lchash – 
mexanikada, sistemali yondashuv, termodinamik usul – energeti-
kada va h.k. Aniq usullar aniq bir obyektning mohiyatini o‘rganish, 


Nargiza MUSULMANOVA
ko‘zlangan ilmiy va amaliy muammoni yechish bilan bog‘liq tadqiqot 
obyektining xususiyatlari va o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishda 
qo‘llaniladi. 
Ilmiy bilish muammoni hal qilish bilan bog‘liqdir. Mua-
mmolarning bo‘lmasligi tadqiqotlarning to‘xtab qolishi va fanning 
bir joyda qotib qolishiga olib kelgan bo‘lur edi.
Ilmiy tadqiqot ishlarida quyidagilar farqlanadi: ilmiy yo‘nal-
ish, muammolar va mavzular.
lmiy yo‘nalish – fanning muayyan tarmog‘ida yirik, funda-
mental, nazariy-eksperimental masalalarni hal etishga bag‘ishlan-
gan jamoaviy ilmiy tadqiqot sohasi. Ilmiy yo‘nalish quyidagi tuzil-
maviy birliklarga bo‘linadi: mujassam muammolar va muammolar, 
mavzular va masalalar.
Muammo – murakkab ilmiy masala bo‘lib, hal etishni, tadqiq 
etishni talab qiladi. U muammoviy vaziyat natijasi hisoblanadi, bu 
mavjud eski bilimlar va empirik yoki nazariy tadqiqotlar natijasida 
yangidan topilgan bilimlar o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelishi tufayli 
hosil bo‘ladi. Mujassamaviy muammolar (yoki problematika) - odat-
da, bir yo‘nalishdagi murakkab bir qancha masalani o‘z ichiga oluv-
chi muammolar majmui.
Mavzu – bu ilmiy masala bo‘lib, tadqiqot talab qiluvchi mua-
mmolar muayyan sohasini qamrab oladi. U ko‘plab tadqiqiy mas-
alalarga – muammoning aniq bir sohasiga taalluqli ancha mayda 
ilmiy masalalarga asoslanadi. Masalani yoki muammoni hal etishda 
muayyan tadqiqot vazifasi yechiladi, masalan, yangi materialni ish-
lab chiqish, konstruksiya, ilg‘or texnologiya va sh.k.larni yaratish. 
Bunda ularni bajarish faqat nazariy ahamiyat kasb etibgina qolmay, 
balki asosan kutilayotgan muayyan iqtisodiy samaraga ega amaliy 
ahamiyat ham kasb etadi.
Muammo va mavzuni tanlash qiyin va mas’uliyatli ishdir, bir 
necha bosqichda o‘z yechimini topadi.
Birinchi bosqichda, muammoviy vaziyatdan kelib chiqib, mua-
mmo ifoda etiladi va kutilayotgan natija umumiy tarzda belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda, muammoning dolzarbligi, uning fan texni-
ka uchun ahamiyati aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda muammo tuzilmasi ishlab chiqiladi 
mavzu, kichik mavzular, savollar va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik farqla-
nadi. Natijada muammo daraxti shakllanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, talabalarda ilmiy-ijodkorlik 
ko‘nikmasini shakllantrish – bu ikki tomonlama harakat bo‘lib, ham 
talabadan, ham o‘qituvchidan katta mas’uliyatni talab qiladi. Tala-

Yüklə 390,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin