Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish
uchun maxsus “Ilmiy va ijodiy ish yozish soslari” fani o‘quv rejasiga
kiritilgan bo‘lib, yuqorida keltirilgan barcha fikrlar va ularning ye-
chimlarini o‘z ichiga olgan.
Har qanday soxada olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishi
bir qancha ilmiy (ba’zan badiiy) adabiyotlarni mutolaa qilishdan
boshlanadi. Mutolaa qilish, bu nafaqat kitobni o‘qib chiqish, balki uni
tahlil qilish, zarur joylarini boshqa manbalar bilan taqqoslash, ba’zi
o‘rinlarda o‘zining e’tirozlarini ham namoyon eta olish demakdir.
“Mutolaa – bu nutqiy faoliyatning murakkab turi bo‘lib, sof texnik
jihati – mutolaa qilish va tez o‘qish malakalarini orttirish va ijodiy
jihati – matndan zarur axborotlarni olishdan iborat” [Xodiev, Golish
2010, 97]. Demak, mutolaaning sof texnik va ijodiy jihati mavjud
bo‘lib, ikkisining ham vazifasi kitobni o‘qish jarayonida undan to‘g‘ri
foydalana olish malakasiga ega bo‘lishdir.
Kitob va ilmiy-uslubiy matnlar bilan ishlash jarayonida
B.Yu.Xodiyev va L.V.Golish o‘zlarining mazkur asarlarida e’tirof
etganlaridek, uning zarur joylarini markirovkalash yosh tadqiqotchi
uchun nihoyatda katta yordam berishi mumkin [Xodiyev, Golish
2010, 97]. Chunki, azal-azaldan insonlar kitob o‘qiganida unga
qandaydir ma’lum bir ma’noga ega bo‘lgan belgilarni qo‘yib ketishi
odat tusiga kirgan. Odatda, kitob o‘qilayotgan vaqtda unutib
qoldirmaslik, kerakli joyni konspekt qilib olish, savolga javob berish,
mulohazatalab fikr, tushunarsiz jumla, aniqlik kiritilishi lozim bo‘lgan
jumla, izlanayotgan fikrga javob, o‘z fikriga zid bo‘lgan fikr, xato fikr,
noto‘g‘ri javob, noto‘g‘ri tarjima, tadqiqot olib borilayotgan ish uchun
zarur bo‘lgan jumlalar maxsus belgilar, ya’ni markirovkalar bilan
belgilab ketiladi. Kitob mutolaasi vaqtida har doim ham darhol yozib
olish imkoniyati bo‘lmaydi. Shunday paytlarda zarur jumlalarni tur-
li xil belgilar bilan belgilab ketish yoki markerda, qalam, flomaster,
ruchkada ustidan yoki ostiga chizib ketish mumkin. Biz darslarimiz-
da bu mavzuni o‘zlashtirish jarayonida talabalarning ham aynan qan-
daydir belgilar orqali kitoblarda markirovkalar qilishlari ayon bo‘ldi.
Bu ularga mavzuni yaxshi o‘zlashtirib olish va tahlil qilishlarida katta
yordam berishini ta’kidlab o‘tishdi hamda o‘zlari ishlatadigan turli
xil markirovka belgilarini ham tavsiya qilishdi. Albatta, kitob va jur-
nallarda qo‘yiladigan turli belgilarni ham ishlatishning ma’naviy va
estetik tomoni, ya’ni, markirovka qo‘yilayotgan kitob faqat o‘zining
shaxsiy kitobi bo‘lishi, undan so‘ng foydalanadigan o‘quvchi uchun
noqulaylik tug‘dirmasligi, aks holda kitobxon va kitob o‘qish etikasi-
ga rioya etilmaganligi ularga uqtirib o‘tiladi.
Bundan tashqari, ko‘pincha kitobni o‘qiyotganda deyarli
20
Nargiza MUSULMANOVA
ahamiyat berilmaydigan, ammo o‘quvchi diqqat markazidan qoch-
masligi zarur bo‘lgan ayrim jihatlar haqida ham talabalarga doim
to‘liq ma’lumot berish zarur. Bu kitobning tarkibiy tuzilishi bo‘lib, ki-
tobning muallifi va nomidan tortib, to mundarijasi va nashr rekvizit-
larigacha ham o‘quvchiga mazkur kitob haqida uni o‘qimasidan turib
to‘liq ma’lumot bera olishi mumkin.
Demak, kitob mutolaasi, u xoh ilmiy, xoh badiiy bo‘lsin, o‘qu-
vchiga ham estetik zavq, ham keng dunyoqarash, ham ilm qilish yo‘li-
dagi asosiy vositalardan biri bo‘lishi zarur.
Oliy ta’lim muassasalarining talabalari ilmiy matnlarni tuz-
ishda nimalarga ahamiyat berishi zarur? Umuman, ilmiy matn tur-
lariga nimalar kiradi? Biz bu haqda ancha asosli, ilmiy dalillarni,
ta’riflarni keltirishimiz mumkin. Ilmiy matn turlariga biz ilmiy ijod-
da foydalaniladigan barcha usul va uslublarni kirita olamiz. Xususan,
reja, tezis, konspekt, referat, Abstrakt, taqriz, maqola, kurs ishi, o‘quv
loyihasi va u haqidagi hisobot, esse, bitiruv malakaviy ishi, magis-
trlik dissertatsiyasi, ilmiy tadqiqot ishlari (dissertatsiya) va hokazo.
Bularning barchasi o‘z mazmuni, shakli va hajmi bilan bir-biridan
keskin farq qiladi. Ularning farq qilishi esa, vazifalarini ham tashkil
qiladi. Masalana, Abstrakt – biror bir ilmiy (badiiy) asarga, maqo-
la, tezis va h.k.larga berilgan qisqacha ta’rif bo‘lsa, taqriz unga nis-
batan yaqinroq bo‘lib, ma’lum bir ilmiy ish uchun beriladigan xulosa
hisoblanadi. Taqrizda ishdagi kamchilik va xatolar, fikr-mulohazalar
ham ko‘rsatiladi. Demak, hajmi jihatidan taqriz Abstraktdan ko‘ra
kengroq bo‘ladi.
Talabalarning ilmiy ijodkorligini shakllantirishda ilmiy mat-
nlar va ularning bir-biridan farqini mukammal tushuntirib bermish
zarur. Chunki, talabalar dars jarayonida yoki darsdan tashqari vaqt-
da mustaqil ta’lim olish jarayonida matnlarni shakllantirishi, ularn-
ing tuzilishi va ahamiyatini, matnlarning bir-biridan farqli jihatlari
bilan birga qachon va qayerda, qanday ishlatilishi, ularning zarurati
haqida ham tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Ilmiy matnlar bir-biri-
dan farq qiladi. Bu – fakt. Lekin, 1-kurs talabasi dastlab matnlarni
farqlamaydi va hamma tayyorlagan matni uning uchun “konspekt”
hisoblanadi.
Ma’ruza vaqtida yozib olinadigan konspektlarning ham o‘zi-
ga yarasha qoidalari mavjud. O‘qituvchi o‘z ma’ruzasi mavzusini reja
bilan birga e’lon qiladi. Rejaning ahamiyati qay darajada? Reja – bu
eng qisqa yozuv bo‘lib,
- fikr bayonining izchilligini aks ettiradi va umumlashtiradi;
- matnning mazmunini ochib beradi;
21
Talaba-yoshlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish
- manbaning mazmunini xotirada qayta tiklaydi;
- konspekt va tezislar o‘rnini bosadi;
- har xil yozuvlarni (ma’ruza, axborot, hisobot) tuzishga yor-
dam beradi;
- bajarilgan yozuvni yaxshilaydi;
- o‘zini o‘zi nazorat qilishni tezlashtiradi;
- e’tiborni jamlaydi;
- yaxshi tanish bo‘lgan matnni xotirada jonlantirish uchun
ishlatiladi.
Reja - faktik mazmunni bermaydi, balki faqat uni va maz-
munni berish sxemasini ko‘rsatadi. Reja tuzishning ham o‘ziga xos
tamoyillari mavjud:
1.
Dostları ilə paylaş: |