batareya izolatsiyasini yerga nisbatan qarshiligi;
alohida elementlarning ishga yaroqligi;
haydovchi-tortuvchi ventilatsiyaning ishga yaroqligi;
akkumulyator xonalarining qurilish qismi EQTQ talablariga mosligi.
Batareyalar ekspluatatsiya qilishga, ularning nominal sig‘imi 100 foizga yetgandan keyin tushirilishi shart.
16. Akkumulyator qurilmalariga xizmat ko‘rsatish akkumulyator batareyalarini ekspluatatsiya qilish
qoidalariga o‘qitilgan mutaxassisga yuklanadi.
Har bir akkumulyator qurilmasida ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini va bajarilgan ishlar hajmini yozish uchun
akkumulyator batareyaning jurnali bo‘lishi shart.
17. Ishlayotgan kislotali akkumulyator batareyasidan elektrolit tahlili 3 yilda kamida 1-marta (har yili 1/3
elementdan) tekshirilayotgan elementlardan sinash uchun olingan namunalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tekshiriladigan elementlarning soni akkumulyator
batareyasining holatiga qarab, elektr xo‘jaligiga javobgar
shaxs tomonidan belgilanadi.
Nazorat uchun razryadlashda, elektrolitdan namuna olish razryadlash oxirida amalga oshiriladi.
Akkumulyatorlarga quyish uchun tarkibida xlor va temir yo‘qligi tekshirilgan distillangan suv qo‘llanilishi
shart.
18. Doimiy zaryadlash yoki zaryadlash — zaryadsizlantirish usuli bilan ishlaydigan kislotali batareyalarda 3
oyda 1-marta, elementiga 2,3 — 2,35 V kuchlanish bilan, barcha elementlarda elektrolitning zichligi belgilangan
1,2 — 1,21 g/sm qiymatga yetgunga qadar tenglashtiruvchi zaryadlash (qayta zaryadlash) o‘tkaziladi. Qo‘shimcha
zaryadlash davomiyligi batareyaning holatidan kelib chiqib, kamida 6 soat bo‘ladi.
Batareyani, ushbu batareya uchun kafolatlangan, maksimaldan ortiq bo‘lmagan tok bilan zaryadlashga
yoki zaryadsizlantirishga ruxsat beriladi.
Elektrolitning harorati zaryadlash oxirida 40 S dan oshmasligi shart.
Batareyani tenglashtiruvchi zaryadlash vaqtida unga nominalidan uch karradan kam bo‘lmagan sig‘im
berish kerak.
Bundan
tashqari, podstansiyalarda 3 oyda 1-marta qisqa vaqtda tok ulanganda kuchlanishning pasayishi
bo‘yicha batareyalarning ishga yaroqliligi tekshiriladi.
19. Kislotali akkumulyator batareyalarida elektrolit sathi quyidagicha bo‘lishi shart:
yuza-quti plastinali qo‘rg‘oshin-kislota (keyingi o‘rinlarda ― QK) turdagi statsionar akkumulyatorlar uchun
elektrodlarning yuqori chekkasidan 10 ― 15 mm ga yuqori;
surkalgan plastinali qo‘rg‘oshin-nikel (keyingi o‘rinlarda ― QN) turdagi statsionar akkumulyatorlar uchun
saqlovchi panel ustidan 20 ― 40 mm chegarasida.
Kislotali elektrolitning zichligi 20 S da quyidagicha bo‘lishi shart:
QK turdagi akkumulyatorlar uchun
―
1,205 ± 0,05 g/sm
QN turdagi akkumulyatorlar uchun
―
1,24 ± 0,05 g/sm
20. Doimiy zaryadlash rejimida ishlayotgan kislotali batareyalar zaryadsizlantirish mashqlarisiz va davriy
tenglashtiruvchi zaryadlashsiz ekspluatatsiya qilinishi kerak. Batareyalarning holatiga qarab, lekin 1 yilda kamida
1-marta barcha elementlarda elektrolit zichligi ushbu Qoidalarga 8-ilovaning
19-bandida
ko‘rsatilgan
qiymatga
yetguncha batareyalarni tenglashtiruvchi zaryadlash (qo‘shimcha zaryadlash) o‘tkazish kerak.
Tenglashtiruvchi zaryadlash davomiyligi batareyaning texnik holatiga bog‘liq bo‘lib, 6 soatdan kam
bo‘lmasligi kerak.
Podstansiyalarda batareyaning ishga yaroqliligi turtkili toklarda kuchlanish pasayishi bo‘yicha tekshirilishi
shart.
Butun batareyani yoki uning alohida elementlarini tenglashtiruvchi qayta zaryadlash faqat zarurat bo‘yicha
amalga oshirilishi kerak.
Batareyani zaryadlash va zaryadsizlantirish, ushbu batareya uchun maksimaldan yuqori bo‘lmagan tok
bilan ruxsat etiladi. Zaryadlash oxirida elektrolitning harorati QK turdagi akkumulyatorlar uchun 40 S dan, va QN
turdagi akkumulyatorlar uchun 35 S dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
21. Akkumulyator batareyalari xonalaridagi haydovchi-tortuvchi ventilatsiya
batareyalarni zaryadlashdan
oldin ulanishi va gazlar to‘liq chiqarib yuborilgandan, lekin zaryadlash tugaganidan kamida 1,5 soat keyin
o‘chirilishi shart. Doimiy qayta zaryadlash joylarida esa mahalliy yo‘riqnomalarga ko‘ra, zarurat bo‘yicha amalga
oshirilishi kerak.
Doimiy qayta zaryadlash usulida ishlaydigan kislotali batareyalarni ekspluatatsiya qilish zaryadsizlantirish
mashqlarisiz va tenglashtiruvchi qayta zaryadlashsiz amalga oshiriladi.
22. Statsionar akkumulyator batareyalarining
har bir elementi kuchlanishi, zichligi va elektrolit harorati
Elektr uskunalarni SQvaM talablariga muvofiq o‘lchanadi.
23. Batareyadagi har bir elementning kuchlanishi, zichligi va harorati oyda kamida 1-marta o‘lchanishi
shart.
Batareyada orqada qoluvchi elementlar 5 foizdan oshmasligi shart. Zaryadsizlantirish oxirida orqada qolgan
elementlar kuchlanishi qolgan elementlarning o‘rtacha kuchlanishidan 1,5 foizdan ortiqcha farq qilmasligi kerak.
24. O‘zgarmas tok qurilmalariga kiruvchi akkumulyator batareyali to‘g‘rilovchi qurilmalarga va motor-
generatorlarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ushbu qurilmalar turi uchun
belgilangan tartibda amalga
oshirilishi shart.
25. Akkumulyator batareyalarini joriy ta’mirlashda quyidagilar amalga oshiriladi:
plastinalar holatini tekshirish va zarur bo‘lsa ularning alohida elementlarini almashtirish;
seperatorlarning bir qismini almashtirish;
elementlardagi quyqumni olib tashlash;
elektrolitning sifatini tekshirish;
stellajlar holatini va ularning yerga nisbatan izolatsiyasini tekshirish;
3
o
o
3
3
o
o
akkumulyator batareyalarining boshqa nosozliklarini bartaraf qilish;
xonaning qurilish qismini tekshirish va ta’mirlash.
26. Zarurat bo‘lgan hollarda, akkumulyator qurilmasini ta’mirlashni tashkil etish kerak.
Batareyani kapital ta’mirlash (akkumulyatorlarning, plastinalarning, sepatorlarning katta qismini
almashtirish, butun batareyani yoki ba’zi qismlarini qismlarga ajratish) uning holatiga qarab,
ixtisoslashtirilgan
tashkilotlarni jalb qilib amalga oshirilishi kerak.
Batareyani kapital ta’mirlash zarurligini kapital ta’mir olib boruvchi tashkilot yoki korxonaning elektr
xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilaydi.
27. Akkumulyator uskunalarini kapital va joriy ta’mirlash davriyligi texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash
tizimiga mos kelishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
9-ILOVA
Dostları ilə paylaş: