hisoblanmagan. Keynsning o`tmishdoshlari bo`lmish A. Pigu va K.Viksell ham iqtisodni davlat
tomonidan boshqarish zarurligini ilmiy asoslab berdilar. Ushbu nazariyaning asoschilaridan biri G.
Xaberler o`zining «Ravnaq va tur`gunlik» nomli kitobida davriylik nazariyasini tahlil qilib berdi,
inqirozni kapitalning haddan tashqari jam`garilishi bilan yoki yetarlicha iste`mol qilinmaslik bilan
izohladi va davriylik tebranishlari amplitudasini kamaytirish maqsadida
bu ikki kulfatdan qanday
qutulish choralari to``grisida o`z fikrlarini bayon qildi. J.M.Klark tomonidan mul tiplikator va
akselerator mexanizmi ishlashining tadqiq qilinishi ham iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish
nazariyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Uning tadqiqotlari Keyns tadqiqotlari bilan
bir vaqtda o`tkazilgan edi. Ammo Keyns nazariyasi uning o`tmishdoshlari va zamondoshlari
nazariyalaridan shu bilan farq qiladiki, u ishsizlik va ortiqcha ishlab chiqarish
inqirozlari tasodifiy,
o`z-o`zidan yuzaga keladigan hodisalar emas, balki kapitalistik bozor mexanizmi harakati tufayli ro`y
beradigan hodisalar ekanligini isbotlagani holda, birinchi marta iqtisodiyotni davlat hokimiyati
tomonidan doimiy, muntazam ravishda tartibga solib turish zarurligini e`lon qildi. Keyns
nazariyasining asosiy xususiyati shundan iboratki, u iqtisodchilardan birinchi bo`lib,
makroiqtisodiy
davlat tartiblashi foydasiga asosiy dalillarni bayon qilib berdi, bunda u o`zigacha hukmron bo`lgan
tartiblashning mikroiqtisodiy yondashuvini rad etdi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning keynscha nazariyasi uch asosiy holatni o`z ichiga
oladi: birinchidan, unda o`z-o`zidan harakatga keladigan bozor mexanizmiga baho beriladi;
ikkinchidan, iqtisodiyotning boshboshdoqlik asosida rivojlanishi jarayonida paydo bo`ladigan
qiyinchilik va ziddiyatlarning sabablari talqin qilinadi;
uchinchidan, kamchiliklarni bartaraf qilish
maqsadida iqtisodiyotni tartiblash tadbirlari tizimi belgilanadi.
Keyns o`zining dastlabki tadqiqotlarida Sey qonunini inkor etgan holda samarali talab
1
nazariyasini asoslab berdi. Keynsgacha bo`lgan davrda klassiklar tomonidan Sey qonuni qabul qilingan
bo`lib, unga muvofiq taklif o`z talabini yuzaga keltirar edi. Keyns esa, aksincha, jami talab o`z
taklifini yuzaga keltirishi `goyasini ilgari surdi.
Samarali talab nazariyasiga muvofiq mahsulot (yoki mehnat)
muayyan miqdori taklifning
bahosi deb daromadning shunday miqdoriga aytilganki, bu miqdor tadbirkorlarning ushbu
mahsulot (yoki mehnat)ni taklif qilishga bo`lgan ra`gbati uchun yetarlidir. Jami talab bahosi
va mahsulot (yoki mehnat) hajmi o`rtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi. Bu
yerda shuni aytib o`tish lozimki, tadbirkorlar daromadni faqat muayyan miqdordagi
mahsulotni sotganlaridan so`nggina olishlari mumkin. Kutilayotgan daromad va mahsulot
(yoki mehnat) hajmi o`rtasidagi nisbat jami talab funktsiyasi deb ataladi.
Agar ishlab
chiqarilgan mahsulotning muayyan hajmida ko`zda tutilgan daromad jami taklif bahosidan
oshsa, unda tadbirkorlar yanada yuqori foyda olish maqsadida mahsulot hajmini (va
bandlikni) oshiradilar va agar kutilayotgan daromad taklif bahosidan past bo`lsa, u holda
tadbirkorlar mahsulot hajmini (va bandlikni) kamaytiradilar. Faqat ko`zda kutilayotgan
daromad va taklif bahosi o`rtasida tenglik bajarilgan sharoitdagina optimal holatda
bo`ladilar, shuning uchun ular mahsulot ishlab chiqarishni ushbu
darajada ushlab turishga
intiladilar. Demak, tadbirkorlar uchun qulay bo`lgan ishlab chiqarish darajasi jami talab
funktsiyasi bilan jami taklif funktsiyasi kesishgan nuqta bilan belgilanadi, ushbu nuqtadagi
jami talab funktsiyasining qiymati samarali talab deb ataladi. Jami talab esa daromad
darajasini belgilab beradi:
U Keyns nazariyasida quyidagi tenglama bilan ifodalangan:
Y = C = I
bu yerda: Y - milliy daromad;
C - iste`mol;
I - jami investitsiyalar.
Keyns tomonidan kashf qilingan asosiy psixologik qonun uning iste`mol funktsiyasini
tadqiq qilinishida yo`naltiruvchi omil bo`lib xizmat qildi. “Asosiy psixologik qonun shundan
1
Пезенти А. Очерки политической экономии капитализма. В 2 т.: Пер. с итальянского. Т. 2. -М.: “Прогресс”,
1976. -С.615-616.
iboratki, - deb yozgan edi. J. Keyns,
- kishilar, odatda, daromadlari ortishi bilan o`z
iste`molini ko`paytirishga moyildirlar, lekin bunda iste`mol daromad ortgan darajada
oshmaydi”
1
.
Bu hol shuni bildiradiki, agar daromad o`zgarsa, unda iste`mol ham ana shu yo`nalishda
o`zgaradi, lekin iste`mol o`zgarishi daromad o`zgarishidan kichik. Keyns iste`mol o`zgarishi
va uni o`zgartirgan daromad o`zgarishi o`rtasidagi nisbatni iste`molga bo`lgan chekli moyillik
deb atadi va uni quyidagi formula bilan ifodaladi:
MPC =
Dostları ilə paylaş: