2.3. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi saboqlari va iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli haqidagi iqtisodiy liberalizm nazariyasining inqirozi. Iqtisodiy inqiroz bozor mexanizmining o`zi iqtisodiyotni tartibga soluvchi va
barqarorlashtiruvchi yagona mexanizm bo`la olmasligini ko`rsatdi. Iqtisodiy liberalizm
kontseptsiyasining ta`siri zaiflashdi. 1929-1933 yillarda bo`lib o`tgan iqtisodiy inqiroz davrida
ishlab chiqarish sur`ati 45% ga pasaydi, ishsizlik darajasi oshib ketdi va h.k. Asosan 1929-1933
yillardagi inqiroz o`zgaruvchan sharoitda bozor davlatning aralashuvisiz ishlab chiqarishni
tartibga solishga va resurslardan samarali foydalanishni ta`minlash imkoniyatiga ega emasligini
ko`rsatdi.
Ingliz iqtisodchisi Dj.M.Keyns(1883-1946) taklif etgan kontseptsiya iqtisodiyotni
tartibga solishda davlatning roli haqidagi qarashlarning rivojlanishida yangi va muhim bosqichi
hisoblanadi. U bozor iqtisodiyotida davlatning roli haqidagi klassik qarashlarda keskin burilish
yasadi. U tartibga solishning bozor mexanizmi bilan uy`gunlashtirilgan iqtisodiyotda
davlatning aralashuvisiz iqtisodiyot samarali rivojlana olmasligini ko`rsatib berdi. Keyns
kontseptsiyasi o`sha davrdagi xo`jalik tizimini xalokatli larzalardan saqlab qolishga qaratilgan
edi. U iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning o`rniga klassik(iqtisodiy liberalizm)
qarashlarda burilish yasadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida bozor va davlatning roli, iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga solishning zarurati haqidagi Keyns qarashlari iqtisodiy rivojlanishda
davlatning roli haqidagi qarashlarda keyns inqilobi nomini oldi.
Keyns iqtisodiy modelning mazmunini «Bandlik, foiz va pulning umumiy
nazariyasi»(1936 y.) asarida yoritib berdi. Bu tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti doktrinasi
edi. U bozor iqtisodiyoti «kasal» uni davolash lozim deb hisoblaydi.
«Keyns inqilobi» jarayonida ol`ga surilgan `goya klassik siyosiy iqtisodchilarni
qarashlarida bozor iqtisodiyotiga qarashlarida burilish yasadi. Keyns yalpi talab va taklifni
takomillashtirishda davlat siyosatidan foydalanmasdan turib ishlab chiqarish inqirozidan
chiqish mumkin emasligini ko`rsatib berdi.
Ja`mi talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari orqali davlat tomonidan tartibga solish
- Keyns `goyasining asosini tashkil etadi. Keyns ta`limotidagi asosiy tezis: - talab taklifni
belgilaydi.
Ishsizlikni va resurslardan to`liq foydalanilmaslikni qisqartirish uchun esa davlat o`zning
harajatlarini kengaytirish yo`li bilan talabni ra`gbatlantirishi, kam foizli soliq tizimi orqali
xususiy investitsiyani ra`gbatlantirishi lozim.
Keyns modeli narxlar va ish haqlari qisqa davr ichida sekin o`zgarishi bilan klassik
modeldan farqlanadi. Keyns Seyning taklif shaxsiy talabni yuzaga keltiradi degan qonunini rad
etdi. Keyns ja`mi talab ja`mi taklifni yuzaga keltiradi, degan fikrni ilgari suradi.