2.2. Klassik siyosiy-iqtisod namoyondalarining kontseptsiyalari. Iqtisodiy liberalizm va uning mohiyati. Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfini vujudga kelishi va
mustaxkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu
maktab nuqtai nazarida, ya`ni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm `goyasi bilan almashinish
oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy
baholagan. Bu `goya A.Smit va D.Rikardolarning ilmiy ishlarida asoslangan. Ular klassik
siyosiy iqtisod maktabi asoschilari bo`lib, qiymatining mehnat nazariyasini yaratdi, kapitalning
mazmunini va qo`shilgan qiymat nazariyasini yoritib berdi.
Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli xususidagi ularning qarashlari davlatning
aralashuvi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi degan fikrdan kelib chiqadi. Masalan, Smit
`goyasi quyidagicha: «Bozor iqtisodiyoti o`zini-o`zi boshqarishga moslashgan, uning asosida
qanday qilib ko`proq fayda olishga harakat qilish bilan bo`gliq «ko`rinmas qo`l» - shaxsiy manfaat
yotadi». Smit xulosasiga ko`ra, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning aralashuvi olib tashlansa,
iqtisodiyot samarali amal qiladi va bozor butunlay erkin bo`lmo`gi lozim.
D.Rikardo, J.B.Sey, D.Mil , A.Marshallar A.Smit `goyasining davomchilari bo`lib, ular
iqtisodiy liberalizm `goyasi ilgari surishdi va hozirgi kunga qadar zamonaviy iqtisodchilar
tomonidan ijobiy baholanmoqda (neoklassik yo`nalish).
Klassiklar ja`mi talab va ja`mi taklif mutanosibligini o`zlariga xos talqin etishdi. Ular:
ja`mi taklifning o`zgarishi unga mos ja`mi talabni o`zgarishini yuzaga keltiradi degan fikrdan
kelib chiqishadi. Bu Sey qonunida o`z aksini topadi, ya`ni taklif etilgan tovar unga mos ravishda
talabni keltirib chiqaradi, bu esa talab va taklif o`rtasidagi yuzaga keladigan farqlarni bartaraf
etadi. Oldindan ishlab chiqarishning o`rni yo`qoladi. Tovar ishlab chiqarishning o`sishi, ish
haqlarini oshishiga olib keladi, buning natijasida taklifga mos ravishda talab ham oshadi.
Haqiqatda esa barcha daromadlar tovarlarga ayirboshlanilmadi. Jam`garish yuzaga keladi
va jam`garilgan pul miqdori investitsiyaga har doim ham teng bo`lmaydi. Klassikchilar ja`mi talab
va ja`mi taklifga bo`gliq holda narxning tebranishi barcha bozorlarni, shu o`rinda mehnat bozorini
ham, resurslar bozorini ham barqarorlashtiradi deb hisoblashdi. Bo`glanish: bozorda narxning
pasayishi ish haqini pasayishiga olib keldi yoki ish haqi avvalgiday qolsa u holda ishsizlik yuzaga
keldi.
Biroq iqtisodiy inqirozlarning keskinlashuvi oqibatida asosan 1929-1933 yillardagi, klassik
iqtisodiy liberalizm nazariyasini zaif ekanligini ko`rsatdi.