X bob.
Siyosiy huquqlar
l-§ . S iy o siy huquqlar tushunchasi
Siyosiy huquqlar fuqarolik bilan bog'liq bo'lib, u tegishli
d av latn in g fuqarolariga davlat va jam iyat ishlarini boshqarish im
koniyatini beradi. Siyosiy huquqlarga faqat m a m la k a t fuqarosi ega
bo'lishi m um kin.
Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar
tegishli davlat organlarini
tuzish, u la rn in g ishida ishtirok etish, davlat o rg an lari va mansab-
dorlar faoliyatini n azo rat qilish, q onunlar
yaratilishida ishtirok
etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirish im-
koniyatiga ega bo'ladi.
A g ar shaxsiy huquqlar insonning ajralmas huquqi bo'lib, undan
inson fuqaroligidan q a t’i nazar foydalansa va davlat har qanday hol-
larda ularni ta ’minlashga majbur bo'lsa,
siyosiy huquqlar davlatning
x arak terid an kelib chiqib, o'z fuqarolari uchungina o'rnatiladi. Davlat
q an ch a lik d em o k ra tik bo'lsa, siyosiy huquqlar ko'proq bo'ladi va
ulardan foydalanish kengroq bo'ladi. Aksincha,
davlat nodemokratik
bo'lsa, siyosiy huquqlar doirasi torroq bo'ladi va mavjud huquqlarni
ham turli vositalar bilan cheklash hollari uchrab turadi.
Siyosiy h uquqlar e n g avvalo davlatni boshqarishda ishti
rok etish, davlat faoliyatiga ta ’sir etish imkoniyatini yaratuvchi
huquqlar bo'lgani uchun u larn in g miqdori,
am alg a oshirish chora-
tadbirlar doirasi qanday bo'lishini davlat belgilaydi.
Shaxsiy huquqlardan farq qilib, siyosiy huquqlarga asosan
m a ’lum yoshga y etgan fuqarolar ega bo'ladi. Shuningdek,
siyosiy
huquqlardan foydalanishda ayrim hollarda c h eg a ralar o'rnatilishi
m u m k in . M asalan , saylash huquqi 18 yosh qilib belgilangan bo'lsa,
yana saylovlarda sud tomonidan m u om alag a layoqatsiz deb topilgan
fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan m a h ru m etish
joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi m u m k in em as va say-
lovda
qatnashm aydilar, degan qoida Konstitutsiyada (117-modda)
ko'rsatilgan. Saylanish huquqidan foydalanish uchun ham m a’lum
y o sh g a y etgan bo'lish kerak. M asalan , O 'zbekiston Respublikasi-
da fuqarolar Oliy Majlis deputatligiga 25 yoshdan, Prezidentlikka
160
www.ziyouz.com kutubxonasi