69
hisobvaroq) va overdraft (mijoz hisobidagi ortiqcha qoldiq mablag’lar krediti) kreditlar
hisoblanadi.
5. Taqdim etilishi bo’yicha xalqaro kreditlar qarz oluvchi ixtiyori bilan uning
hisobvarag’iga o’tkaziladigan moliyaviy (naqd ko’rinishdagi) kreditlar, importyor yoki
bank tomonidan aktseptli tratta shaklidagi aktseptli kreditlar, depozit sertifikatlari,
obligatsiyali qarzlar, konsortsial yoki sindikatlashgan kreditlar va boshqa shu kabilarga
farqlanadi.
6. Kreditni qarzdorga kim taqdim etishiga qarab xalqaro kreditlar - firmalar,
banklar, ayrim holatlarda vositachilar (brokerlar) tomonidan taqdim etiladigan xususiy
kreditlarga; hukumat kreditlariga; xususiy tashkilotlar va davlat ishtirok etuvchi aralash
kreditlarga; xalqaro, hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlarning davlatlararo
kreditlariga bo’linadi.
7. Tashqi iqtisodiy bitimning qarz mablag’lari hisobidan qoplanishi bo’yicha
xalqaro kreditlar quyidagilarga bo’linadi:
tijorat krediti (asosan tashqi savdo va xizmatlar bilan bog’liq kreditlar);
moliyaviy kredit (istalgan boshqa maqsadlarda foydalaniladigan, shu jumladan,
kapital quyilmalar, investitsion ob’ektlarni qurish, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish,
tashqi qarzni to’lash, valyuta interventsiyasi maqsadlaridagi kreditlar);
“oraliq” kreditlar (kapitallar, tovar va xizmatlarning chiqib ketishining aralash
shakllariga xizmat qilishga mo’ljallangan).
8. Xalqaro kreditni ko’rinishi bo’yicha 2 ta asosiy shaklga bo’lib ko’rsatish
mumkin:
1.
Xalqaro bank krediti;
2.
Xalqaro tijorat krediti.
Xalqaro bank krediti asosan valyuta (pul) ko’rinishida bo’lib, importyorlar
tomonidan avans to’lovlari shaklida ham taqdim etilishi mumkin. Ayrim holatlarda
valyuta krediti jihozlar etkazib berish bo’yicha tijorat bitimining shartlaridan biri
hisoblanadi. Xalqaro tijorat krediti esa, odatda tovar ko’rinishiga ega bo’lib, asosan
eksportyorlardan importyorlarga taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: