J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


  5.3. Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

 


70 
5.3. Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting 
 
Faktoring 
(“factoring” inglizcha “factor” – vositachi so’zini anglatadi) – 
ixtisoslashgan moliyaviy kompaniya tomonidan mahsulotni sotuvchining sotib oluvchiga 
bo’lgan pul talablarini sotib olish shaklidagi kreditdir. Xalqaro faktoring – eksportyorning 
importyorga to’lanmagan mablag’lari bo’yicha to’lov talabnomasini faktoring 
kompaniyasi (odatda bank) tomonidan sotib olish orqali eksportni kreditlash shakli 
hisoblanadi. Faktoring fompaniyalarining rivojlanishi 1960 yillardan boshlangan bo’lib, 
to’lovlarni kechikishi, amalga oshmasligi hamda eksportyorlarni kreditlarga bo’lgan 
talablarini ortib borishi bunga sabab bo’lgan. Uning tarixiy shakli “koloniya” 
ko’rinishidagi faktoring hisoblanadi. Unda tovarlar oldi-sotdisi, omborxona va komission 
operatsiyalar amalga oshirilgan. Qadimda va o’rta asrlarda xaridorlar guruhi yangi 
bozorlarda tovarlarni sotish bo’yicha agentlar rolini o’ynaganlar. Bu tovar faktoring deb 
yuritilgan. Moliyaviy faktoringlar dastlab AQShda 1890 yillarda Evropadan gazlama 
importini qisqartirish va shu yo’l bilan milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash 
maqsadida paydo bo’lgan. Bu kabi operatsiyadar ikkinchi jahon urishidan so’ng keng 
ko’lamda taraqqiy topdi.
Mablag’larni talab qilish muddati kelguncha ekportyorni avanslagan holda 
faktoring kompaniyasi uni kreditlaydi. Kreditlash hajmi mijozning kreditni to’lash 
qobiliyatiga ko’ra hisob-faktura summasining 70-90 foizi miqdorida bo’ladi. Qolgan 10-
30 foizi kreditning foizi qilib hisoblanadi va komission hizmatlar xarajati mijoz hisobidan 
to’lanadi. Ushbu hisobvaroq mablag’lari faktoring kompaniya o’z zimmasiga olmagan 
tijorat risklarini (tovar sifatining talabga javob bermasligi, bog’lamining butligi, narx 
bo’yicha tortishuv va boshqalar) qoplashga hizmat qiladi. To’lov talabnomasini 
inkassatsiya qilingandan keyin faktoring kompaniyasi hisobni yopadi va eksportyorga 
uning qoldig’ini, shuningdek muddati o’tkazib yuborilganligi uchun iprotyor to’lagan 
jarimalar bilan birga qaytaradi.
Shartnomani tuzish nuqtai-nazaridan 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin