J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Evrokreditlarning shakllari.
Evrokreditlar evrovalyutada odatda 10 oydan 12 
yilgacha (o’rtacha 7 yilga) va asosan 100 mln. AQSh dollaridan 500 mln. AQSh dollari 
miqdorida beriladi. Evrokreditlar bo’yicha foiz stavkalari suzuvchi bo’lib, doimo xalqaro 
foiz stavkalari (LIBOR, PIBOR, FIBOR) asosida ko’rib chiqiladi. Evrobanklar 
evrokreditga xizmat ko’rsatgani, ishtirok etgani va ushbu jarayonni boshqargani uchun 
komisson to’lovlar oladi yoki kredit foiziga bank o’z spredini ko’shadi. Evrokreditlarni 
olish juda qulay va tez amalga oshiriladi hamda ushbu kreditlarni uzoq muddat davomida 


80 
so’ndirishga imkon beriladi. Evrobanklar mijozning to’lov va kreditni qaytarish 
qobiliyatini, kredit tarixini o’rgangan holda turli shakldagi muzokaralar natijasida ssuda 
shartlari to’g’risidagi yozma shartnoma asosida o’z mijoziga evrokreditlarni taqdim 
etishadi. Foiz stavkaning o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan zararlarni oldini olish 
maqsadida banklar qisqa muddatli evrokreditlar bozorida turli ko’rinishdagi moliyaviy 
operatsiyalarni amalga oshiradilar. O’rta va uzoq muddatli evrokreditlar odatda stend-bay 
va qayta yangilanish (rollover) shartlari asosida taqdim etiladi.
Birinchi holatda bank qarz oluvchiga shartnomada kelishilgan summani turli qisqa 
(3, 6, 9, 12 oylik) muddatlar bo’yicha alohida-alohida taqdim etish majburiyatini oladi. 
Shartnomada belgilangan har bir muddat bo’yicha kredit foizi ham alohida-alohida, 
evrovalyuta bozoridagi asosiy suzuvchi foiz stavkalar (masalan LIBOR)ning o’zgarishini 
inobatga olgan holda ko’rib chiqilari. Bu esa, evrobanklarga o’rta va uzoq muddatli 
kreditlarni qisqa muddatli resurslardan foydalangan holda taqdim etish imkoniyatini 
yaratadi.
Ikkinchi holatda, rollover evrokreditlar turli shartlar asosida berilishi mumkin. 
Xususan: 
1. Evrobank bitim tuzilgandan so’ng, investitsion loyihani kreditlash uchun 
mo’ljallangan barcha summani darhol bir martalik to’lov orqali yoki ma’lum bir 
muddatdan keyin berishi, shuningdek kreditni so’ndirish tartibi ham bir martalik to’lov 
hisobiga yoki qisman, alohida to’lovlar rejasi orqali amalga oshirililishi mumkin. 
2. Amaliyotda keng tarqalgan rollover kredit turlaridan biri bu - kreditning ma’lum 
bir oraliq muddati davomida mijozning maksimal olishi mumkin bo’lgan kredit miqdorini 
nazarda tutadi. Bunday kreditni so’ndirish tartibi bir martalik yoki qisman to’lovlar orqali 
amalga oshiriladi.
3. Kredit shartnomasida ssuda hajmi va uning foiz stavkasini kreditning umumiy 
muddati davomida har chorakda, yarim yilda yoki bir yilda bir marta va h.k. oraliq 
muddatlarda qayta ko’rib chiqish tartibi yoki sanasi belgilab qo’yiladi.
4. Rollover kreditning maxsus turlaridan biri bu – qarz oluvchiga kelishilgan ma’lum 
muddat davomida oldindan belgilangan shartlar asosida zarur bo’lganda evrobankdan 
kredit olish huquqini beradi.


81 
Rollover kreditlarning shakli va shartlari turlicha bo’lsada, ular uchun ham ba’zi bir 
elementlar majburiy hisoblanadi. Xususan, tomonlarning faoliyat tavsifi, kreditning 
summasi, maqsadi va to’lov valyutasi, so’ndirish muddati va tartibi, qiymati va kafolati 
va boshqalar.
Evrodepozitlar
ni muddati 1 kundan 1 yilgacha, ba’zan 5 yilgacha cho’zilishi 
mumkin, odatda ularning muddati 6 oy bo’ladi. Mazkur bozorda banklararo 
depozitlarning o’rtacha summasi 5-10 mln. AQSh dollarini, ba’zan esa undan bir necha 
marta katta miqdorni tashkil etadi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin