94
Operatsion lizingda
korxonalar asbob-uskunaga
mulk huquqini olmasdan turib,
undan foydalanish uchun shartnoma tuzadilar.
Moliyaviy lizing
deb, asbob-uskunani ijaraga olayotgan firma keyinchalik uni
qoldiq qiymatda to‘la sotib olishiga aytiladi.
4.
Andozali (standart) lizing.
Lizingning bu shaklida asbob-uskunani ishlab
chiqargan shaxs uni lizing kompaniyasiga o‘zi mustaqil tarzda sotadi.
Lizing
kompaniyasi asbob-uskunani iste’molchiga ijaraga beradi. Asbob-uskunani ishlab
chiqaruvchi va uni lizingga oluvchi o‘rtasidagi lizing shartnomasi bo‘yicha huquqiy
munosabatlar o‘rnatilmaydi. Bu erda asbob-uskunaga texnik xizmat ko‘rsatish masalasi
to‘liq hal etilmagan.
Bu holda, asbob-uskunani ishlab chiqargan shaxs bilan, lizing
oluvchi, o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun alohida bitim tuzishi lozim. Bunga asosiy sabab,
lizing kompaniyasi texnik xizmat ko‘rsatish masalalariga aralashmaydi.
5.
“Sof” lizing.
Bunda asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog‘liq
asosiy
majburiyatlar lizing oluvchi bo‘yniga tushadi. U soliqlar va har-xil yig‘imlarni,
to‘lovlarni hamda asbob-uskunalardan foydalanish bilan bog‘liq barcha xarajat va
sug‘urta to‘lovlarini to‘laydi. Lizing oluvchi asbob-uskunani ishga soz holatda saqlashi
lozim. Shu bilan birga,
u ijara muddati tugaganda, lizing beruvchiga asbob-uskunani
o‘rtacha eskirishini hisobga olib, yaxshi holatda qaytarishi shartdir.
Lizing beruvchi,
lizing oluvchi olgan mulkdan foydalanishi bilan bog‘liq harakatlarga javob bermaydi.
Lekin, u asbob-uskuna ishlatilayotgan mamlakatdagi hukumat va boshqa tashkilotlar
tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlar uchun javobgardir.
6.
Dostları ilə paylaş: