101
aktsiyalar ko‘rinishidagi xalqaro aktsiyalar va amerika depozitar tilxatlari (aktsiyalari)
kabi shakllaridan ham amaliyotda foydalaniladi.
Agar xalqaro qimmatli qog‘ozlar bir mamlakat ichidagi ikkilamchi qimmatli
qog‘ozlar bozorida turli investorlar orasida muomalada bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ular
mamlakat ichidagi kapitalni qayta taqsimlash vositasiga aylanishi mumkin, shuningdek,
xalqaro qimmatli qog‘ozlarni birlamchi joylashtirish mamlakatlar o‘rtasidagi kapitalni
qayta taqsimlash xususiyatiga ham ega bo‘ladi.
Global aktsiya transmilliy kompaniyalarning oddiy aktsiyasi hisoblanib, bir
vaqtning o‘zida bir qancha mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo‘ladi.
Amerika depozitar aktsiyasi nominal qiymati AQSh dollarida ifodalangan, xorijiy
kompaniya joylashgan mamlakatda deponentlangan uning ma’lum bir miqdoridagi
qimmatli qog‘ozlariga nisbatan mulk huquqi ulushini tasdiqlovchi AQSh qimmatli
qog‘ozi hisoblanadi. Amerika depozitar aktsiyasi bevosita fond bozorida muomalada
bo‘lmaydi, uning o‘rniga muomalaga amerika depozitar tilxatlari chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: