Goh oshiq qalbining ozoridir ishq,
Goh gam-qayguning bozoridir ishq. (U.)
Inkor boglovchili boglangan qoshma gaplarda inkor boglovchisi (-na) birdan ortiq komponentning boshida takrorlanib qollanadi, ma'lum bir paytda royobga chiqmagan, mavjud bolmagan voqea-hodisa yoki belgi-xususiyatlarni ifodalovchi gaplarni biriktirib qoshma gap hosil qiladi. Inkor mazmunidagi gaplarni biriktiruvchi inkor boglovchisining ma'noni kuchaytirish xususiyatiga kora yuklamalik vazifasi ham boladi. Uning nomiga galati bir konvert chiqdi: na adresi bor, na familiyasi bor, na pochta muhri. (Asq.M.)
Inkor boglovchili qoshma gaplarda inkor boglovchisi har bir komponent boshida takrorlangan holda qollanadi va kamida ikki xil vazifa bajaradi: a) birdan ortiq gapni biriktiradi; b) ularni inkor gapga aylantiradi: Uning kelganini na Qurbon ota payqadi, na Sidiqjon payqadi. (A.Q.) Bunday qurilmalarda -na vazifasida ham yordamchisi ham qollanilishi mumkin: Uning kelganini Kurbon ota ham payqamadi, Sidiqjon ham payqamadi. Bu gapda inkor elementi (-ma) kesimda bolib, ham yuklamasi tutashtiruvchi vazifani bajargan.
Inkor boglovchili qoshma gapning kesimi odatda tasdiq shaklda bolsa-da, ba'zan ma'noni kuchaytirish uchun inkor shaklda ham boladi gapda qosh inkor shakllanadi: U Hoshimjonni ham olib ketish togrisida ogiz ochmagani uchun, bu haqda na Kimsanboy bir narsa deya olmadi, na Anzirat xola. (A.Q.)
Inkor boglovchili qoshma gaplarning kesimlari bir xil soz bilan ifodalanib, bir xil zamonda bolganda, uslubiy talab bilan, kopincha, oxirgi kesim hattoki oxirgi gap qollanmaydi: Na bir yol biluvchi odam bor, na bir yol yorituvchi mash'al («K.D.») Buni na rayosat payqadi, na xalq. (A.Q.) Bular orasida bolib otgan mojarodan na Umidaning xabari bor, na Ismoiljonning. (A.Q.)
Matn talabi bilan inkor boglovchili qoshma gaplarda ba'zan hamma kesimlar ham qollanmasligi mumkin: Ammo bu jangdan na menga manfaat, na senga va na xalqqa! (S.Abd.) Chochima, jigarim, oz uyingdasan, Bu yerda na gurbat, na ofat, na gam. (G.G.)
Tahlil namunasi: Qattiq shamol boldi va biz oz yolimizni ozgartirdik. (S.Zun.)
1) bu gap ikki komponentdan tuzilgan,
2) komponentlar va boglovchisi bilan birikkan,
3) biriktiruv boglovchili qoshma gap,
4) kesimlari bir xil zamon shaklida,
5) voqelik ketma-ket yuzaga kelgan,
6) chizmasi: va
Na fonus yonadi, na derazalarda chiroq miltillaydi. (A.Q.)
1) ikki komponentdan tuzilgan,
2) inkor boglovchisi (-na) orqali birikkan,
3) inkor boglovchili qoshma gap,
4) kesimlari bolishli, kelasi zamon shaklida,
5) yuzaga kelmagan voqelik ifodalangan,