Jabbor оmоnturdiyеv аnvar оmоnturdiyеv hоzirgi O’zbеk аdаbiy tili



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə3/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,97 Mb.
#209926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
on atoli maruza saqlab qoy zor

Qo’shma gap tarkibi qanchalik yoyiq – murakkab bo’lmasin, unda komponentlarning tugallanganligini ko’rsatadigan yakunlovchi intonat-siya mavjud bo’ladi: Urug’ yer ostida yotsa, hech kim u bilan qiziqmay-dі, u qachon tuproqni yorib, yerni zumrad kabi bezasa, uning nima ekan-ligi ma'lum bo’ladi, so’ngra, parvarish qilib, uni o’stiradilar. ("K.D.")
Qo’shma gap sodda gap bilan tashqi gaplik shakli, ichki kommuni-kativ vazifa ifodalash, tugallangan intonatsiyaga egaligi kabi umumlash-tiruvchi xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramay, unda quyidagi farqlovchi belgilar ham mavjud:
1. Shakliy belgi. Qo’shma gap birdan ortiq predikativ qo’shilmalar-dan (sodda gaplardan) tuziladi. Sodda gapda bitta grammatik markaz mavjud – u bitta predikativ qo’shilmadan tashkil topadi. Masalan, Qarasam, qaramaysan, qaramasam, qaraysan gapi to’rtta predikativ markaz borligidan, murakkab qo’shma gap hisoblanadi. Chullar chaman sochdilar, tashlab anduhlarini, Jaranglatib ochdilar Oltin sandiqlarini (T.T.) gapi bitta predikativ markaz borligidan, sodda gap hisoblanadi. Yana misol: Temur vafot etgach, shahzodlar o’rtasida kelishmovchilik kuchayib, saltanat shuhrati so’na boshladi. (qo’shma gap) Nigor oyim sunbul sochlarini orqasiga tashlab, xumor ko’zlarini yoshlab, qirq kanizini boshlab, uzoqlarga qarab bir so’z dedi. (sodda gap).
2. Qo’shma gapning ifoda materali – sodda gaplar: sodda gap-ning ifoda materiali gap bo’laklaridir. Masalan, Toy hozir Saidaning ostida ham yo’rg’alab borar, lekin bundan endi foyda yo’q, chunki tortayotgan azobi zarracha ham kamaymas edi. (A.Q.) gapi uch komponentdan – uch gapdan; Quyosh olamni isitadi (O.) gapi esa uch komponent – uchta bo’lakdan tashkil topgan.
3. Mazmuniy belgi. Qo’shma gapda birdan ortiq voqelik – hukm, xabar ifodalanadi, ya'ni qo’shma gapning mazmuni murakkab bo’ladi. Sodda gapda bitta voqelik ifodalanadi yoki bir sub'yektning belgi xususiyatlariga doir hukm beriladi. Masalan, Mirzacho’lni cho’l deman-giz, yam-yashildir hammayoq (qo’shiqdan). Mirzachulning yam-yashil bog’ va dalalarini aylandik gaplarining birinchisida, qo’shma gap bo’lganligidan, ikkita voqelik; ikkinchisida, sodda gap bo’lganligidan, bitga voqelik ifodalangan.
3. Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar. 1) o’zida ega va kesim munosabatini aks ettirishi; 2) nisbiy tugallangan fikr ifodalanishi; 3) intonatsiya jihatidan yarim mustaqillikka egaligi bilan gap hisoblansa-da, ular alohida olingan sodda gaplarday mustaqil emas, ular qo’shma gap doirasida boshqa gaplar bilan bog’langan holda harakat qiladi. Bunda bir gap mazmunining aniqlashishi boshqa gapdagi voqelikning yuzaga kelishini taqozo qiladi. Demak qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmun va grammatik hamda intonatsion xususiyatlarini shu butunlik-ning umumiy mazmuni belgilaydi. Masalan, Paxta ochildi. Terim bosh-lanadi (ikkita alohida, mustaqil sodda gap); Paxta ochildi, terim boshlanadi. Paxta ochildi – terim boshlanadi qo’shilmalarida esa Paxta ochildi gapi keyingi gap bilan munosabatga kirishganligidan, oldingi mustaqilligini yo’qotgan va nisbiy tugallangan intonatsiyaga ega bo’lib qolgan.
Tahlil namunasi: Men aql bilan hayotni eng yaqin va ajralmas do’st deb bilaman, biri yo’qolsa, ikkinchisini ham topib bo’lmaydi. ("K.D.")
1) qo’shma gap;
2) uchta predikativ qo’shilmadan tashkil topgan;
3) har qaysi gapning o’z ega va kesimi bor, faqat uchinchi gapda ega yo’q – shaxssiz gap.
4) har qaysi gapda nisbiy tugallangan fikr ifodalangan;
5) har qaysi komponent gapga xos nisbiy tugallangan intonatsiyaga ega;
6) komponentlar mazmun va grammatik jihatdan ma'lum munosa-batga kirishgan.
7) qo’shilma yaxlit bir tugallangan ohangga ega.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin