BOGLOVCHISIZ QOSHMA GAP reja: 1. Boglovchisiz qoshma gapning ta'rifi.
2. Boglangan qoshma gapga sinonim bolgan boglovchisiz
qoshma gap.
3. Ergashgan qoshma gapga sinonim bolgan boglovchisiz
qoshma gap.
4. Boglovchili qoshma gapga sinonim bolmagan boglovchisiz
qoshma gap.
5. Boglovchisiz qoshma gapga doir tahlil namunasi.
Ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning boglovchilarsiz yoki bog-lovchi vazifasidagi grammatik vositalarsiz faqat bir butun yaxlit ohang asosida birikishidan tashkil topgan sintaktik qurilmalar boglovchisiz qoshma gap deyiladi: Odamnine tanasida chorakkam besh litr qon bor, shuning hammasi taxminan har minutda bir marta yurakdan otib turadi (Asq.M.). Ot-eshaklar, aravalar dukuri tinmaydi, somon ortilgan tuyalar ketma-ket otadi. (O.)
Boglovchisiz qoshma gapning komponentlari bir-biridan sanash ohangiga oxshash tugallanmagan intonatsiya bilan ajralib turadi va unda voqealarning bir vaqtda yoki ketma-ket yuz berishi koproq tasviriy tarzda ifodalanadi: Daraxtlarning ustidan onda-sonda qushlarning sadosi bir zumgina yangrar, yana ogir jimlik chokardi. (O.). Gozal qizsiz, pinhon ishqingizda ortanaman. (O.)
Boglovchisiz qoshma gaplar komponentlarning ozaro mazmun munosabatiga kora uchga bolinadi: 1. Boglangan qoshma gapga sino-nim bolgan boglovchisiz qoshma gap. 2. Ergashgan qoshma gapga sinonim bolgan boglovchisiz qoshma gap. 3. Boglangan qoshma gapga sinonim bolmagan boglovchisiz qoshma gap.
Boglangan qoshma gapga sinonim bolgan boglovchisiz qoshma gapkomponentlari bir-biriga "tenglik" yoki "tenglanish" ohangi vositasida birikadi. Boglovchisiz qoshma gap boglovchili qoshma gapning hamma turiga emas, faqat biriktiruv va zidlov munosa-batini ifodalovchi turlarigagina sinonim bolib keladi: Qiyoslaylik: 1. Rozimatning rangi ozgardi va kozlarida hamisha oynab turadigan tabassum ifodasi tosatdan yoqoldi. (A.Q.) 2. Oyda dog bolsa bolar, ammo siz bilan bizda bolmasin. (U.) 3. Yoki mening konglim hamma vaqt yosh, Yoki chiroy senga umrbod yoldosh (U.) 4. Ularda na aql va ma'rifat bor, na insof na muruvvat bor ("K.D".).
Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisini boglovchilarni tushirib boglovchisiz qoshma gapga aylantirish mumkin-u, biroq uchinchi va tortinchi gaplar bunday qilishga imkon bermaydi, aks holda gaplarning oldingi mazmuni ozgarib ketadi.
Boglangan qoshma gap bilan boglovchisiz qoshma gapning sinonimligi faqat ularning biridan boglovchini tushirish yoki orttirish mumkinligidagina emas (bu holat farqli bolib, ohangda ham har xil ozgarish boladi), balki har ikki qurilma mazmunidagi tabiiy yaqinlik-dir: Boshliq ovqatni yemay chetga surib qoydi, yuziga allaqanday soya tushdi. // Boshliq ovqatni yemay chetga surib quydi va yuziga allaqanday soya tushdi. (Asq.M.) Kun sovuq, bozor qaynaydi.// Kun sovuq, lekin bozor qaynaydi. (O.)
Boglangan qoshma gapga sinonim bolgan boglovchisiz qoshma gaplar ham bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga keladigan voqea-hodisa-larni ifodalaydi: Koklamning sayroqi qushlari tabiat korinishlarini kuylamoqdalar, kom-kok kokatlar silkinib qushlarni olqishlamoqda-lar. (O.) Gulnor boshni Yolchining kokragiga suqib yig’ladi, Yolchi uni eshik oldiga olib bordi. (O.)
Bu tipdagi qoshma gaplarda ketma-ketlik mazmunini aniqroq korsatish uchun komponentlarning bosh qismida payt ravishlari ham qollaniladi: Avval menga yetib olishsin, undan keyin birga oqiyman-da. (A.Q.) Osarjon dastlab ozi yoq vaqtda qilingan ishlar bilan tanishdi, keyin terim masalalariga kochdi. (O.)
Boglovchisiz qoshma gaplar ba'zan zidlov boglovchili qoshma gap kabi zid mazmunli komponentlardan tuziladi: Tong otgan, hali osmon qorongi edi (S.Zun). Tong otgan, lekin hali osmon qorongi edi. Umuman, boglovchisiz qoshma gap boglovchili qoshma gaplar bilan ma'lum orinlarda sinonimligidan qat'i nazar, ular ham mazmun, ham grammatik jihatidan bir xil hodisalar emas.