2. -r-ar+ekan, -mas+ekan shakllari orqali. Bunda ergash gapning kesimi sifatdoshning -r-ar,-mas shakli+ekan yordamida yasalgan shakl-da kelib, bosh gapga bog’lanadi va bosh gapdagi olmosh egani izohlaydi: Kimki el-yurt xizmatida bo’lar ekan, u hech qachon yomonlik ko’rmaydi. ("K.D.") Kimki birovning haqidan tortinmas ekan, u albatta xor bo’ladi. ("K.D.") Kimki dilozor erur, o’zi el aro xor erur. (N.)
3. -ki orqali. Bunda -ki bosh gapning kesimi bilan shakllanadi. Bu yerning shunisi yaxshiki, istagancha kasb o’rganish mumkin. (Asq.M.) Javobingizdan shu narsa aniq bo’ldiki, siz til-adabiyot fanini sevar ekansiz. Ikki soatdan keyin ma'lum bo’ldiki, Qalandarov RayONOga jo’nab ketibdi... (A.Q.)
Bu turdagi ega ergash gaplar ma'lumki, ayonki, ravshanki, ko’rinib turibdiki, anglashiladiki kabi kirish so’z, kirish ibora ko’rini-shidagi bir tarkibli (ko’pincha, egasi qo’llanilmaydi) gaplarni ham izohlab keladi: Ma'lumki, ota-bobolarimiz yerni ardoqlagan, nonni ko’ziga surib e'zozlagan. (gazeta) Shunisi qiziqki, loboratoriya bir hafta davomida ishlamagan. (Asq.M.) Ko’rinib turibdiki, shaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ajrata olmaysiz. (Asq. M.)
4. -mi orqali. Ega ergash gap bosh gapga so’roq yuklamasi -mi orqali birikadi. Bosh gap so’roq gap tarzida shakllangan bo’lsa ham, ergash gapdagi voqeani eslatish, yodga tushirish mazmunini bildiradi: O’sha esingdami, men uni qayta kurolmadim. ("S.") Esingizda bormi, yozgan xatlarimning birida sizdan hisob surayman degan edim. (A.Q.)
5. -ku orqali. Bu yuklama bilan birikkan qo’shma gaplarda bosh gap mazmunan kirish gapga yaqin bo’ladi: Ko’nglingizga kelmasin-ku, odam har xil bo’lar ekan. (A.Q.)
Ega ergash gaplar bosh gap bilan qaysi grammatik vositalar orqali bog’lanishiga qarab turlicha o’rinlashadi. Fe'lning shart mayli (-sa), sifatdoshning to’liqsiz fe'l bilan birikishidan hosil bo’lgan shakllari (-r, ar+ekan, -mas+ekan)orqali birikkanda, ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi o’rinda keladi. Biriktiruvchi vositalar ergash gap tarkibida bo’ladi. Ergash gap bosh gapga -ki, -mi, -ku bog’lovchilari orqali birikkanda, bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi o’rinda keladi. Tutashtiruvchi vositalar bosh gap tarkibida bo’ladi.
Tahlil namunasi: Kimki mehnat mashaqqatlaridan qo’rqmasa, u toshdan dur, tuproqdan oltin ajratadi (O.)
1) ikkita gapdan tuzilgan.
2) birinchi gap ergash, ikkinchisi bosh gap.
3) birinchi gapda kimki, ikkinchisida u nisbiy olmoshlari qo’lla-nilgan.
4) birinchi gap ikkinchi gapdagi ega vazifasida kelgan u olmoshini izohlagan – ega ergash gap.
5) ega ergash gap bosh gapga -sa bog’lovchisi orqali birikkan bo’lib, birinchi o’rinda bosh gap, ikkinchi o’rinda, -sa bog’lovchisi ergash gap tarkibida kelgan.
6) chizmasi: -sa,