Jabbor оmоnturdiyеv аnvar оmоnturdiyеv hоzirgi O’zbеk аdаbiy tili



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə11/50
tarix02.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#122395
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Jabbor оmоnturdiyеv аnvar оmоnturdiyеv

KESIM ERGASH GAPLI QO’SHMA GAP
reja:
1. Kesim ergash gapning ta'rifi.
2. Kesim ergash gapli qo’shma gaplarda nisbiy olmoshlarning
qo’llanilishi.
3. Kesim ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar va gap
komponentlarining o’rinlashish tartibi.
4. Kesim ergash gapli qo’shma gapga doir tahlil namunasi.

Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimning mazmunini izoh-lab, aniqlab keluvchi ergash gaplar kesim ergash gap deyiladi: Maqsadim shuki, jahonda tinchlik bo’lsin gapida bosh komponentnnig kesimi olmosh bilan ifodalanganligidan, mavhum xarakterga ega. Mana shu jihatni kesim mazmunini aniqlashtirish uchun boshqa bir aniqlovchi komponent (jahonda tinchlik bo’lsin) keltiriladi, bu komponent orqali bosh gapning kesimi aniqlashadi: Maqsadim: jahonda tinchlik bo’lishi.


Kesim ergash gapli qo’shma gaplarda bosh gap tarkibida kesim vazifasida shuki, shu yerdaki, shundaki, shundan iboratki, shu bo’ldiki, shu ediki, shumidiki, kimsanki, nimasanki kabi so’zlar qo’llaniladi va bularning mazmuni ergash gap tomonidan aniqlanadi. Bularga doir misollar keltiramiz:
1) shuki: Ko’nglingiz uchun bitta qo’shig’imni aytib beraman, ammo shartim shuki, Umarali aka, kulmaysiz. (O.)
2) shu yerdaki, shundaki: Muvaffaqiyatlarimizning boisi shu yer-daki, biz agrotexnika qoidapariga to’la rioya qilamiz. (gazeta). Fanning kuchi shundaki, inson kosmosda yashashni o’rganmoqda. (gazeta).
3) shundan iboratki: Masalaning mohiyati shundan iboratki, bu qurilishlarni loyhalash va boshqarish tajribasida katta xato va yetishmovchiliklar oshkor bo’layapti. (Asq.M.)
4) shumidiki: Sizdan umidimiz shumidiki, do’stlarning yuziga tik boqadigan, dag’al muomala qiladigan qiliqlar chiqaribsiz. ("Guliston")
5) shunda ediki, shu bo’ldiki: G’ofur G’ulomning usta san'atkor-ligi shunda ediki, u hayotni chuqur bilar, uni ustalik bilan she'rga ko’chirardi/ ("Guliston".) Majlisni olib borishdagi hurmatsizlik shu bo’ldiki, rais kun tartibini e'lon qilmasdan so’zga tushib ketdi. (A.Q.)
6) kimsanki, kim bo’libsanki: Sen kimsanki, ovozingga hamma uyg’onsa. ("Mushtum") Kim bo’libsanki, dag’dag’ang olamga sig’may-di. ("Mushtum")
7) nimaiki, nima ekanki: U nimaki, sen unga bunchalik sehrlanib qolibsan, qizim. ("Guliston"). U nima ekanki, seni kuldirar ekan-u, meni yig’latar ekan. (A.Q.)
Bosh gapining kesimi yuqoridagi shakllar bilan ifodalangan ergash gapli qo’shma gaplar mazmun jihatidan ma'lum farqlarga ega, albatta.
Kesim ergash gap, asosan -ki bog’lovchisi bilan bosh gapga birikadi. -ki bosh gap tarkibida, bosh gap birinchi o’rinda, ergash gap ikkinchi o’rinda keladi: Umid shulkim, tole yor bo’lsin. (G’.G’.)
Tahlil namunasi: Bu kitobni tushunishning birinchi sharti shuki, to’g’ri va diqqat bilan uqiy bilishdir ("K.D."):
1) ikkita gapdan tuzilgan.
2) birinchi gap bosh gap, ikkinchisi ergash gap.
3) ikkinchi gap bosh gapdagi shu olmoshi bilan ifodalangan kesimni izohlagan – kesim ergash gap.
4) ega ergash gap bosh gapga -ki bog’lovchisi bilan birikkan bo’lib, bosh gap birinchi o’rinda, ergash gap ikkinchi o’rinda, bog’lovchi bosh gap tarkibida.
5) chizmasi: -ki,

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin