Lyuksmeburg, Islandiya - bu davlatlar o’z maydonining kichikligi, aholi sonining kamligi bilan boshqa davlatlardan farqlanadi. Mehnat taqsimoti bu davlatlarda bir yo’nalishda, xizmat eksporti yil sayin oshmoqda. (Lyuksemburg bank depoziti Shveytsariya banki depozitidan 50 marta oshadi). Yana bu davlatlar turizm sohasidagi chiqimlari katta hajmiga ega (10-12 foiz). Kapitalizmga o’tish davridagi davlatlar. Kanada, Avstriya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Isroil. Dastlabki 4 davlat Buyuk Britaniyaning ko’chgan koloniyaliari. Ular feodalizm bosqichini boshidan kechirmaganlar. AQSHdan farqli tomoni bu davlatlarda hech qanday inqiloblar ro’y bermadi, kapital munosabatlarga ular immigrantlar ta siri ostida tishdi. Dastlabki 4 davlatda yerni bosib olish aborigenlar bilan qurolli to’qnashuv keyin sodir bo’ldi. JARda ko’p sonli qora tanli aholini bo’ysindirish bilan birga sobiq kolonistlar avlodi - burlar bilan kurash olib borishga to’g’ri keldi. Isroil II jahon urushidan keyin immigrantlar bilan paydo bo’lgan davlat. Bu davlatlarning farqli tomoni garchi bu iqtisodiyot rivojlangan bo’lsa ham, qishloq xo’jaligi ham katta ulushni tashkil etadi. 11.1. G ’arbiy Yevropaning o’rtacha rivojlangan davlatlari. Mintaqaviy tafovutlar. G ’arbiy Yevropa Mintaqada transport tizimining alohida turi qaror topgan blib, unga kp tomonlamalik, kp turlilik muvozanat, transportni deyarli barcha turlarining yuqori rivojlanish darajasi xosdir. Transporti tarmog’i zichligi va notekisligi bilan farqlanadi va u ko’pincha siyosiy hududlarga mos kelmaydi. Tabiiy chegaralar kamroq darajada tarmog’ining rivojalanishi uchun tsiq bladi. Hatto kichik davlatlarda ham bir transport turining ikkinchisidan ustunligi haqida gapirish mushkul. Bunday