Nazorat uchun savollar: 1. Insoniyatning kelib chiqishi muammosiga sizning munosabatingiz?
2. Ibtidoiy insonlar ma’naviy dunyosining shakllanishiga ta’sir ko’rsatgan omillar?
3. Neolit inqilobining sivilizatsiya poydevorining yaratilishida tutgan o’rniga baho bering.
4. Nima uchun aynan eneolit davrida sivilizatsiyaga o’tish sodir bo’ldi?
3-- mavzu. Ikki daryo oralig’ining (Mesopotamiya) qadimgi sivilizatsiyasi Reja: Mesopotamiya sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyoti
Qadimgi Mesopotomiyaning daniy yutuqlari
Mаvzugа oid tаyanch tushunchа vа iborаlаr: Xassun, Shumer muаmmosi, semit qаbilаlаri, Shumer, Аkkаd vа Ur hukmronligi dаvridа Mesopotomiya, Bobil, Xаmmurаpi, Ossuriya, Yangi Bobil dаvlаti, mixxаt, din, аfsonаlаr, zikkurаt.
Mesopotamiya sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyoti
Qadimgi Mesopotamiya Dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri Dajla va Frot oralig’ida joylashgan Mesopotamiyada vujudga kelgan. Ushbu sivilizatsiyaning shakllanishi qulay geografik sharoitlarda kechdi.
Ikkidaryo oralig’i sivilizatsiyasi yutuqlarining asosiy o’zagini Xassun madaniyati (m.a. VI m.y.) tashkil etdi. Uning belgilari – ko’p xonali paxsa imoratlar, metall buyumlarning paydo bo’lishi, naqsh bilan bezatilgan sopol idishlar o’troq dehqonlar va chorvadorlar turmush tarzidan dalolat beradi.
Dajlaning yuqori oqimida shakllangan Xalaf madaniyati (m.a. V m.y) aylana shaklli paxsa imoratlari, yupqa devorli monoxrom va polixrom sopol idishlari, ayollar haykalchalari bilan ajralib turadi. Xalafliklarda hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqqan, ayirboshlash asosidagi savdo paydo bo’lgan.
Elamning tog’li hududlari va Shimoliy Mesopotamiya qabilalarining ko’chib kelishi tufayli Mesopotamiya janubida m.a. V m.y.da Ubayd madaniyati shakllangan va keng tarqalgan. Ushbu madaniyatga monoxrom naqshli sopol idishlar, sopol o’roqlar va boshi afsonaviy mahluqlar tarzida yasalgan ayol haykalchalari xos bo’lib, aholining asosiy mashg’uloti qishloq xo’jaligidan iborat bo’lgan. Ubaydliklar katta va murakkab sun’iy sug’orish tizimlari barpo eta boshlashgan. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni faol tarzda borgan. Turarjoylardan tashqari mahobatli va diniy inshootlar barpo etilgan. Hunarmandlar, savdogarlar, kohinlar ajralib chiqqan. Shunday qilib, Ubayd davrida Shumer madaniyatining asoslari shakllangan.
M.a. IV ming yilliklarda janubiy Mesopotamiyada shumer manzilgohlari paydo bo’lgan. Olimlarning fikricha, shumerlar janubiy Mesopotamiyaning ilk aholisi bo’lmagan, chunki ular Frоt vа Dаjlаning quyi оqimlаrini o’zlashtirgan davrda mavjud bo’lgan ko’plab toponimik nomlar shumer tiliga oid emas1. Bora-bora shumerlar butun Mesopotamiyani (shimоldа –hоzirdа Bоg`dоd jоylаshgаn hududdаn, jаnubdа – Fоrs qo`ltig`igаchа) egallashgan.
Shumеrlаrning ilk vatani hаnuz аniqlаnmаgаn. Shumеrlаr an’anasiga ko’ra, ulаr Fоrs ko`rfаzidagi Dulmun оrоlidаn (hozirgi Bahrayn) kеlishgan. Shumеrlаrning tili bоshqа tillаr bilаn аlоqаdа bo`lmаgаn. Оlimlаrning shumеr tilining turkiy, kаvkаz, etrusk vа bоshqа tillаr bilаn qаrindоshligini аniqlаshgа bo`lgаn urinishlаri ijоbiy nаtijа bermadi.