Mashinasozlik yetakchi sanoat tarmog’i sifatida ichdan yonar dvigatellarning hayotga tatbiq etila boshlagan XVIII asrning oxirlaridan boshlab rivojlanib kelayotganligini yaxshi bilasiz. Hozirgi vaqtda bu tarmoqning hududiy joylashishiga va rivojlanishiga oldingidek xomashyo (metall, plastmassa, oyna va boshqalar) emas, ko’proq malakali ilmiy xodimlar va ishchi-xizmatchilarning yetarli bo’lishligi, transport va iste’mol omillari ta’sir ko’rsatmoqda.
Jahon mamlakatlari mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko’ra turlicha ko’rsatkichlarga ega. U rivojlangan mamlakatlarda, asosan, yuqori darajada rivojlanishga erishgan, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa uning ko’rsatkichlari ancha past.
Mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko’ra jahonning to’rt mintaqasi alohida ajralib turadi. Ularning eng yirigi Shimoliy Amerika mintaqasidir. Undagi AQSh, Kanada va Meksika davlatlari hissasiga jahon mashinasozlik mahsulotlarining 30 foizi to’g’ri keladi va deyarli barcha xildagi mashina va uskunalar ishlab chiqariladi.

Ikkinchi mintaqa Yevropa mamlakatlari bo’lib, ishlab chiqaradigan mahsulotlari hajmi va sifati jihatidan birinchi mintaqadan hech ham qolishmaydi. U asosan, ommaviy mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Mashinasozlikning uchinchi mintaqasi Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridir. U an’anaviy mashinasozlik mahsulotlari bilan birga yuqori texnologiyaga asoslangan fantalab hisoblash texnikasi (radio-telemexanika, maishiy xizmat texnikasi) mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Unda Yaponiyaning o’rni eng yuqori.
Sobiq Ittifoq mamlakatlari jahonning to’rtinchi mashinasozlik mintaqasini tashkil qiladi. Garchi mintaqa mashinasozlikning eng muhim mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo’lsa-da, sifat ko’rsatkichlariga ko’ra boshqa mintaqalardan orqada.