Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti reja: Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlari



Yüklə 26,54 Kb.
səhifə6/9
tarix16.03.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#88073
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti reja Riv

Sanoat tarmoqlari geografiyasi

Sanoat tarmoqlari geografiyasi

 


  • Metallurgiya sanoati jahon xo’jaligini, asosan, konstruksiyabop materiallar — qora va rangdor metallar bilan ta’minlaydi. Garchi mamlakatlar xo’jaligida boshqa xil konstaiksiyabop materiallar, jumladan, plastmassalarning ahamiyati ortib borayotgan bo’lsa-da, ular po’latning o’rnini bosa olmaydi. Shu sababli bu tarmoq hozirgi jahon xo’jaligining ahamiyatli negiz tarmoqlaridan hisoblanadi.

  • Metallurgiya sanoati o’z navbatida mustaqil qora va rangdor metallurgiya sanoatlariga bo’linadi.

Rangdor metallurgiya sanoati murakkab tarmoqlar tarkibiga ega bo’lib, o’nlarcha xildagi metallar (mis, aluminiy, rux, qo’rg’oshin, volfram, oltin, kumush, uran va boshqalar)ni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.


  • Rangdor metallurgiya sanoati murakkab tarmoqlar tarkibiga ega bo’lib, o’nlarcha xildagi metallar (mis, aluminiy, rux, qo’rg’oshin, volfram, oltin, kumush, uran va boshqalar)ni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.

  • Rivojlanayotgan mamlakatlar rangdor metallurgiyada xomashyo resurslarini yetkazib berishga va rivojlangan mamlakatlar esa iste’molga tayyor rangdor metallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Masalan, mis rudalarini qazib chiqarish va jahon bozoriga chiqarishda Markaziy Afrikadagi Zambiya va KDR davlatlari yetakchilik qiladi. Ularning hududi bo’ylab Mis mietaqasi deb ataladigan misga boy havza yotadi. Bunday resurslarga bundan tashqari Chili, AQSh, Kanada ham ancha boy. Toza (rafinad) misni ishlab chiqarishda esa AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi asosan, rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.

  • Shunga o’xshash holatni nisbatan yengilligi uchun qanotli metall deb nom olgan aluminiy sanoatida ham ko’rish mumkin. Tarkibida aluminiy metali bo’lgan boksit rudasiga eng boy davlatlar Avstraliya, Gvineya, Yamayka, Braziliyadir. Lekin tozalangan aluminiyni ishlab chiqarish va iste’mol qilishda yana AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar ajralib turadi,

Yüklə 26,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin