Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti reja Riv
YENGIL SANOAT
YENGIL SANOAT
Yengil sanoat aholining kundalik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaradigan eng yirik tarmog’idir. Shu sababli u barcha, shu jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarmog’i sanaladi. Yengil sanoatda eng yetakchi tarmoq to’qimachilikdir.
To’qimachilik sanoati, bir tomondan, sanoatning eng «eski», ikkinchi tomondan esa doimo yangilanayotgan va o’sayotgan tarmoqlaridan hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda jahon to’qimachilik sanoatining beshta yirik mintaqasi mavjud. Bular Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Yevropa va AQShdir. Ularda to’qimachilik mahsulotlarining asosiy qismini ip-gazlamava kimyoviy tolalardan to’qilayotgan gazlamalar tashkil qiladi. Muhimi shundaki, bunday gazlamalarning umumiy hajmi doimo ortib bormoqda. Shoyi, jun va zig’ir gazlamalar hissasi esa aksincha, sekin-asta kamayib bormoqda.
Umuman, hozirgi vaqtda jahon yengil sanoatining ko’pchilik tarmoqlari rivojlanayotgan mamlakatlarda tezroq sur’atlarda o’smoqda. Buning natijasida Xitoy, Hindiston, Pokiston, Misr kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan gazlamalar, kiyim-kechak, trikotaj mahsulotlari Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning ichki bozorida o’z o’rnini topmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi bunday natijalarni ularda: 1) ishchi kuchining ancha areonligi; 2) to’qimachilik sanoati xomashyolari (tola)ning nisbatan serobligi bilan tushuntirish mumkin.