Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti reja: Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Bozor iqtisodiyoti amalda bo’lgan rivojlangan mamlakatlar tovar ishlab chiqarishni o’zgartirish zarurati bo’lganda uning unumdorligini oshirishga, talabga qarab munosib o’zgartishga tayyor turadilar



Yüklə 26,54 Kb.
səhifə2/9
tarix16.03.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#88073
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti reja Riv

Bozor iqtisodiyoti amalda bo’lgan rivojlangan mamlakatlar tovar ishlab chiqarishni o’zgartirish zarurati bo’lganda uning unumdorligini oshirishga, talabga qarab munosib o’zgartishga tayyor turadilar.


  • Bozor iqtisodiyoti amalda bo’lgan rivojlangan mamlakatlar tovar ishlab chiqarishni o’zgartirish zarurati bo’lganda uning unumdorligini oshirishga, talabga qarab munosib o’zgartishga tayyor turadilar.

  • Bu mamlakatlar moddiy ishlab chiqarishini qonuniyatlari tsiklik xarakterga, ya’ni ishlab chiqarishni davrli o’zgarishlariga, ish bilan ta’minlanganlik bahodagi o’zgarishlarga egadir. XX asrni so’nggi choragining o’zida rivojlangan mamlakatlarda uch marta davrli iqtisodiy rivojlanishning pasayishlari: 1974-1977, 1980-1982 va 1990-1993 yillarda yuz berdi. SHuningdek asr oxirida 1997 yilda janubiy — sharqiy Osiyoda boshlangan moliyaviy inqirozlar yangi asrga o’tdi va AQSH, YAponiya kabi yetakchi mamlakatlar iqtisodiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatdi va ko’rsatmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar bunday inqirozlardan o’zlari uchun munosib xulosalar chiqaradilar va yangi iqtisodiy barkamollikka erishishni o’z yangi yo’llarini yaratib boradilar. 2007 yilda AQSHda boshlangan moliyaviy inqiroz jaxonda yangi davrni Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrini boshlab berdi. Hali-hanuz davom etayotgan JMII hamma mamlakatlarga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi.

Germaniya qishloq xo’jaligi dasturi


  • Germaniya fermerlar uyushmasi tashabbusi bilan faoliyat yuritayotgan LOGO o’quv amaliyoti dasturi ko’plab Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari qatorida O’zbekiston talabalari ham qishloq xo’jaligi sohasida o’z bilimlarini oshirishlariga xizmat qilmoqda.Mana 15 yildirki, bu dastur mutaxassislari O’zbekiston Oliy O’quv yurtlari ,jumladan,Andijon qishloq xo’jalik instituti, Buxoro Davlat Universiteti, Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot Instituti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti Nukus filiali,Samarqand Qishloq xo’jalik Instituti,Toshkent Irrigatsiya Instituti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti, Urganch Davlat Universitetlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqdalar.Institutlardan har yili qat’iy belgilangan imtihon orqali saralangan iqtidorli talaba yoshlar Germaniya dehqonchilik xo’jaliklari va agrar sektor firmalarida o’quv amaliyotini o’tash imkoniyatiga ega bo’lishadi

  • LOGO dasturining bosh maqsadlari g’arbiy Osiyo va sharqiy Yevropa davlatlaridan Armaniston,Ozarbayjon,Gruziya,Rossiya Federatsiyasi, Ukraina,Moldaviya va Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog’iston,Qirg’iziston,Tojikiston va O’zbekistonlik mutaxassislar va yosh kadrlar almashinuvi orqali qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirish va amaldagi bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yaxshilashdan iborat. Amaliyot muddati 3 oydan 1 yilgacha davom etishi mumkin.Talabalar uchun bu davr mobaynida Germaniyada joriy etilgan fermerlik tizimi,qishloq xo’jaligining menedjerlik tamoyillari, biznes tashkil qilish va uni muvaffaqqiyatli yuritish bo’yicha bilim beruvchi seminarlar tashkil etiladi. Malakaviy amaliyotlardan tashqari , dastur mutasaddilari muntazam ravishda hamkor davlatlarda o’quv seminarlari va trening mashg’ulotlari tashkil qilishmoqda. Umid qilamizki, bu dastur ishtirokchilarining amaliyotlari davomida egallagan bilimlari O’zbekiston qishloq xo’jaligi sohasi rivojiga o’z hissasini qo’shadi va ijobiy natijalar keltiradi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin