4.Massaning saqlanish qonunining yopiqligi haqida. (8) tenglamada uchta , va noma’lum miqdorlar ishtirok etmoqda. Shuning uchun, jarayon xarakteridan kelib chiqqan holda, bu parametrlarni kamaytirish lozim bo‘ladi. Buning uchun ushbu Darsi qonunidan foydalanamiz:
, , (9)
Bunda – suyuqlik bosimi, – gruppa xossalaridan aniqlanadigan koeffitsiyent. Darsi qonuniga ko‘ra suyuqlik oqimi tezligi komponentalari unga mos bosim gradiyenti komponentalariga proporsional bo‘ladi. Fizik ma’nosiga ko‘ra bosim gradiyenti – bu (hajm birligiga nisbatan) kuchdir. Boshqa tomondan Nyutonning ikkinchi qonuniga ko‘ra, jismga ta’sir etuvchi kuch uning tezligiga emas, balki tezlanishiga proporsionaldir. Lekin bu qarama-qarshilikdek tasavvur qilinyapti, xolos, chunki gruntdan o‘tuvchi suyuqlik oqimi erkin harakatlanmaydi, balki uning zarrachalari qarshilikka uchraydi.
(5) formulalarda yangi noma’lum miqdor suyuqlik ishtirok etyapti. Bu miqdorni suvni sekin va deyarli gorizontal harakatlanmoqda deb hisoblab, yuqorida kiritilgan parametrlar orqali ifodalash mumkin. Bu holda mavjud dinamik bosimni hisobga olmasdan, faqat gidrostatik qonun bo‘yicha bosimni ifodalaymiz:
Bunda – erkin tushish tezlanishi, – suyuqlik sirtidagi bosim (masalan, atmosfera bosimi). Oxirgi ifodani (9) ga qo‘ysak,
, , (10)
Bu tengliklarni (8) tenglamaga qo‘yib, gruntli suv harakatining tenglamasini hosil qilamiz:
(11)
bunda . (11) tenglama faqat ga nisbatan chiziqsiz tenglama hisoblanib, unga Bussinesk tenglamasi deyiladi.
Nazorat savollari Materiyaning saqlanish qonuni yordamida modda balansini tushuntiring.
Yer osti suyuqlik harakati uchun keltirilgan shartlarni tavsiflang.