Topshiriqlar: Ozuqa qorishmasi haqidagi masala. Hayvonlarga beriladigan ozuqa qorishmasini tayyorlashda ishlatiladigan mahsulotlar tarkibidagi zarur ozuqa moddalari miqdorlari va bu mahsulotlar 1 birligining narxi ma’lum bo‘lsin. Ozuqa qorishmasini shunday tayyorlash kerakki, uning tarkibidagi ozuqa moddalar miqdorlari hayvonlarni ovqatlantirish uchun belgilangan chegaralardan chiqmasin va qorishmani tayyorlashda ishlatiladigan mahsulotlarni sotib olish uchun ketadigan umumiy xarajat minimal bo‘lsin.
Bu masalaning matematik modelini tuzish uchun, avvalo, quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
m – hayvonlarga ovqat sifatida berilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar tarkibidagi barcha ozuqa moddalari soni;
n – qorishma tarkibidagi mahsulotlar turlari soni;
– j- turdagi mahsulot tarkibidagi i- xil ozuqa moddasining miqdori, , ;
– qorishmadagi i- xil ozuqa moddasining belgilangan minimal miqdori, ;
– qorishmadagi i- xil ozuqa moddasining belgilangan maksimal miqdori, ;
– qorishmani tashkil etuvchi j- tur mahsulot 1 birligining narxi, ;
– qorishmani tashkil etuvchi j- tur mahsulot miqdori, .
Qaralayotgan masalaning matematik modeli quyidagicha ifodalanishi mumkin:
Topshiriqlar: Tayinlash va taqsimlash masalalari. Bu turdagi masalalar kerakli resurslar chegaralangan holda bajarilishi kerak bo‘lgan qator ishlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Resurslarni ishlar o‘rtasida shunday taqsimlash talab qilinadiki, bunda yo operatsiyani o‘tkazish bilan bog‘liq chiqimlar minimal, yoki umumiy samara maksimal bo‘lsin.
Taqsimlash masalalari o‘z mazmuniga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Bunday masalalar jumlasiga iste’mol punktlarini ishlab chiqarish punktlariga optimal biriktirib qo‘yish haqidagi masalani kiritish mumkin. Ushbu sinf masalalarini yechishda matematik programmalash, graflar nazariyasi, jadvallar nazariyasi va boshqa sohalarning usullaridan keng foydalanish mumkin.