Javobi: Statistika lotincha “status”



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə11/43
tarix01.01.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#78240
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Javobi Statistika lotincha “status”

Arifmetik o`rtacha – shunday ilmiy qoidaga asoslangan o`rtachaga aytiladiki, u bilan belgining ayrim qiymatlarini almashtirilsa, ularning umumiy yig`indisi o`zgarmasligi va to`plam birliklari soniga nisbatan proporsional taqsimlanishi zarur.
Geometrik o`rtacha – shunday ilmiy qoidaga asoslangan o`rtachaga aytiladiki, u bilan o`rtalashtirilayotgan miqdorlarni almashtirish natijasida bu miqdorlarning o`zaro ko`paytmalari natijasi o`zgarmasligi va to`plam birliklari bo`yicha geometrik progressiya bo`yicha taqsimlanishi zarur.
Garmonik o`rtacha – shunday o`rtacha miqdorga aytiladiki, u bilan o`zgaruvchilarni almashtirayotganda ularning teskari qiymatlari yig`indisi o`zgarmas miqdor deb qaraladi.
Kvadratik o`rtacha – shunday o`rtacha yuritiladiki, uni aniq-lashda belgi miqdorlarini ularning kvadratik o`rtachasi bilan almashtirilayotganda ularning kvadratlar yig`indisi o`zgarmas holda saqlanishi zarur.
40. O‘rtacha garmonik miqdorlar va ularning qo‘llanish sohalari.
Tayanch iboralari: oddiy garmonik miqdor, tortilgan garmonik miqdor.
Garmonik o`rtacha – shunday o`rtacha miqdorga aytiladiki, u bilan o`zgaruvchilarni almashtirayotganda ularning teskari qiymatlari yig`indisi o`zgarmas miqdor deb qaraladi.
Garmonik o`rtachada o`zgaruvchi miqdorlarning teskari qiymatlarining yig`indisi, ya`ni , o`zgarmas miqdor deb qaraladi.
Oddiy garmonik o`rtacha: yoki
Ma`lumki, har qanday o`rtacha miqdor ikkita ko`rsatkichning bir-biriga bo`lgan nisbatidan yuzaga chiqadi. Birinchi ko`rsatkich o`rganilayotgan belgining umumiy hajmini ifodalasa, ikkinchi ko`rsatkich bu belgi sohibining soni (vazni, uchrashish tezligi)ni belgilaydi. Agar belgining hajmini ifodalovchi ma`lumot (ya`ni nisbatning sur`ati) bilan belgining ayrim darajalari ma`lum bo`lsa, u holda o`rtacha miqdor o`rtacha garmonik formula yordamida hisoblanadi.
Ma`lumki, o`rtacha ish haqini hisoblash uchun ish haqi fondini ishchilar soniga bo`lish kerak. Yanvar oyida nisbatning sur`ati va belgining individual darajalari keltirilgan. Ammo nisbatning maxraji yoki ishchilar soni noma`lum. Demak, o`rtacha miqdorni hisoblash uchun shartimizga binoan o`rtacha garmonik formulani qo`llashimiz kerak.
41. Variatsiya mohiyati va uni statistik o‘rganish zarurligi.
Tayanch iboralari: o‘zgaruvchanlik, o‘rtacha miqdor va o‘zgaruvchanlik, bir turdagi to‘plam uchun o‘rtachani hisoblash.
Variatsiya – qator hadlarining tebranuvchanligi, varianta qiymatlarining o`zgaruvchanligidir.
Avvalambor belgining o`rtacha darajasi (miqdoriy qiymati)ni aniqlab to`plamni umumlashtirib ta`riflaydi, mazkur to`plam birliklarida u olgan miqdoriy qiymatlar o`rtasidagi farqlardan chetlanib, ularni tekislab (silliqlab) muayyan hodisalar to`plamining rivojlanish qonuniyatlarini yoritadi. Bu - taqsimot qatorlarini tahlil qilishning bir tomoni. Mazkur masalaning ikkinchi tomoni qator variatsiyasini, o`rganilayotgan belgi miqdoriy qiymatlari o`rtasidagi farqlarni sinchiklab o`rganishdan, ularni umumlashtiruvchi ko`rsatkichlarni hisoblab, taqsimot qatoriga xos og`uvchanlik, bo`yiga cho`ziluvchanlik yoki ayrim oraliqlarda birliklar to`planishi (kontsentratsiyalanishi) kabi xususiyatlarni aniqlashdan iborat. Bu ko`rsatkichlarda ommaviy hodisa va jarayonlarning sifat aniqligi va xususiyatlari ham namoyon bo`lishini hisobga olsak, u holda masalaning mazkur tomoni nazariy va amaliy jihatdan qanchalik katta ahamiyat kasb etishi haqida tasavvur hosil qilish qiyin emas.
To`plamda biror belgi qiymatlarining variatsiyasi deganda ayni zamon va makon sharoitida belgi miqdorlarining to`plam birliklari bo`yicha farqlanishi, o`zgaruvchanligi tushuniladi. To`plam birliklari turli muhitda harakat qiladi va natijada variatsiya vujudga keladi. Demak, variatsiya sababi - sharoitlarning xilmaxilligi, ularda ko`pdan-ko`p omil va kuchlar mavjudligi va turlicha amal qilib, natijaga har xil me`yorda ta`sir etishidir. Ayrim belgilarni hisobga olmasak, deyarlik barcha jamiyat va tabiat hodisalariga variatsiya xosdir. Aksariyat statistika usullari yo variatsiyani o`lchashga asoslanadi yoki undan chetlanish (abstraktsiyalanish) yo`llarini yaratishga tayanadi. U holda ham, bu holda ham variatsiyani o`lchash zarurati tug`iladi.
42. Variatsiya ko‘rsatkichlari.
Tayanch iboralari: variatsion kenglik, o‘rtacha kvadrat tafovut, o‘rtacha kvadratik tafovut, variatsiya koeffitsienti.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin