Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma


Klan (gel) - avlod, urug‘, qabila, patronimiya. Konglomerat



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə43/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Klan (gel) - avlod, urug‘, qabila, patronimiya.
Konglomerat (lot.) - birikish, qushilish, bog‘lanish, to‘plangan turli toifa va elatlarning uyushtirilishidan tashkil topgan ijtimoiy-siyosiy tuzum. (Masalan, quldorlik, feodalizm davrida tuzilgan yirik davlatlar).
Konsolidatsiya (lot.) - mustahkamlayman, yiriklashuv, til va madaniyat jihatidan yaqin va qon-qardosh bo‘lgan xalqlarning yagona bo‘lib birlashuvi, etnoslarning bir-biriga yaqinlashib qo‘shilib ketishi.
Magiya (yunon.) - sehrgarlik, odamning o‘zini g‘ayri tabiiy kuchlar ta’sirida ko‘rsata olish qobiliyatiga asoslangan ish amallari.
Madaniyat (ar.) - inson qo‘li va aql idroki bilan yaratilgan moddiy va madaniy boyliklar. Rus tilida «kultura» so‘zi aslida lotincha so‘z bo‘lib, «ishlab chiqarish», «yasash», «yaratish» degan ma’noni anglatadi. Madaniyat tushunchasi tarixiy davr (antik madaniyat), aniq jamiyat, elat va millati hamda faoliyati yoki hayotining o‘ziga xos sohalarini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Madaniyat moddiy va madaniy madaniyatga bo‘linadi. Moddiy madaniyatga xo‘jalik qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, kiyim-kechaklar, bezaklar, taomlar, idish-tovoqlar, turar joylar va boshqalar kiradi. Ma’naviy madaniyatga esa oila-nikoh munosabatlari, urf-odatlar, marosimlar, e’tiqodlar, tasviriy san’at, folklor kabilarni o‘z ichiga oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Marosim (ar.) - diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabatlari bilan o‘tkaziladigan ma’raka, yig‘in: tantanalar bilan uyushtiriladigan rasmiy yig‘in.
Mikroetnos - mahaliy xalq yoki millat ichida ba’zi jihatlari (shevasi, moddiy va ma’naviy madaniyati, diniy tasavvurlari) bilan ajralib turgan mayda etnografik guruhlar.
Nikoh (ar.) - er-xotinlikni shariat yo‘li bilan rasmiylashtirish marosimi, mazkur marosimda mulla tomonidan qiladigan shartnoma. Erkak bilan ayolning huquqiy ravishda rasmiylashtiriladigan oilaviy ittifoqi. Erkak bilan ayolnnig bir-birlariga va bolalariga nisbatan huquqiy va majburiyatlar keltirib chiqaruvchi oilaviy ittifoqi.

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin