Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə45/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Xo‘jalik madaniy tiplar - jahon xalqlarining ibtidoiy jamiyat davri (qadimgi tosh, bronza va temir asrlari)dagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, turlicha tabiiy sharoitda joylashishining va moslashishi ularning hayotida turli tipdagi xo‘jalik-madaniyatlarni vujudga keltirgan edi. Xo‘jalik-madaniy tiplar dastavval muayyan jamiyatda ustuvor ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lib, har bir tarixiy davrda kishilarning tevarak-atrofdagi muhit bilan aloqa xarakterini belgilaydi.
Mazkur tiplar kishilarning mashg‘ulorti va ishlab chiqarish qurollari, turar-joylari va uy-ro‘zg‘or jihozlari, taomlari va kiyim-kechaklari, transport vositalari va boshqa tiplarga qarab, muayyan jamiyatning ijtimoiy tuzumini ham aniqlash mumkin. Ma’naviy madaniyat xususiyatlari, asosan urf-odatlarda, tasviriy san’atda, e’tiqodi va folklorida yorqin namoyon bo‘ladi. Xo‘jalik-madaniy tiplarning birligi va o‘zaro bog‘liqligi muayyan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va bir-biriga yaqin geografik muhit bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zgaruvchan xarakterga ega.
Eng qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan etnoslarning xo‘jalik-madaniy tipli issiq tropik va subtropik iqlimli o‘lkalardagi ovchilik, terim-tarmachilik va sohillardagi baliqchilikdir. Namli tropik va subtropik joylarda ikkinchi madaniy-xo‘jalik tipi, ichki issiq iqlimdagi qo‘l mehnatli dehqonchiligi tarqalgan bo‘lib, bunga qisman ovchilik-terimchilik va baliqchilik xo‘jaliklari ham yordamchi hisoblangan. Iqtisodiyot va texnika taraqqiyotiga yangi sifat yaratgan uchinchi madaniy-xo‘jalik tiipi motiga dehqonchilik bilan chorvachilik qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lgan edi.
Keyingi davrdagi fan-texnika taraqqiyoti butun jahondagi an’anaviy xo‘jalik madaniy tiplarga jiddiy o‘zgartirishlar kiritdi. Evropa va Amerikadagi eng rivojlangan mamlakatlarda aholining ko‘pchiligi industrial sohaga jalb etildi, an’anaga aylanib qolgan qishloq xo‘jaligi o‘rniga yuksak taraqqiy etgan tovar dehqonchiligi va intensiv chorvachilik, plantatsiyali qishloq xo‘jaligi paydo bo‘lgan edi. XX-XXI asrning boshlarida an’anaviy xo‘jalik-madaniy tiplar barham topa boshladi va saqlanib qolgan belgilari yangi mazmun bilan boyidi.
Sivilizatsiya - insoniyat jamiyati ilgarilama harakatida erishilgan darajani hamda moddiy va ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirish usulini ifodalaydigan tushuncha.

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin