Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə48/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Etnonim
Etnolingvistika (yunon.) - tilshunoslikning etnologiya bilan bog‘liq bo‘lishi. Etnolingvistika xalq odatlari, tasavvurlari, madaniyati bilan tilning o‘zaro aloqasi va ta’sirini o‘rganadi. SHuningdek tilda aks etgan madaniy dalillarni dini va maxsus tillarni, tabularni, etnik onomastikani va boshqalarni tahlil qiladi.
Etnonim (yunon.) - xalqlarning nomlarini anglatuvchi atama.
Etnonimika - qabila, xalq va boshqa etnik birliklarni o‘rganadigan fan.
Etnos (yunon.) - elat, xalq. Etnologiyada urug‘, qabila, elat, xalq, millat etnos deb yuritiladi.
Etnotsentrizm (yunon.) - insonning barcha hayotiy hodisalarini o‘zi uchun namuna deb bilgan o‘z etnik guruhi qadriyatlari yuzasidan baholashga moyilligi; o‘z hayot tarzini boshqalar ishidan afzal ko‘rish.
Do‘ppi – an’anaviy bosh kiyimi sifatida o‘zbek xalqi orasida keng tarqalgan. U xalq amaliy san’atida qadimdan tayyorlangan. O‘zbek do‘ppilarining qachon paydo bo‘lganligi to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q. Lekin badiiy va tarixiy manbalarda do‘ppini eslatuvchi erkaklarning bosh kiyimi haqida ma’lumot bor. Ana shu bosh kiyimi bir necha asr oldin paydo bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan uning ko‘rinishi o‘zgarib borgan. XIX – asrdayoq do‘ppining ko‘rinishi cho‘qqisimon bo‘lib, sallani o‘rashga moslab tikilgan. 20-yillardan boshlab esa to‘rtburchakli, yumaloq shaklli do‘ppilar paydo bo‘lgan. O‘zbek dunyolarida o‘simlik shakli ko‘proquchragan. CHunki musulmon dunyosida amaliy san’atning biror turida jonli hayvonlarning odamzod shaklini tasvirlash ta’qiqlangan.
Shogirma - qoraqalpoq erkaklarining an’anaviy bosh kiyimi yoki uning ikkinchi nomi – kurash deb nomlangan. Hozirga qadar SSSR xalqlari etnografiyasi davlat muzeyida shogirmalarning bir necha nusxasi saqlanmoqda. SHogimra qora qo‘y junidan tayyorlangan bo‘lib, shakli past kesik konussimon, ichi kigizdan, astari gulli matodan, yuqori qismi diametri 40 smga , balandligi esa 10 smdan ortiqroq. Nukus shahar o‘lkashunoslik muzeyida ham shogirmaga o‘xshash boy kiyimlari saqlanmoqda. Keksa avlod vakillari, xususan qishloq joylarda haligacha shogirmani kiyadilar.
Borik-qoraqalpoq erkaklarining qora kigizdan tayyorlangan baland bosh kiyimi. A.S.Morozovaning yiqqan dala etnografik ma’lumotlari bo‘yicha 200 yil oldin hamma qoraqalpoqlar zamonaviy aylana bosh kiyimlar kiymaganlar, ko‘pchilik erkaklar mana shnday borik kiyganlar

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin