Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə49/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Do‘ppi-Takiya - yana bir an’anaviy bosh kiyimi. O‘rta yoshli erkak va ayollar uni shogirma yoki jaulik, basorau tagidan kiyganlar. Qishda uy ichida, yozda ko‘chada takiya bilan bemalol orishgan. Ularningnomlanishi ham shakliga bog‘liq bo‘lgan. Masalan: uyda tikilgan do‘ppi-toqima takiya, makpaltakiya, qo‘y shohi tasvirlangani kazba takiya deb nomlangan.pilari gumbazsimon shaklda bo‘lib, yuqorisi to‘rt qismga bo‘lingan, mayva qavilgan, atrofi boshqa matodan jiyak qilib tikilgan, balandligi 12 sm atrofida astari ip-gazlama matodan. Bolalalar, yigit-qizlar do‘ppisi naqshli, keksalarniki naqshsiz bo‘lgan, erkaklar do‘ppisida bitta popuk, qizlarnikida esa bir nechta bo‘lgan. Hamma joyiga naqshsolingan dshppi boya takiya, deb atalgan va uning tayyorlanish uchun ayollar ko‘p vaqt sarflaganlar.
Kiyimshek- qoraqalpoq ayollarining eng qadimiy boshdan tashlanadigan yopinchig‘i. U paranjiga o‘xshaydi, biroq yolg‘on englari yo‘q. Uning qizil kiyimshek va an kiyimshek degan xillari bo‘lgan. YOsh kelinchak va ayollar qizilini, keksalar oqini kiyganlar, keyinchalik qaynona va qayni akalar ko‘ziga kiyimsheesiz ko‘rinmasligi shart bo‘lgan. N.P.Lobacheva o‘zining “qoraqalpoq bosh yopinchiqlari” maqolasida XIX-asr boshlarida an’anaviy bosh kiyimi-yopinchiq-jegde haqida batafsil ma’lumot beradi.
Jegde - boshdan tashlab yuriladigan yopinchiq bo‘lib, faqt O‘rta Osiyo xalqlarida uchraydi, engi yolg‘on, ya’ni kiyilmaydi u XVII-XVIII – asrlarda ayollar yopinchi sifatida paydo bo‘lgan. Qoraqalpoq ayollari ham jegdeni ko‘chada, to‘yda , bayramlarda kiyganlar, aniqrog‘i boshlariga tashlaganlar. Paranchi, jegde singari yopqich yoki yoping‘ichlarning turmushga kirib kelishi qadimiy diniy-magik tasavvurlarning O‘rta Osiyo hududida birlashuvi, ya’ni ayollarni hayotnging maxsus daqiqalarida (mas,to‘y vaqtida), “ko‘zdan asrash” musulmon olamida esa ayollar figurasini begonalardan yashirish (bu odat Eron, Arabistonda ham mavjud, yoping‘ich-chodar deb ataladi) oqibati deb talqin qilinadi. Bu xildagi yoping‘ichlar qozoq va qirg‘izlarda bo‘lmagan. Xorazm o‘zeklarida ham bu bosh kiyimi jegde deb atalgan.

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin