Jegde – astarsiz (paranchi astarli) bir qavatli bo‘lib, ular ham 15 yoshdan jegde kiyganlar. Jegde rangi ham yoshga qarab tanlangan.
Qizil jegde-yosh ayollarniki , naqshli gullar solishgan;
Ag jegde – o‘rta yoshli ayolniki, oq ranglimatodan faqat o‘zaro kesishgan ikki chiziqli belgi naqshlardan iborat.
Padsham jegde-bilan faqat qizlar yopinganlar, shoyidan tikilgan.
Jipel jegde-ipak jegde yosh ayollarniki bo‘lgan.
Jegde quyidagi qismlarga bo‘lib bichilgan: oldi boi – old tomoni, art boi –orqa tomoni, yashabu – yon tomoni, jage yoqasi, shikul – qulfak. Jegdening asosiy bezagi turli xildagi kashtalar edi.
KONGOLEMART(lot)-birikish,qo‘shilish,bog‘lanish, to‘plangan turli toifa va elatlarning uyuushtirilishidan tashkil topgan ijtimoiy-siyosiy tuzum (masalan, quldorlik,feodalazm davrida tuzilgan yirik davlatlar).
KONSOLIDATSIYA(lot)-mustahkamlaydigan, yiriklashuv. Til va madaniyat jihatidan yaqin va qon-qardosh bo‘lgan xalqlarning yagona bo‘lib birlashuvi, etnoslarning bir-biriga yaqinlashuv, qo‘shilib ketishi.
MAGIYA(yunon)- sehrgarlik, odamning o‘zini g‘ayri tabiiy kuchlar ta’sirida ko‘rsata olish qobiliyatiga asoslangan ish amallari.
MADANIYAT(ar.)-inson qo‘li va aql idroki bilan yaratilgan moddiy va madaniy boylikdir. Rus tilida “kultura” so‘zi aslida lotincha so‘z bo‘lib, “ishlab chiqarish”, “yasash”, “yaratish” degan ma’noni anglatadi.Madaniyat tushunchasi tarixiy davr (antik madaniyat), aniq jamiyat. Elat va millatli hamda faoliyati yoki hayotning o‘ziga xos sohalarini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Madaniyat moddiy va madaniy madaniyatga bo‘linadi. Moddiy madaniyatga xo‘jalik qurollri, uy-ro‘zg‘or buyumlari kiradi.
MIKROETNOS – mahalliy xalq yoki millat ichida ba’zi jihatlari (shevasi, moddiy va madaniy madaniyati, diniy tasavvurlari) bilan ajralib turgan mayda etnografik guruxlar.
TILLAR KLASSIFIKATSIYASI- jahon tillarini turli belgilariga ko‘ra o‘rganib, guruhlarga ajratiladi. Tillarning genetik (genealogik) klassfikatsiyasi ularning qarindoshchilik belgilariga asoslangan, ya’ni umumiy o‘zak tildan kelib chiqqan tillarni o‘z ichiga oladi: hind-evropa tillar oilasi, oltoy tillari, ural tilari oilasi va boshqalar.
Sivilizatsiya- insoniyat jamiyati ilgarilama harakatida erishilgan darajani hamda moddiy va ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirish usulini ifodalaydigan tushuncha .