ETNIK ANTROPOLOGIYA VA IRQSHUNOSLIK – antropologiyaning odamzod irqlarining kelib chiqish tarixi, sabablari va er yuziga tarqalishi hamda xalqlarning antropologik tarkibini o‘rganuvchi sohasi. Millat va irq odamzod turlarning birligi , monogenizm va poligenizm, odamzod guruhlari va uning tarkiban antropologik bir xillik darajasini aniqlash, irqlarning klassifikatsiyasi, dunyo xalqlarining antropologik tarkibi, irqlarning hozirgi davrda tarqalishi va odamzod birligi, irqiy belgilarning o‘zgaruvchanligi irqlarning qorishuvi kabi masalalari ustida tadqiqot olib boradi.
ETNIK BIRLIK-kishilarning qabila. Elat millat va boshqa birliklaridan iborat bo‘lgan , tarixan tarkib topgan alohida barqaror ijtimoiy guruhi. Etnik birlik tushunchasi etnografik jihatdan “xalq” ma’nosini anglatadi. Kishilar birlashuvining tabiiy negizi hudud umumiyligi etnik birlikning vujudga kelishiga asosiy shart hisoblanadi.
ETNIK GURUH- turmush va madaniyatning ayrim elementlari (tili,moddiy va ma’naviy madaniyatidagi o‘ziga xos xususiyatlari, dini va b.)ni saqlagan xalq yoki millatning alohida qismi. Etnik guruhda, odatda, elat yoki millatning boshqa milliy guruhlar bilan assimlyasiyasi yoki millatning boshqa milliy guruhlar bilan assimlyasiyasi yoki elatga o‘zining ayrim xarakterli belgilarini saqlagan holda qo‘shilishi natijasida, shuningdek xalqning bir qismi asosiy etnik hududdan uzoq vaqt uzilib qolishi, migratsiya jarayonlari, davlat chegaralarining o‘zgarishi va boshqalar, yangi tabiiy-geografik sharoitga tushishi natijasida xo‘jalik va madaniyatda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan paydo bo‘ladi. YAngi etnik guruhning tashkil topishida din, tabaqaviy guruhlar va boshqalar katta rol o‘ynaydi.
ETNOGRAFIK GURUH- ma’lum bir etnosning (elatning yoki millatning ajralmas qismi, uning tarkibidagi bo‘linmalardan) biri bo‘lib, o‘zining bazi xususiyatlari bilan til lahjasi, xo‘jalik faoliyati, turmush tarzining ba’zi tomonlari bilan farq qiladi. Etnografik guruh odatda bir qabilaning, elatning yoki millatning ikkinchi bir xalq bilan aralashib, boshqa erga borib, shu erdagi xalq tarkibiga kirib, u bilan birga yashab kelishi natijasida vujudga keladi.
ETNIK JARAYON- etnik birlik (elat) bilan uning tarkibiga kirib etnik guruhlar o‘rtasidagi xo‘jalik, iqtisodiy, madaniy aloqalarning uzluksiz rivojlanib borishidir. Bu jarayon ikki xil-bo‘linib ketishiga va birlashishiga moyildir.