Jumayeva N. A. Osiyo xalqlari etnologiyasi Metodik qo’llanma


Tarixiy-etnografik viloyat



Yüklə 14,94 Mb.
səhifə44/52
tarix16.12.2023
ölçüsü14,94 Mb.
#183479
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
12642 1 E0AED3805A03EC0D92083647C1F3D84D63AF60C2

Tarixiy-etnografik viloyat - ma’lum hududda joylashgan, uzoq tarixiy davr ichida moddiy va ma’naviy madaniyatda umumiy xususiyatlar yaratgan xalqlar maxsus tarixiy-etnografik viloyatlarga bo‘linadilar. Moddiy madaniyatga tevarak-atrofdagi tabiiy-ekologik sharoitga moslashgan mehnat qurollari, uylari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, taomlari, kiyim-kechaklari kirsa, ma’naviy madaniyatga xalq yaratgan turli janrdagi asarlar, xalq amaliy bezakchilik san’ati, pardoz berish, diniy e’tiqod, urf-odatlardagi ba’zi umumiyliklar kiradi. Masalan, Amerika qit’asi eng katta ikki tarixiy-etnografik viloyat-shimoliy Amerika va Lotin Amerikasiga bo‘linadi. Etnik va madaniy xususiyatlari bilan umumiy belgilarga ega bo‘lgan ko‘p xalqlar maxsus janubiy Osiyo tarixiy etnografik region (mintaqa)ni tashkil etadi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston mintaqasi ham maxsus tarixiy madaniy viloyat hisoblanadi.
Mamlakatimizdagi Farg‘ona vodiysi (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari), janubiy O‘zbekiston (Qaщqadaryo va Surxondaryo viloyatlari)ni ham kichik tarixiy-etnografik region-mintaqalarga kiritish mumkin. Hozirgi bozor iqtisodiyoti asosida rivojlanayotgan mamlakatlarda tarixiy-madaniy viloyatlar tobora takomillashmoqda. Taraqqiyot sari odimlanayotgan mamlakatlarda ham yangi tarixiy-madaniy viloyatlar vujudga kelmoqda, shuningdek Afrika, Amerika, Avstraliyada hozirgacha ibtidoiy jamoa bosqichi davrida shakllangan tarixiy-madaniy region (mintaqa)larning ko‘rinishlari saqlanib qolgan.
Tillar klassifikatsiyasi - jahon tillarini turli belgilariga ko‘ra o‘rganib, guruhlarga ajratish. Tillarning genetik (genealogik) klassifikatsiya ularning qarindoshchilik belgilariga asoslanadigan, ya’ni umumiy o‘zak tildan kelib chiqqan tillarni o‘z ichiga oladi: hind-evropa tillari, oltoy tillari, ural tillari oilasi va boshqalar. Tipologik klassifikatsiya, genetik yoki hududiy yaqinlikdan qat’iy nazar, til tuzilishi (morfologik fonologik, sintaktik, semantik) belgilarning o‘xshashligiga asoslanadi. SHunga ko‘ra tillar izolyusiyalovchi (amorf, tip) qadimgi xitoy, vetnam, yoruba (aglyutinatsiyalovchi) (aglyutinativ tip) turkiy tillar, ko‘pgina fin-ugor tillari (fleksiyalovchi) flektiv tip (rus tili)ga bo‘linadi. Ayrim olimlar inkorporatsiyalovchi (polisintetik) tillari (ayri paleosiyo tillari, kavkaz tillar)ni ham ajratadilar.

Yüklə 14,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin